Vaziyatga huquqiy baho bering
Download 30.41 Kb.
|
Mulk huquqi
25-kazus Tuman hokimiyati zaxira yer fondida turgan yer uchastkasiga turar joy va yordamchi xo’jalik uchun bino-imoratlar qurib, Shokirov u yerda chorvachilik bilan shug’ullana boshlaydi. Ushbu holatdan xabar topgan tuman hokimiyati qurilgan bino-imoratlarini o’zboshimchalik bilan qurilgan imorat sifatida buzib tashlash to’g’risida qaror qabul qiladi. Shokirov esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 911-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq hokimiyat qarori asosida buzilgan taqdirda, o’zboshimchalik bilan qurilgan bino, inshoot va imoratlar haqi ham to’lab berilishi lozimligini, shu sababdan bino-imoratni buzishdan avval uning haqi to’laligicha kompensatsiya qilinishi lozimligini ta’kidlaydi. Vaziyatga huquqiy baho bering. Daslab, bu muammoli vaziyatga huquiy baho berishdan oldin undagi muammoli vaziyatlarni aniqlab olamiz. 1. Fuqarolar o’zboshimchalik bilan zaxira fondi yerlarida turarjoylar qurishi qanchalik to’g’ri? 2. Tuman hokimini qilgan ishlari qonunchilikka to’g’ri keladimi? 3. Fuqaro Shokirov Kompensatsiya so’rashi qonuniymi? Albatta fuqarolar o’zboshimchalik bilan tegishli organlarni ogohlantirmasdan va ularning ruhsatisiz o’zboshimchalik bilan turar joylar va inshoatlar qurishi noto’g’ri. Bu vaziyatda fuqaro Shokirov zaxira yer fondida turgan yerda o’zboshimchalik bilan inshoatlar qurgan. Zaxira yer fondidagi yerlar qanday yerlar? Bu turdagi yerlar kimga tegishli? Bu savollarga javob berishda biz “O’zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi” dan foydalanamiz. Ushbu kodeksning 78 – moddasida “Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida ko‘rsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir.” Zaxira yerlar yer fondi toifasi o‘zgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berishga mo‘ljallanadi.” Demak , ushbu modda orqali bilishimiz mumkinki bu turdagi yerlar davlat tassarufidagi yerlar hisoblanadi. Bu turdagi yerlar ( realizatsiya qilinmaydi). Realizatsiya nima? Bu turdagi yerlar qanday ekanligini bilish uchun yana “Yer Kodeks” dan foydalanamiz. Ushbu kodeksning 23 – moddasida “Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.”” mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida” tartibida berilishi ushbu qonun bilan tartibga solingan, yana ushbu moddada bu turdagi yerlarni qanday qilib sanoat yoki boshqa qurilish maqsadlarida olish mumkinligi belgilab qo’yilgan. Ushbu modda orqali ko’rishimiz mumkinki, fuqarolar zaxira fondi yerlarida tegishli tashkilot ruxsatnomasiz foydalanishi qonunga hilof.Ushbu kodeksning 78 – moddasida “Zaxira yerlar yer fondi toifasi o‘zgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun berishga mo‘ljallanadi” Bu orqali bilishimiz mumkunki bu turdagi yerlar hokimiyat tassarufida bo’ladi. Hokimiyat organi bu yerdagi noqonuniy inshoatlarni buzib tashlash huquqiga ega. Ushbu Kodeksning 91 – moddasiga binoan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi. Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.”1 Bu modda orqali bilib olishimiz mumkinki , bu yerda hokimiyat organlari qilgan ishlar qonuniy. Fuqaroning kompentatsiya so’rashiga qonunning asos yo’q. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak yuqoridagi keltirilgan normalarga asoslangan holda , fuqaro zaxira fondi yerlaridan foydalanishi va u yerda inshoat qurishi qonunga xilof va hokimyat organini bu yerdagi inshatni buzishi qonuniy va bu uchun kompentatsiya berilmaydi. Foydalanilgan Adabiyotlar “O’zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi” https://lex.uz/acts/-152653#-153995 Xususiy huquq 2-kurs talabasi Boboqulov Murod 1 https://lex.uz/acts/-152653#-153995 Download 30.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling