Vaziyatga huquqiy baho bering
Download 9.53 Kb.
|
Maʼmuriy huquq kazus javobi
1-kazus Fuqaro B. nodavlat o'quv markazi ochish maqsadida litsenziya olish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etdi. Lekin Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi litsenziya berishga oid mazkur ishni ko'rib chiqib sabablarini keltirgan holda litsenziya berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qildi. Fuqaro B. litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, 7 kun ichida qayta ko'rib chiqishga taqdim etdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan yana qayta yig'im to'lash va rad etish to'g'risida qarorda ko'rsatilmagan boshqa kamchiliklarni sabab qilib 30 kun mobaynida yana rad qilish to'g'risida qaror chiqardi. Vaziyatga huquqiy baho bering. Ushbu muammoli vaziyatni hal etishda ma'muriy tartib-taomillarning qaysi prinsiplaridan foydalanish mumkin. Ushbu kazusni tahlil qilishda IRAC tizimidan foydalanaman. ʼI-ISSUESʼ. 1-muomo. Fuqaro B. nodavlat o'quv markazi ochish maqsadida litsenziya olish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkinmi ? 2-muomo. Litsenziya berishni rad qilish hollariga toʻxtalish hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining harakatini huquqiy baholash! 3-muomo. Fuqaro B. ning ishni qayta koʻrib uchun murojaati oʻrinlimi ? ʼR-RULEʼ. 1-muomoni tahlil qilishda Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 1-bobidan foydalanaman. 2-muomoni tahlil qilishda Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobning 9 va 10 bandlaridan foydalanaman. 3-muomoni tahlil qilishda Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 4-bob 13-bandidan foydalanaman. ʼA-APPLICATIONʼ. 1-muomoda Fuqaro B. o'quv markazi ochish maqsadida litsenziya olish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etdi. Shu oʻrinda,Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 1-bobiga toʻxtalib oʻtsam. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidan keltirib oʻtilgan. Demak Fuqaro B. o'quv markazi ochish maqsadida litsenziya olish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim qilishi qonun bandlariga muofiqdir. 2-muomoga yuzlansam, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi arizani qabul qilgandan so‘ng 15 ish kuni ichida, oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kuni ichida hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganadi, ijobiy qaror qabul qilinganda elektron litsenziyani generatsiya qiladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, davlat boji to‘langanidan keyin davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya da’vogariga taqdim etadi. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 3 ish kuni ichida litsenziya da’vogariga rad etish sabablari va litsenziya da’vogari ularni bartaraf etgan holda qayta ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bildirishnomani davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi litsenziya berish toʻgʻrisidagi arzani oʻrganib chiqib kamchiliklar aniqlangan taqdirda uni rad qilishga haqlidir. 3-muomoda,Fuqaro B. litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, 7 kun ichida qayta ko'rib chiqishga taqdim qiladi. Nizomda Litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya da’vogari tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi haqida keltirilgan fuqaro B. 7 kun ichida qayta koʻrib chiqish uchun taqdim qilishi nizom talablariga javob beradi. Litsenziya da’vogarining arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida avvalgi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziya da’vogarlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilgani uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilgani to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boʻlsa yana qayta yig'im to'lash va rad etish to'g'risida qarorda ko'rsatilmagan boshqa kamchiliklarni sabab qilib 30 kun mobaynida yana rad qilish to'g'risida qaror chiqardi. Haqiqatdan ham qayta yigʻim toʻlash va rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilmagan boshqa kamchiliklarni topgan boʻlsa uni nizom talablari boʻyicha rad qilishi mumkin. Xulosa oʻrnida aytganda, ushbu kazusda fuqaroni B. ham Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasing harakatlarina ham qonuniy tahlil qilib chiqdim yuqorida. Ushbu oʻrinda muammoli vaziyatni hal etishda ma'muriy tartib-taomillarning qaysi prinsiplaridan foydalanish mumkinligiga toʻxtalib oʻtsam. Oʻzi Ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; mutanosiblik; ishonchlilik; tinglanish imkoniyatining mavjudligi; ma’muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi; manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi; byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi; mazmunan qamrab olish; ma’muriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi; teng huquqlilik; ishonchning himoya qilinishi; ma’muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi; tekshirish. Ushbu kazusni tahlil qilishda qonuniylik,ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi prinsiplari,Byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmaslik,Ishonchning himoya qilinishi prinsipi,Ma’muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi prinsiplaridan foydalanishimiz mumkin. Download 9.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling