Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг, жиноят таркибини тушунтиринг
Download 22.12 Kb.
|
Jinoyat or S
Kazus Судланувчи А. 2019 йил 7 июнь куни тахминан соат 08:00ларда ўзи норасмий равишда ишлаб келаётган Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Шомахмудова кўчаси, 135-уйдаги “Плюс” МЧЖ қандолат маҳсулотлари ишлаб чиқариш цехида бўла туриб, цехнинг норасмий ишчиси Б. уни трусикда ишлаётганлигини видеотасвирга туширганлиги оқибатида ўзаро жанжаллашиб қолиб, Б.ни қасддан ўлдириш мақсадида ушбу цехнинг ошхонасидан пичоқ олиб чиқиб, ушбу пичоқ билан қуролланиб, Б.ни чап кўкрак қафасига қасддан бир марта кесиб-санчилган тан жароҳати етказган ва бевосита жиноят содир этганидан кейин қўлга олинган. Олган тан жароҳатлари билан Б. Тошкент шаҳар ШТТЁКШнинг реанимация бўлимида вафот этган.
Bosh qomusimizning 24-moddasida “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”-deb belgilab qo`yilgan. Shunday ekan, yashash huquqi insonning uzviy huquqi ekanini bilib olamiz. Yuqoridagi normadan ma`lumki, har qanday xolatda ham insonning hayotiga tajovuz og`ir jinoyat hisoblanadi. Xattoki, ushbu huquq “Inson huquqlari bo`yicha umumjaxon dekloratisyasi”da ham mustahkamlab qo`yilgan. Ushbu dekloratsiyaning 3-moddasida “Har bir inson yashash, erkin bo’lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir”-deb belgilangan. Avvalo, O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi o‘z oldiga uchta vazifani qo‘yadi: muhofaza qilish, oldini olish va tarbiyalash. JKning 2-moddasida jamiyat va davlatning jinoyat-huquqiy taqiq o‘rnatish yo‘li bilan erishadigan maqsadlari belgilangan. Shu yo‘l orqali Jinoyat kodeksining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati mustahkamlanadi, bu o‘z navbatida ayrim qilmishlarning jinoiyligi va jinoyat emasligini aniqlash jarayoniga, kodeks me’yorlarining jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amalda qo‘llanilishiga, sud-huquq islohotining keyingi rivojlanishiga va hokazolarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Jinoyat huquqi muhofaza qiladigan predmetlarga shaxs, uning huquq va erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari, mulkchilik, tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligi kiradi (JK. 2-modda. 1-qism). Har qanday ijtimoiy harakat yoki harakatsizlikni jinoyat deb olishimiz uchun ushbu harakat yoki harakatsizlikda jinoyat tarkibi mavjud bo`lishi talab etiladi. Jinoyat nima degan savolga javob beradigan bo`lsak, JKning 14-moddasida “Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi”-deb belgilab qo`yilgan. JK 14-moddasi 1-qismi O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoyat tushunchasining umumiy tavsiflarini o‘z ichiga oladi. Eng avvalo, ushbu moddada jinoyat tushunchasining asosiy belgi va alomatlari belgilanganki, ularga qarab u yoki bu qilmishning ijtimoiy xavfliligi yoki ijtimoiy foydaliligini aniqlab olish mumkin. Ushbu tavsifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilarini ko‘rsatish mumkin: – ijtimoiy xavflilik; – huquqqa xiloflik; – aybning mavjudligi; – jazoga sazovorlik. Yuqorida bizga berilgan kazusdagi ijtimoiy vaziyatnining jinoiy belgilarini ko`rib chiqamiz. Birinchi belgisi bu- ijtimoiy xavfliligi shundaki, ushbu vaziyatda sudlanuvchi A sovuq qurol yordamida fuqaro Bning hayotiga taxdid qilgani aytilmoqda. Albatta, ushbu harakat huquqqa hilof hisoblanadi. Chunki, nafaqat ushbu kodeks, balki Konistitutsiyamizdaham inson hayotiga tahdid eng og`ir jinoyat ekani takidlab o`tilgan. Shuning uchun ham ushbu harakatni qonunga hilof deb olamiz. Aybga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, JKning 20-moddasida “Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin”-deb mustahkamlab qo`yilgan. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, fuqaro Bga nisbatan jinoyat qastdan sodir etilgan. Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart1. Shunday ekan jinoyat tarkibi aniqlangan har qanday jinoyat jazoga sazovardir. Bevosita bizga berilgan muammoli savolga nazar solsak, avvalambor, ushbu holatni jinoyat ekanligini ko`rsatadigan jinoyat tarkibini ko`rib chiqamiz. Jinoyatning tarkibi 4 elementdan iborat bo`lib, ya’ni obyekt, obyektiv tomon, subyekt, subyektiv tomon hisoblanadi. Birinchidan Jinoyat obekti nima va kasusda kim yoki nima obyekt bo`la olishini aniqlaymiz. Jinoyat obyekti – jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz orqali unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatdir. O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar majmui jinoyat obekti hisoblanadi. Bizga berilgan muamoli savolda jinoyat obekti fuqaro Bning xayoti hisoblanadi. Chunki, sudlanuvchi Aning qonunga hilof harakati natijasida fuqaro Bning sog`ligiga zarar yetadi va buning natijasida u vafot etadi. Bu esa insoni hayoti bilan bog'liq bo'lgan ijtimoyi munosabatlarga zarar yetkazgan hisoblanadi. Ikkinchidan, Har qanday jinoyat – inson xulq-atvorining tashqi ko‘rinishi, ya’ni ong va iroda nazorati ostida sodir qilinadigan harakat yoki harakatsizlik ko‘rinishidagi qilmishdir. Jinoyatning obyektiv tomoni deb - sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni xususiyatlarini ifodalovchi qonun tomonidan o'rnatilgan belgilar majmusiga aytiladi. Ya'ni jinoyat sodir qilishning usul va yo'llarini nazarda tutuvchi belgilar yig'indisi tushuniladi. Bizning kazusimizda jinoyatni obektiv tomoni o'zga shaxsni huquqqa hilof ravishda hayotdan mahrum qilishdan iborat bo'ladi ya'ni sudlanuvchi Aning huquqqa hilof tarzda Bning hayotdan mahrum qilishdan iborat. Uchunchi, Jinoyat sub'ekti deganda – ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan va jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs tushuniladi. Bizga berilgan kazusda ham jinoyat subekti sudlanuvchi A hisoblanadi. Chunki sudlanuvchi A bila turib ya'ni, sovuq qurolni havfli ekanligini bila turib va ongli ravishda Bning sog`ligiga va hayotiga tahdid qiladi. Bu hatti harakatlarini sezish qobilyatiga ega va jinoyat subekti yoshiga yetlanligi sababli sudlanuvchi A jinoyat subekti hisoblanadi. Subektiv tomonini tasvirlashdan avval subektiv tomon nima va qanday zaruriy va fakultativ belgilarini aytib o'tish lozim. Jinoyat tarkibining subyektiv tomoni - Jinoyat qonunida jinoyat deb belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning o'z qilmishiga bo'lgan ruhiy munosabati tushuniladi. O'zbekiston Resoublikasi Jioyat kodeksining 20-moddasiga ko’ra aybning shakllari keltirilgan. Ushbu Kodeksda birinchi o'rinda ayb nima ekanligi, aybdor deb kimlar topilish belgilab qo'yilga. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni ayb shakli ikki ko'rinishi mavjud bo`lib, qasddan va ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topish mumkin ekanligi belgilangan . Endilikda biz ayib o'zi nima va uni qanday shakillari mavjut ekanligini bilib olsak. Ayb — jinoyatchining sodir qilgan ijtimoiy xavfli harakati yoki harakatsizligiga hamda uning ijtimoiy xavfli oqibatiga qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi ruhiy munosabat hisoblanadi. Jinoyat huquqida shaxsning qilmishi uchun javobgarlik belgilangan , bunda shaxs o'zining ijtimoiy xavfli xulqining mohiyatini anglagan va o'zining harakatlarini ongi bilan boshqara oladigan , o'z xoxish -irodasi bilan bog'liq holda harakat qilib sodir etganda ayb deyiladi. Jinoyatning subyektiv tomoni qilmishning jinoyat ekanligi yoki jinoyat emasligini, agar jinoyat bo'lsa, ayb shakli qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ekanligini aniqlab beruvchi asosiy mezonlardan biri bo'lib hisoblanadi. Jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi aybdir. Shunga ko'ra, ijtimoiy xavfli qilmishga bo'lgan shaxsning ruhiy munosabati jinoyat subyektiv tomonining eng asosiy mazmunidir . Yuridik fanlar doktiri M.H.Rustamboev ta'kidlagandek “Ong va iroda qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi inson ruhiy faoliyatining elementlari bo'lib, ularning yig'indisi aybning mazmunini tashkil qiladi. Ong va iroda ruhiy faoliyatning tafakkuriy va irodaviy elementlari bo'lib, ular bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Lekin shuning bilan birga ularning har biri mustaqil tushunchalardir. Ularning har birining mazmuni muayyan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi normaning tuzilishida bayon qilinadi2”. Ayb subyektiv tomoning zaruriy belgisi bo'lib, motiv maqsad esa fakultativ belgisi sanaladi ya'ni jinoyat sodir etilganda Jinoyatni kvalifakatsiya qilishda asosiy jinoyat subektiv tomonini ayb hususiyatiga qaraydi. Agarda jinoyat tarkibida subyektiv tomoning zaruriy belgisi bo'lmasa jinoiy jazoni istisno qiladi, ya'ni u jinoyat mavjud bo'lmaydi. Bizga berilgan muammoli savolda ayb mavjud chunki sudlanuvchi A oshxona pichog`i orqali fuqaro Bning sog`ligiga zarar yetishi natijasida u vafot etadi va ushbu ijtimoiy harakatda ayb mavjud ekanligini ko'rish mumkin . Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan qisqacha xulosa qiladigan bo`lsak, JK Maxsus qismi moddalari jinoyatning konstruksiyasini, ya’ni obyektiv va subyekt elementlarini ajratib ko‘rsatadi. Jinoyat tarkibi elementlari quyidagilar hisoblanadi: – jinoyat obyekti; Yuqoridagi kazusda jinoyat obyekti fuqaro Bning hayoti hisoblanadi, ya`ni u jinoyat qonunchiligi bilan muhofaza qilinadi. – jinoyatning obyektiv tomoni; Jinoyat tarkibi obyektiv tomonining fakultativ belgilari quyidagilar: jinoyat sodir qilish joyi, vaqti, holati, usuli, quroli va vositasi kabilardir. Ular nazariy jihatdan fakultativdir. Yuqorida kazusda ham ushbu belgilar mavjuddir. – jinoyatning subyekt tomoni;
Jinoyat subyekti sudlanuvchi A bo`lib, u javobgarlikka tortish yoshiga yetgan, aqli raso jismoniy shaxs bo`lganligi uchun subyekt maqomiga ega deb olamiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I. Normativ-huquqiy hujjatlar: 1.1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. "O'zbekiston" N. 2019. 1.2.O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. "Adolat" N. 2019. II. Oliy sud plenum qarorlari: 2.1.O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining " Qasddan odam o'ldirishga doir ishlar bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida "gi Qarori. III. Ilmiy adabiyotlar: 3.1.Kabulov R. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish. – T.: IIV Akademiyasi. 2012 yil. 3.2.Rustamboev M.X. O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism. – Toshkent.: TDYUI nashriyoti, 2012. 3.3.Rustamboev M.H. Jinoyat huquqi kursi. Maxsus qism. 3-jild. – T.: TDYUI n. 2010 yil. 3.4.Usmonaliev M. Jinoyat tarkibi: Annotatsiya. – T.: TDYUI n., 2008. 3.5. Ochilov H.R., Turgunboev E.O. "Jinoyat huquqi" (Umumiy qism). O'quv-uslubiy qo'llanma. – T.: nashriyoti, 2013. IV. Elektron manbalar: 4.1. http://www.lex.uz 4.2. http://www.yurida.uz 1 Jinoyat kodeksi. 10-modda. 2 Jinoyat huquqi (umumiy qism)Yuridik fanlar doktiri M.H.Rustamboev Toshkent “ILM ZIYO” -2005.. 154, 155 bet Download 22.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling