Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг


Download 10.91 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi10.91 Kb.
#1009398
Bog'liq
K H kazus


2003 йил 15 март санасида Ўзбекистон Республикасида давлат ва жамият ҳаётига доир муҳим масала референдумга қўйилди. Тошкент шаҳар Учтепа туманида вақтинчалик рўйҳатда турувчи Ўзбекистон Республикаси фуқароси Б.Саидов референдумга овоз бериш учун борганда овоз берувчилар рўйҳатида унинг исми шарифи йўқлиги маълум бўлди. Овоз бериш участкаси котиби фуқаро Б. Саидов яшаш жойида вақтинчалик рўйҳатда турганлиги туфайли сайловчилар рўйҳатига киритилмаганлигини маълум қилди. Доимий турар жойида ташкил этилган овоз бериш участкасида референдумда қатнашиши тўғрисида маълумот берилди. Бундан норози бўлган фуқаро Б.Саидов прокуратура органига шикоят қилди. Прокуратура ходими ушбу масала фуқаролик ишлари бўйича судга тегишли деб шикоятни рад этди. Бу орада референдум тугаб, натижалар чиқди.
Савол:
Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
Референдумда овоз бериш тартибини қонун ҳужжатлари асосида ёритинг.
Referendum nima ? Referendum ovoz berish yoʻli bilan biror bir masalaga fuqaroning oʻz shaxsiy fikrini bildirishi desak ham boʻladi va shu masalada yana bir savol tugʻiladi , referendumni saylovdan nima farqi bor ? Saylovda biz kimgadir ya'ni biror bir nomzodga ovoz berishimiz mumkin . Referendumda esa muayyan masala ya'ni qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol oʻrtaga tashlanishi mumkin .
Endilikda bu kazusimizda fuqaro B.Saidovning referendumda ishtirok etishiga toʻsiq boʻlayotgan narsalar bor va bu narsalar qanchalik qonuniyligini aniqlashimiz lozim. Referendumdagi bir masalani oʻtkazib yuborsak uni kamida yana bir yil kutishimiz lozim . Chunki , Referendum toʻgʻrisidagi qonunda shunday bandi bor .
Referendum natijalari rasman e’lon qilingandan keyin bir yil davomida mazmun yoki ma’nosiga ko‘ra xuddi shunday savol qo‘yilgan referendum o‘tkazilmaydi 1111111
Bu esa albatta yaxshi emas . Referendumda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslik ixtiyoriy boʻladi va fuqaroni majburlab boʻlmaydi albatta. Referendumda ishtirok etishining oʻzini talablari ham mavjud . Referendumda ishtirok etish huquqi
Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga to‘la haqlidir.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emaslar. Fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.111116-modda
Bundan kerinib turibdiki fuqarolarning referendumda qatnashmaligiga yoshi yoki sud qarori toʻsqinlik qilishi mumkin . B.Saidovda esa bu narsalar keltirilmagan .
Fuqaroning Referendum uchastkasiga borgani aytib oʻtilgan . Endilikda biz referendum uchastkasi haqida bilishimiz kerak . Avvalom bor qachon tuziladi ?
Referendum uchastkalari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin o‘n besh kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham referendum uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum o‘tkazishga kamida besh kun qolganda tuziladi. 11111 16 Bundan koʻrinib turibdiki fuqaro oldindan uchastkasini aniqlashtirib olishi kerak edi . Uchastka vazifalarini ham koʻrib oʻtsak maqasadga muvofiq boʻladi.Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining vakolatlariva vazifalari :
1) uchastka bo‘yicha referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini tuzadi;
2) fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi
4) aholini ovoz berish o‘tkaziladigan kun va joy to‘gʻrisida xabardor etadi
8) ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni o‘tkazish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qaror qabul qiladi. 1111111@222 Demak Referendum uchastkasining ham xatoliklarni bor . Ular vaqtida fuqarolarini ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxati bilan tanishtirishi kerak edi va ovoz berish oʻtkaziladigam kun hamda joyi haqida maʼlumot berishi lozim. Agar , B. Saidov arizasini referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasiga yoʻllashi kerak edi, lekin bu arizani Allahabad taqdirida ham ariza 24soatda koʻrib chiqdilar va Referendum esa 12 soat davom etar ya'ni 6da 20 gacha boʻlar edi .Bundan koʻrinib turibdiki Referendumda ishtirok etuvchilar haqidagi roʻyxat bilan Kamissiya fuqarolarni tanishtirishi lozim edi. Kamissiyani doimiy roʻyxatga olinmaganligini aytib B.Saidovni qaytarib yuborishi ham notoʻgʻri edi , chunki bu yerda vaqtinchalik roʻyxatga olinganlar ham referendum etishi mumkin. Ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatlarini tuzish:
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.
Ro‘yxatga ovoz beruvchi har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va turar joy manzili kiritiladi.
Har bir fuqaro ovoz beruvchilarning faqat bitta roʻyxatiga kiritilishi mumkin. Tumanlar va shaharlarning hokimliklari fuqarolarni hisobga olishni ta’minlaydilar va referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar to‘g‘risida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.111126mm. Bu yerda faqatgina kamissiyani ham ayblashimiz notoʻgʻri ekanligini koʻrishimiz mumkin. Chunki Hokimliklar fuqarolarni roʻyxatga olinishini taminlar ekan va Kamissiyaga yetkazar ekan .
B.Saidov Prokuraturaga ariza bilan murojaat qiladi , lekin rad javobini oladi . Bu qanchalik qonunchilikka mos : Prokuratura fuqarolarni qabul qiladimi? Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.111111777777mmm Bu yerdagi ma'lumotlarga tayanadigan boʻlasak , Prokuror shaxsan qabul qilishi mumkin edi. Lekin B.Saidovning arizasini qabul qilishmadi . Prokuror shu arizani qabul qilishga majbumidi? Buni bilishimiz maqsadga muvofiqdir. Prokurorning vakolatlari. Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror ushbu Qonunda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga majbur11111222222mmm. Bilishimiz mumkinki Prokuror oʻz vazifasini bajarmagan .
Xulosa
Har bir fuqaro oʻzini hayotiga befarq boʻlmasligi kerak ya'ni referendum va savlovlarda qatnashi kerak deb bilaman. B. Saidovning Referendumda qatnashish istagi yaxshi . Lekin U oʻz huquqlarini yaxshi bilmagani yomon. Hamda Referendum uchastka kamissiyasi ham oʻz vazifasini bilmaganmi yoki bilib turib bajarmaganligi xatosidir . Prokuratura esa oʻz boʻynidan soqit qilganini koʻrishimiz mumkin. Nima ham deyishimiz mumkin ! Har kim oʻz vazifasini bajaraganda hamma ish joyida boʻlardi . Masalan , hokimiyat Referendumda qatnashuvchilar roʻyxatini trio shaklantiganida tushunmovchilik boʻlmasmidi.
Download 10.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling