Vaziyatli keys Keys №1 Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari


Download 20.97 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi20.97 Kb.
#1485836
  1   2   3
Bog'liq
keys (2)


Vaziyatli keys
Keys №1
Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari.
Davlat buyurtmachisi yoki maxsus axborot portali operatori quyidagi hollarda ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatadi, agar:
ishtirokchi davlat xaridlari jarayonida davlat buyurtmachisi tomonidan biror-bir xatti-harakatning bajarilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo’llanilishiga ta‘sir o’tkazish maqsadida davlat buyurtmachisining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to’g’risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
ishtirokchi raqobatlashuvda adolatsiz ustunlikka ega bo’lsa yoki qonun hujjatlarini buzgan holda manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqarsa. Davlat buyurtmachisining yoki maxsus axborot portali operatorining ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish to’g’risidagi qarori va buning sabablari xarid qilish tartib-taomillari to’g’risidagi hisobotga kiritiladi hamda ular haqida tegishli ishtirokchiga darhol xabar beriladi.
Vaziyatga qarang : Tuman xalq ta’lim bo’limi yangi o’quv yili uchun tuman bo’ylab maktablarga 5000 dona sinf jurnali xarid qilishi kerakligi aniqlandi. Bu buyurtmani bajarish uchun bir nechta firmalar o’z takliflarini berdilar. Bu takliflar ichidan “Paper products” firmasininng takliflari maqul deb topildi. Ammo bu ishtirokchi taklif qilayotgan mahsulot qolgan firmalarnikidan hech qanday ustunlik tarafi yo’q bo’lsada bir necha yillardan beri hech qanday asosiz buyurtmalarni yutib kelmoqda. Aslida bu firma ancha yillar ta’lim sohasida yuqori lavozimlarda ishlab kelayotgan insonning o’g’liga tegishli firma ekanligi ma’lum bo’ldi. Shundan so’ng bu firma ishtirok etishdan chetlatildi.
Yuqoridagi holatni yechimi yuzasidan fikrlaringizni bildiring:
1.Yuroqridagi holatda firma boshqalarnikidan narxlar oshirmasdan buyurtmani bajarayotgan bo’lsa ham nega ishtirok etishdan chetlatildi?
2.Yuqoridagi holatga o’xshash manfaatlar to’qnashuvining qanday zararli tomonlari mavjud?
3.Yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish uchun qanday yechim taklif qilgan bo’lar edingiz?
Yechimi:
1.Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida ishtirokchini xarid qilish tartib taomillariga bo’yicha chetlatiladigan holatlar mavjud. Unga ko’ra agar ishtirokchi davlat xaridlari jarayonida davlat buyurtmachisi tomonidan biror-bir xatti-harakatning bajarilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qo’llanilishiga ta‘sir o’tkazish maqsadida davlat buyurtmachisining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash to’g’risidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa u ishtirok etishdan chetlatiladi.
2.Agar davlat xaridlari jarayonida mana shuday manfaatlar to’qnashuvi yoki korrupsion holatlar avj olsa ko’plab moliyaviy hamda sifat yo’qotishlariga olib keladi. Aloqalar mustahkamlashib boraverishi antijasida narxlar qimmat bo’lsa ham xarid amalga oshirilishi natijasida byudjet mablag’lari talon taroj bo’ladi. Yoki ishtirokchi mahsulotining sifatiga ahamiyat bermaydi. Natijada xaridlarda samaradorlik tushib ketadi.
3.Bunday holatlarni oldini olish uchun davlat xaridlari jarayonida shaffoflikni ta’minlash va inson omilini keskin kamaytirish lozim. Buning uchun zamonaviy texnollogiyalardan foydalanish va davlat xaridlari sohasida yuqori natijalarga erishgan chet el davlat tajribalarini o’rganish va uni amaliyotda qo’llash lozim.


Download 20.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling