Veb dasturlashda yii2 freymvork ne’matov Oybek Erkin o’g’li


IMKONIYATLAR VA NATIJALAR


Download 0.54 Mb.
bet3/3
Sana25.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1119639
1   2   3
Bog'liq
Nematov Oybek E maqola No1

IMKONIYATLAR VA NATIJALAR
Yii2 freymvorkda veb saytni tezkor sifatli ishlab chiqish uchun, “gii” modulining imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Gii moduli ishchi rejimida yoki yo’qligini bilish uchun config/web.php faylini ko’zdan kechirishimiz zarur, faylda quyidagi:
$config = [ ... ];

if (YII_ENV_DEV) {


$config['bootstrap'][] = 'gii';
$config['modules']['gii'] = [
'class' => 'yii\gii\Module',
];
}
konfiguratsiya kodi kiritilgan bo’lishi zarur, ushbu konfiguratsiya “gii” nomi bilan belgilangan modul, yii\gii\Module sinfini ishlashini taminlaydi. “Gii” modulini ushbu saytimizda ishga tushirishimiz uchun brouzerda quyidagi URL:
http://vebdasturim/web/index.php?r=gii
sahifa manziliga murojat etamiz va brouzerimizda D-rasmda berilgan sahifa ochiladi.



D-rasm (Gii modulening ishchi stoli).
D-rasmda berilgan sahifaga tayanib takidlash joizki, ushbu modul bizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • Model Generator - Model yaratuvchi, belgilangan ma’lumotlar ba’zasi jadvali uchun ActivRecord sinfining voris sinfini (modelni) yaratishga yordam beradi.

  • CRUD Generator - CRUD (create-yaratish, read-o’qish, update-yangilash, delete-o’chirish) tizimini yaratuvchi, ma’lumotlar modeli uchun CRUD operatsiyalarini amalga oshiradigan kontroller va ko’rinishlar tizimini yaratishga yordam beradi.

  • Controller Generator - Nazoratchi yaratuvchi, bir yoki bir nechta nazoratchi harakatlariga va ularga mos keladigan ko'rinishga ega bo'lgan yangi nazoratchi sinfini yaratishga yordam beradi.

  • Form Generator - Form yaratuvchi, belgilangan model sinfi uchun ma'lumotlar bilan ishlash formasini ko’rsatadigan, ko’rinish skript faylini yaratishga yordam beradi.

  • Module Generator – Module yaratuvchi, Yii moduli uchun zarur bo'lgan skelet kodini yaratishga yordam beradi.

  • Extension Generator – Extension yaratuvchi, Yii kengaytmasi uchun zarur bo'lgan fayllarni yaratishga yordam beradi.


Masalan, saytimiz uchun yangi SahifaController nazoratchi sinfini yaratishga zarurat tug’ildi, buning uchun D-rasmda berilgan “Controller Generator” uskunasini ishga tushirishimiz kifoya. Ishga tushirish uchun “Start” tugmasini bosamiz, F-rasmda ko’rsatilgan sahifa ochiladi, sahifadagi formani rasmda berilgan kabi to’ldiramiz va “Preview” tugmasini bosamiz. Bizning ushbu formamiz ostidan J-rasmda tasvirlangan SahifaController sinfi fayli va ushbu sinfga bog’langan sahifa ko’rsatgich sahifa/index.php faylini yaratilishini ta’minlovchi qo’shimcha forma qo’shiladi.
F-rasm (Controller Generator formasi).
J
-rasmda berilganlarga o’zgartirish kiritmasi “Generate” tugmasini bosganimizdan so’ng, barcha yaratishlar bajariladi.
J-rasm (Controller Generator formasi 2-qism).
Yaratish muvoffaqiyatli bajarilgandan so’ng, quyidagi URL:
http://vebdasturim/web/index.php?r=sahifa
m
anzilni brouzerga kiritib, G-rasmda tasvirlangan yangi veb sahifaga ega bo’lamiz.
G-rasm (Yangi bo’sh sahifa).
Shu tarzda “gii” modulining boshqa yaratuvchi uskunalari imkoniyatlaridan ham foydalanishimiz mumkin.
XULOSA
Hozirgi kunda veb dasturlashda juda ko’plab freymvorklar mavjud, har biri o’ziga xos uskunalari va tuzulishiga ega. Lekin, dasturning asosiy tomoni nima bilan hisoblanadi? Ha albatta, bu uning xavfsizlik tomoni bilan hisoblanadi. Yii freymvorkning imkoniyatlaridan kelib chiqib qaraydigan bo’lsam, bu freymvork bizga dasturni ma’lum bir qolipga solib dastulashda, xavfsizlikni hisobga olishda va dasturchi uchun dasturni kengaytirishda tayyor kengaytmalari bilan, ish unumini oshirishda hissa qo’shadi.
REFERENCES

  1. «Разработка веб-приложений в Yii 2» Марк Сафронов.

  2. «A step by step guide to learning Yii 2 for beginners» Bill Keck.

  3. «The Yii Book (Second edition)» Larry Ullman.

  4. «Yii2 By Example» Fabrizio Caldarelli.

  5. https://www.yiiframework.com rasmiy sayt.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling