2.3 Veb sayt mavzusi haqida tushuncha va uning strukturasini yaratish
Hozirda internetga kiruvchilar soni kun sayin ko’paymoqda. Bir vaqtning o’zida dunyoda millionlab insonlar internet tarmog’idan foydalanmoqda. Shuning uchun har qanday tadbirkor uchun ham ijodkor uchun ham internetda shaxsiy sayti bo’lishi juda muhimdir. Tadbirkor bo’lsangiz sizni korxonangiz va mahsulotingiz haqida odamlar malumot oladi. Ijodkor bo’lsangiz sizni ijodingiz bilan boshqalar ham tanishadi. Bundan tashqari, agar siz savdo –tijorat bilan shug’ullansangiz o’z mahsulotingizni internet orqali sotishingiz mumkin. Buning uchun “internet – do’kon deb ataluvchi sayt ochishimiz kerak. Saytda esa tovar rasmlari va ular haqida ma’lumotlarni yozamiz.
Biz shunday qilib kompyuter sotadigan internet magazin saytini tuzib chiqdik. Veb sayt strukturasi juda oddiy ko‘rinishga ega. Bu foydalanuvchiga noqulay interfeys taqdim etishni oldini olish maqsadida amalga oshirilgan. Veb saytimiz ochilganda dastlab bosh sahifa yuklanadi. Bosh sahifa orqali foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa sahifalarga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |