Vektor grafikasining asosiy tushunchalari


Vektor grafikasining asosiy tushunchalari


Download 28.28 Kb.
bet2/5
Sana02.01.2022
Hajmi28.28 Kb.
#194844
1   2   3   4   5
Bog'liq
Corel draw

Vektor grafikasining asosiy tushunchalari.
1. Chiziq – vektor grafikasining asosiy ob’ekti hisoblanadi. To’g’ri chiziq esa uning xususiy holidir. Ammo ba’zi bir muharrirlarda chiziqni kontur deb ham atash qabul qilingan. Ma’lumki, kontur to’g’ri chiziq, siniq chiziq, egri chiziq va turli shakldagi geometrik figura ham bo’lishi mumkin.

2. Tayanch nuqtalar. Har bir kontur ikki va undan ortiq tayanch nuqtalarga ega bo’lishi shart. Ushbu tayanch nuqtalarni ba’zan tugun deb ham atashadi (nodes).

3. Kontur segmenti – ikki tayanch nuqta oralig’i. Bordi-yu, teyanch nuqtalar ikkidan ortiq bo’lsa, u holda bir qancha segment mavjud deyiladi. Kontur formasini o’zgartirish uchun tayanch nuqtalarini kiritish, yoki olib tashlash kerak bo’ladi.

4. Ochiq va yopiq konturlar. Agar konturning dastlabki tayanch nuqtasi bilan oxirgisi birlashsa, u holda yopiq kontur hisoblanadi. Agar tayanch nuqtalar bir-birini qoplamasa, u holda ochiq kontur deyiladi. Ochiq va yopiq konturlarning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, ular bir-biridan keskin farq qiladi. Demak, kontur – tasvirli grafikaning elementar ob’ekti bo’lib, undan yangi ob’ektlar yoki ob’ektlar guruhini yaratish mumkin. Bir qancha konturlarni gruppalab murakkab kontur yasash, konturlar to’plamini hosil qilish va turli kombinasiyali amallar bajarish bilan qo’shma konturlar yaratish mumkin.

Yaratilgan yangi murakkab strukturali konturlar ustida ish yuritish va ularni qayta ishlash amallarini bajarish imkoniyatlari ham mavjud. Gruppalash operasiyasi bajarilganda, har bir kontur o’zining dastlabki xususiyatini va tayanch nuqtalarini saqlab qoladi. Ammo turli kombinasiya bo’yicha yaratilgan murakkab konturlarda esa dastlabki tayanch nuqtalar saqlanib qolgan holda yangi xususiyatga ega konturlar hosil bo’lishi mumkin. Birlashgan konturlar yaratilganda esa ob’ektlarning ham dastlabki tayanch nuqtalari, ham ularning xususiyatlari tubdan o’zgarib qoladi.


Download 28.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling