Vektor grafikasining asosiy tushunchalari


Vektor grafikasi ob’ektlarining xususiyatlari


Download 28.28 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi28.28 Kb.
#194844
1   2   3   4   5
Bog'liq
Corel draw

Vektor grafikasi ob’ektlarining xususiyatlari.
Ma’lumki, barcha o’rganiladigan ob’ektlar o’z xususiyatlarga ega. Shuning uchun ham har bir ob’ekt o’z xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Ob’ekt xususiyatlarini o’zgarishi ob’ektning o’zgarishiga olib keladi . Endi, ana shu xususiyatlar bilan tanishib chiqamiz.

1. Qalinlik (obvodka) parametrlari Har qanday chiziq rasm solish va uni qayta ishlash jarayonida o’z qalinligi bilan va qanday chiziqligi bilan farqlanadi. Ushbu sanab o’tilgan omillarni qayd qiladigan parametrlari bo’ladi Shu parametrlarni to’g’ri baholagach, konturni boshqarish mumkin bo’ladi.

2. Rang bilan to’ldirish (zalivka) xususiyatlari. Kontur ochiq va yopiq bo’lishi bilan bir qatorda ularni rang bilan to’ldirish jarayoni ham alohida e’tiborga molik. Ayniqsa, yopiq konturlarni rang bilan to’ldirish parametrlarini ham bilish kerak bo’ladi.

3. Rang bilan to’ldirish parametrlari. Kontur nima bilan to’ldirilishiga qarab parametrlar tanlab olinadi, chunki to’ldirishning bir necha turi mavjud:

asosiy rang bilan to’ldirish ( konturning ichki qismi tanlab olingan bir xil rang bilan to’ldiriladi);

gradiyentli to’ldirish (to’ldirish parametri shaklida ikki xil rang olinadi va ular navbatma-navbat bir rangdan ikkinchisiga asta-sekinlik bilan birtekis o’tish orqali to’ldiriladi);

teksturli to’ldirish ( konturning ichki qismi regulyar – birday strukturali bir xil shakl bilan to’ldiriladi)’

kartali to’ldirish ( konturning ichki qismi rastrli tasvir fayli adresi bilan ifodalangan parametr bilan belgilanib to’ldiriladi).


Download 28.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling