Vengriya tayyorladi: 402-guruh talabasi Amanov mamasoat


Download 0.76 Mb.
bet4/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1370391
1   2   3   4
Bog'liq
AmanovYT

Meʼmorligi

  • Vengriya hududida paleolit va neolit davrlariga oid manzilgoxlarning qoldiqlari, skif-sarmat va antik madaniyatlarning yodgorliklari topilgan. Milodning dastlabki asrlariga mansub Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11—12-asrlarda Pech, Estergomda meʼmorlik maktablari vujudga keldi. 11 —13-asrlarda roman va gotika uslubidagi qoʻrgʻonlar, qasrlar va turar joylar qurildi. 15-asrning 2-yarmidan Uygʻonish davri tamoyillari vujudga kela boshladi. 17-asr oxirlarida avstriyaliklar taʼsirida barokko uslubi yoyildi. 19-asrda klassitsizm uslubi tarkib topdi. 19-asr oxirida Budapeshtni qurish avj oldi (parlament binosi, opera teatri va boshqalar). 19—20-asr boʻsagʻasida mojar „moderni“ meʼmorligida xalq meʼmorligi usullaridan foydalanildi. 20-asr oʻrtalaridagi Vengriya meʼmorlari salobatli sanoat, turar joy, maʼmuriy binolar barpo etishga kirishdilar. Komlo, Varianati, Budapesht shahri larida jahonning eng kurkam meʼmoriy majmualari barpo etildi.

Tasviriy sanʼati

  • Vengriya hududida sopol haykallar (neolit davri), kelt va skiflarning sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Rim davri manzilgohlarida turli rasmlar, haykalchalar, guldonlar topilgan. Oʻrta asrlardagi rassomlik, haykaltaroshlik (Avliyo Georgiyning otga minib turgan haykali, bronza, 14-asr, Marton va Derd Kolojvarlar ishlagan) hamda badiiy hunarmandlik buyumlari saqlangan. Uygʻonish davrida (15-asr oxirlari, 16-asr boshlari) Vengriya sanʼati yuksak bosqichga koʻtarildi. Oʻtmish anʼanalari turklar hukmronligi davrida ham mahalliy tusda davom etdi. Bu narsa yozma kitoblarni bezashda, amaliy-bezak sanʼatida namoyon boʻldi. 17-asr oxiri, 18-asr boshlarida barokko uslubidagi portret rassomligi rivojlandi (A. Manoki). 19-asrda portret (Vengriya Barabash), manzara (ota-bola Markolar), rassomlik, haykaltaroshlik (I. Ferensi), suratkashlik (Vengriya Zichi) rivojlandi. 1848—49 yillardagi inqilobdan keyin ozodlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan tarixiy kartinalar yaratildi (V. Madaras, B. Sekey). Mashhur rassom Vengriya Munkachi esa ijtimoiy hayotni ifodalovchi chuqur gʻoyali kartinalar yaratdi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida I. Reves, A. Fenesh, Ya. Tornyai, K. Kerishtok, D. Rudnai kabi rassomlar mojar rassomligi anʼanalarini davom ettirdilar. Vengriya Ijo, A. Shtrobl kabi haykaltaroshlar realistik asarlar yaratdilar.

E’TIBORINGIZ UCHUN

RAXMAT


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling