Vengriyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi


Download 237.42 Kb.
Sana19.07.2023
Hajmi237.42 Kb.
#1661162
Bog'liq
Vengriyada elchixona ochildi


Vengriyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi
Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochildi. Marosimda O‘zbekiston va Vengriya tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Peter Siyyarto ishtirok etdi. Vengriya 2016 yilda Toshkentda elchixonasini ochgandi.
Кириллчада На русском языке28 mart 2023, 09:48 Siyosat
27 mart, dushanba kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Tadbirda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, shuningdek, keng jamoatchilik, siyosiy, ishbilarmon doiralar vakillari, mahalliy OAV xodimlari ishtirok etdi.

B.Saidov o‘z nutqida O‘zbekiston ochiq, pragmatik, tinchliksevar tashqi siyosat yuritayotgani, barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani, xususan, Vengriya bilan hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Peter Siyyarto O‘zbekiston elchixonasining ochilishi ikki mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy o‘sish sur’atining tasdig‘i ekanini ta’kidladi. Shuningdek, elchixona faoliyati O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarini kengaytirish va boyitishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Bungacha O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi, bir vaqtning o‘zida Avstriyadagi elchisi ham bo‘lgan.
Vengriya 2016 yilda Toshkentda elchixonasini ochgan.
O‘zbekiston va Vengriya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida elchixona ochilishi oldidan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi turli sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Download 237.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling