Ventilyatsiya va konditsiyalashda quydagilarni ko’zda tutgan holda
Download 38.54 Kb.
|
Ventilyatsiya va konditsiyalashda quydagilarni ko’zda tutgan hol
- Bu sahifa navigatsiya:
- VENTILYATSIYA TIZIMINING AERODINAMIK HISOBI.
HAVO ALMASHINUVINI HISOBLASH
Xonadagi talab etilgan xavo almashinuvi miqdori, xonadagi zararlangan xavo turi, miqdori, insonlarning faoliyatt ko‘rsatishi va texnologik jarayonlarga bog‘liqdir. Yashash va jamoat binolarida asosiy zararlar Karbonat angidrid, namlik va ortiqcha issiqliklar bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarishda, namlik va ortiqcha issiqlik chang va turli gazlar ham bo‘lishi mumkin. So‘ruvchi ventilyatsiya orqali yashash binolaridan chiqarib tashlanadigan xavo sarfi me’yorlariga asosan 1 ilovada keltirilgan. Oshxona Loshx, dush va hammom Ltual., Lvann, m3/soat so‘ruvchi xavo hajmi, muayyan bir qiymat berilgan, yashash xonalaridagi so‘ruvchi xavo hajmi quyidagicha aniqlanadi, m3 /soat. Lyashash.xona=3Fpol.yuzasi, bu yerda Fpol yuzasi – yashash xonalarining umumiy pol yuzasi, m2. Yashash xonalarining ventilyatsiyasi oshxona, tualet va vanna xonalarida joylashgan ventilyatsiya kanallari orqali amalga oshiriladi, buning uchun quyidagi shart bajarilishi kerak Loshx+Lvann+Ltual≥Lyashash.xona Agar bu shart bajarilmasa oshxonaning xavo almashinuv qiymati zaruriy qiymatga kattalashtiriladi. Tizimning fazoviy ko‘rinishi sxemasida har bir xonaning jalyuz panjaralaridagi havo sarflari ko‘rsatilishi zarur. VENTILYATSIYA TIZIMINING AERODINAMIK HISOBI. Ventilyatsiya tizimining hisob sxemasi uning fazoviy ko‘rinishiga qarab bajariladi. Ventilyatsiya ko‘rinishi tarmoqlardan iborat. Xar bir tarmoq jalyuz panjaradan boshlanib asosiy shaxtagacha davom etadi. Bunday hollarda ventilyatsiya tarmoqlari har- xil uzunliklardan iborat bo‘ladi, masalan birinchi qavat tarmog‘i oxirgi qavat tarmog‘iga qaraganda uzunroqdir. Tizimdagi havo almashinuvi tashqi sovuq havo va ichki issiq havo zichliklari farqidan hosil bo‘ladigan tabiiy bosim ta’sirida amalga oshiriladi. Xar bir tarmoqdagi tabiiy bosim Δρe, Pa quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi ∆ρe=hg(ρn–ρvn), bu yerda h – asosiy shaxta va jalyuz panjara orasidagi masofa(balandlik), m; ρn va ρvn – mos ravishda tashqi va ichki xavo zichliklari, kg /m3. Zichliklar ρn va ρvn tashqi tn va ichki tvn hisobiy havo haroratlariga qarab jadvallardan yoki formulalar yordamida qabul qilinadi. Solishtirma og‘irlik va xavo zichligini aniqlash formulalari: bu yerda: t – havo xarorati, g=9,81 m/s2 Tashqi havo xarorati QMQga asosan qurilish joyi bog‘liq holda +5 0S harorati qabul qilinadi. Past haroratlarda ventilyatsiyadagi tabiiy bosim ortadi va tizimning havo almashinuvi hisobiga qaraganda yuqori bo‘ladi, yuqori haroratlarda esa tabiiy bosimni past bo‘ladi, bunda bosimni deraza va fortuchkalarni ochish bilan oshiriladi. (3) formuladan ko‘rinib turibdiki, yuqori qavatlarning xavo almashinuvini ta’minlash birmuncha shartlarga bog‘liq, chunki bu yerda tabiiy bosim kam. Hisobiy sxemada barcha hisobiy tarmoqlarda xavo sarflari va xavo tarmoqlari kesim o‘lchami o‘zgargan joylardan bo‘limlarga ajratiladi. Sxemadagi xar bir bo‘limning uzunligi, xavo sarfi va kanal o‘lchami ko‘rsatilishi kerak. Aerodinamik hisobning asosiy maqsadi hisobiy tarmoqdagi yo‘qotilgan bosimlar yig‘indisi Σ(Rlβ+Z) amaldagi bosimga teng yoki undan kichik bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Σ(Rlβ+Z)≤∆ρe, bu yerda R – metall havo yo‘llarida ishqalanish tufayli yo‘qotilgan solishtirma bosim,Pa /m; l – bo‘lim uzunligi, m; β – kanal devorlarining g‘adir – budurligini hisobga oluvchi koeffitsient; Z - mahalliy qarshilikdagi bosim yo‘qolishi. Bosim zahirasi 10-15% miqdorida tavsiya etiladi. Aerodinamik hisoblash jadvallar yoki nomogrammalar yordamida, aylana havo tarmoqlari uchun amalga oshiriladi(ilova 3). Aerodinamik hisoblashga bog‘liq barcha parametrlar quyidagilar: havo oqimi L, m3 /soat; tarmoqlar diametri d, mm; tezlik V, m / s; ishqalanishdagi solishtirma bosim yo‘qolishi R, Pa / m; dinamik bosim Pv = Pv2/2. Barcha jadvallar va nomogrammalar aylana kesimli havo tarmoqlari uchun bajariladi, shuning uchun to‘rtburchakli kanallarni o‘lchamini ekvivalent diametrlarga o‘tkazish zarur. dekv=2av/(a+v), Bu yerda,avav – kanalning ko‘ndalang kesimining o‘lchamlari, mm. Po‘lat kanallardagi g‘adir – budurlik koeffitsientiga solishtirilgan g‘adir – budurlik koeffitsienti β, 1. jadvalda ko‘rsatilgan. XULOSA Ko'p qavatli turar joy binolari, sanoat, jamoat binolarida ventilyatsiya tizimlarini qo'llanilishidan asosiy maqsad honalardagi zararli havolarni chiqarib yuborish o'rnini toza havo bilan almashtirish va honadagi namlik, bosim miqdorlarini muvozanatini saqlash uchun qo'llaniladi. Meni kurs ishimda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi ko'p qavatli turar joy binosini ventilyatsiya tizimlarini loyihalash vazifasi tushdi. Sirdaryo viloyati Guliston tuman iqlim relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Shimoldan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubdan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyatlari bilan chegaradosh. Relyefi, asosan, toʻlqinsimon tekislik boʻlib, janubdan shimoli-gʻarbga pasayib boradi. Mirzachoʻl dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Balandligi shimolda 230 m, markaziy qismida 400–450 m, janub va janubi-gʻarbda 600–650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Sirdaryo viloyati O`zbekistonning sharqiy qismida joylashgan bo`lib, Sirdaryoning chap qorg`og`idan boshlanuvchi Mirzacho`lning kattagina maydonni egallagan. Viloyat hududida qish qattiq kelmaydi. SHunday bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda harorat -34 darajagacha tushishi mumkin. Yozi esa quruq va issiq bo‘lib, harorat +42+45 darajagacha ko‘tariladi Birinchi navbatda ushbu hududni iqlim ko'rsatkichlari, namlik miqdori va bosim darajalariga oid bo'lgan ma'lumotlar bilan tanishib chiqdim. Binoning ventilyatsiya tizimlarini loyihalash jarayonida eng avvalo muhim o'rin tutadigan jihati ushbu hududni iqlimiy shart sharoitlarini o'rganish xisoblanadi.Keyingi o'rinda binoning qavat rejasi bilan tanishib chiqdim va xonalar vazifasi, yuzasiga oid ma'lumotlarga ega bo'ldim va shu bilan hamohang tarzda loyiha ishlarini amalga oshirdim. Keyingi jarayonlar binoning tom rejasi ya'ni ventilyatsiya shaxtalarini tomda joylashish chizmasi chizildi. Undan so'ng ventilyatsiya shaxtalarining ko'p qavatli turar joy binosidagi joylashishini aksionometrik ko'rinishi chizmasini chizdim. Ushbu chizmalar bilan birgalikda ularning ichida sarf, quvur diametriga oid bo'lgan ma'lumotlar keltirib o'tilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1 Rashidov Yu K.’’Issiqlik gaz ta’minoti va vintelyatsiya’’ darslik, Toshkent ‘’CHolpon’’ 2010 y 2 QMQ 2.04.05-97. Isitish ventilyatsiya vakonditsiyalash. TOSHKENT 2011YIL 3 QMQ 20.04.08-96. SHovqindan ximoya. Toshkent 2010 yil Download 38.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling