Вестник кгу им. Бердаха. №4(58) 2022


Вестник КГУ им. Бердаха. № 4(58) 2022


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1097817
1   2   3   4   5
Bog'liq
Шомирзаев М

Вестник КГУ им. Бердаха. № 4(58) 2022 
150 
Texnologiya ta’limini o‘qitish umumiy metodik talablari asosida olib boriladi. Shu bilan bir vaqtda bu fanlarning 
har birini o‘qitish uchun o‘zining, ayni fan mazmunini aks ettiruvchi o‘ziga xos metodikasi ham zarur bo‘ladi. 
Texnologiya ta’limi darsida iqtisodiy tarbiyani shakllantirish metodikasi Bu borada ko‘plab boshqa tasniflar ham 
mavjud. Masalan, nemis olimi A.Klinberg o‘qishdagi hamkorlik shakllari sifatida monolog va dialog metodlarini ham 
ko‘rsatib o‘tadi. 
Monolog metodi 
Hamkorlik shakli 
Diolog metodi 
Ma’ruza 
Individual 
Suhbatlar 
Hikoya 
Guruh bilan 
 
Ko‘rsatuvlar 
Frontal Jamoa bilan 
 
O‘quvchilarda iqtisodiy tarbiyani shakllanganligini tekshirish jarayoni quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga 
yo‘naltirilgan: Iqtisodiy tejamkorlikka oid bilim, ko‘nikma va malakalar sifatini aniqlash; 2.Iqtitsodiy tejamkorlikka bilim 
ko‘nikma va malakalarning sifati eng avval ularning puxtaligi va ongliligi bilan tavsiflanadi; 3. Iqtisodiy tejamkorlikka 
oid bilim, ko‘nikma va malakalarning puxtaligiga ishonch hosil qilish uchun ularni faqat o‘zlashtirayotgan paytida emas, 
balki o‘quvchilarning keyingi faoliyatida ham tekshirib borish kerak.
Iqtisodiy tarbiya shaxsning barkamol shakllanishining muhim shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash 
pedagogikaning muammolaridan biri bòlib kelgan va shunday bòlib qolaveradi. Bozor iqtisodiyotiga òtayotgan bir 
sharoitda va keyingi rivojlanish jarayonida ham yoshlarda iqtisodiy tarbiyaning òrni beqiyos. Iqtisodiy tafakkur inson 
hayotining barcha bosqichlari - shaxsiy hayoti, kishilar bilan munosabati, uning xulq-atvorini qamrab olgan. Iqtisodiy 
tafakkur o’quvchini hayotga boshqacha kòz bilan qarashga, ijtimoiy munosabatlar bilan yaqindan tanishishga olib keladi. 
Kishilarda bu holatlarga nisbatan kònikmalar hosil bòladi.
Iqtisodiy tafakkur shakllanishi iqtisodiyotdagi chigal muammolar yechimida yangicha yo’nalishlarni yuzaga 
keltiradi. Shunday qilib maktablarda iqtisodiy tarbiyaning pedagogik jarayoni quyidagi sifat bosqichlariga ega bòlishi 
lozim: davlatning iqtisodiy ahvolini juda yaxshi bilish; turli mulk turlari va korxonalar faoliyatining iqtisodiy asoslarini 
bilish; dalillarni xolisona baholash va mavjud iqtisodiy asoslarni tahlil etish uchun savodxonlik; ishlab chiqarish va 
xójalik ishlarida, iqtisodiy munosabatlarda tashabbuskorlik. 
Iqtisodiy tarbiya shartlari òquvchilardan savollar xilma - xilligini talab etadi. Ularga quyidagilar kiradi: oilada va 
umumiy o’rta ta'lim maktablarida iqtisodiy tarbiyaning bog’liqligi, uning maqbul bo’lishi; o’quvchilar bilim olishida 
didaktik tamoyillarning roli; maktabda o’quv fanlarini o’qitish jarayonida amaliy tajribalar xulosasi va shu bilan 
birgalikda ilmiy- texnologik taraqqiyotning tezlashuvida ilm - fanning rolini tushuntirish orqali o’quvchilarni iqtisodiy 
tarbiyalash; davlat va xususiy mulkni ehtiyot qilish, elektr energiya, gaz, o’quv adabiyotlar, asbob-uskunalar, maktab 
binosi, uy jihozlari va hokozo; moddiy zahiralardan tejab-tergab foydalanishning iqtisodiy jihatlarini tushuntirish;
o’quvchilarga darsdan tashqari vaqtlarida iqtisodiy tarbiya berishni tashkil etish; umumiy o’rta ta'lim maktab 
òquvchilarini oliy o’quv yurtlari va undan keyingi sharoitlar haqida kònikmalar hosil qilish uchun iqtisodiy fikrlashga 
òrgatish. 
Yangi iqtisodiy tafakkur shakllanishida iqtisodiy tarbiyaning yangi bosqichlari, iqtisodiy soxada kadrlar 
tayyorlashni yanada yaxshilash yo’llarini aniqlab olib, quyidagi yòllar bilan o’quvchilarning iqtisodiy ta'lim tarbiyasini 
oshirish mumkin: olingan nazariy bilimlar asosida amaliy ishlarini bajarish jarayonini tashkil etish; kasbiy òqitish va har 
bir o’quvchi malakasini oshirish uchun lozim bo’lgan iqtisodiy tayyorgarlik majburiyatlari; ishlab chiqarish va mehnat 
xarakteri, iqtisodiy sohada kadrlarni o’z sohalarini bilish darajasini aniqlash; iqtisodiyot soxasida yangi bilimlarni 
egallash tizimi, yangi axborot texnologiyalarini egallash (ilmiy adabiyotlar va internet). 
O’quvchilarning iqtisodiy tarbiyasidagi zarur shartlardan biri ularni iqtisodiy faoliyatga tayyorlashdir. Bu narsa 
o’quvchida iqtisodiy hayotda faol ishtirok etish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu esa yoshlardan jamiyatimizning iqtisodiy
manfaatlari negizini bilish, iqtisodiy bilimlardan samarali foydalanish, iahlab chiqarishni kengaytirish va atrof - muhit
hamda moddiy zahiralardan oqilona foydalanishni talab etadi. Iqtisodiy faoliyatga tayyorgarlik quyidagi asosiy 
komponentlarni o’z ichiga oladi: iqtisodiy talab va manfaat; iqtisodiy umum ta'lim tayyorgarligi; mehnatga, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarga, atrof- muhit va vaqtga nisbatan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish. Iqtisodiy talablar bu 
jamiyat, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar va boshqalar erishishga intilayotgan, hayotdagi moddiy farovonlik va 
iqtisodiy faoliyatning yangicha shakllaridir. 
Umumta'lim iqtisodiy tayyorgarligi ( iqtisodiy bilimlar tizimi, bilimlar, kónikma va tajribalar) insonni iqtisodiy 
faoliyatga tayyorlash tizimining muhim komponentlardan biridir. Shaxsiy tuzilishlarda esa u tajribaga suyanadi. Iqtisodiy 
ta'limning dolzarbligi umumiy va politexnik òrganishning shart - sharoitlaridan kelib chiqadi. Bunda ishlab chiqilgan 
mahsulot jamiyatdagi qonunchilik va ilm - fan tamoyillariga mos keladi. Shunday qilib iqtisodiy tarbiya iqtisodiyotning 
bir necha avlodlar tomonidan qayta ishlanishi lozim bólgan umumiy nazariy holatga asoslanadi. 
Jamiyatning iqtisodiy hayoti boy va kòp qirralidir. U o’z ichiga iqtisodiy faoliyat davomida kerak bo’ladigan 
muomala aylanma mablag’lar, ishlab chiqarish, sotish va hokozolarni qamrab oladi. Iqtisodiy hayotning xarakteri va 
faoliyati, moddiy ashyolarning ishlab chiqarilishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy hayotda jamiyatning barcha ishtirokchilari 
jumladan garchi ishlab chiqaruvchi bo’lmasa- da o’quvchilar ham ishtirok etadi. Iqtisodiy hayotda va faoliyatda ongli 
ishtirok etish insondan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. 
Iqtisodiy tarbiyani jamoasiz tasavvur etib bòlmaydi. Bolalarni mehnatga o’rgatish uchun, avvalo ularni mehnatga 
o’rgatish va ularning mehnatini turli yo’llar bilan rag’batlantirish lozim. Ularda jamoa bilan ishlash ko’nikmalarini hosil 
qilgan holda moddiy zahiralarni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tejab-tergab foydalanishga òrgatish lozim. 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling