Veterinariya meditsinasi yirik shoqli mollar kasalliklari tálim yónalishi 3 kurs 305-guruh talabasi Soliboyev Diyorbekning “Veterinariya xirurgiyasi” fanidan Kindik churrasini operativ davolash mavzusida


Download 0.62 Mb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1549999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
xirurgiya Dior

Olivkovning ikkinchi usuli. Qachon dabba xaltasi teriga o’pishganda uning yopishgan maydonini teridan ajratib dabba teshigiga yaqinlashtiradi. Dabba xaltasi teriga yopishgan qismi esa ajratilmasdan o’zicha teriga yopishgancha qoladi. Dabba xaltasini ichida joylashgan bor narsalar qorin bo’shlig’iga tushiriladi va qorin xalta dabbasini teridagi yaraning chekkasiga yaqin chizig’iga Koxning arteriya qisqichini o’tkazib qisib oladi. Keyin dabba xaltasining yuqori qismini o’zining o’qi atrofiga aylantirib uni uzun ipak ipi bilan bog’laydi yoki ipni ignadan o’tkazib tikadi. Asosan bu yerda Olivkovning birinchi usuli qo’llaniladi. Dabba teshigini chetidan ipni o’tkazib tortadi va jarrohlik tugun tashlab bog’laydi.
Olivkovning uchinchi usuli. Qachon dabbaning yo’lida joylashgan to’qima qattiq bo’lganda bu usul ishlatiladi. Peritoneal dabba xaltasini bir tekisligiga bir necha ip o’tkazib uning uchlarini dabba teshigining chetidan chiqarib tortish natijasida peritoneal xalta yig’ilib qat-qat burma (gofriruyetsya) bo’lib tortilish oqibatida u torayadi, natijada dabba teshigiga o’rnashib biologik vazifasini bajaradi.
Operatsiyani o’tkazish shundagina maqsadga muvofiq bo’ladi, qachonki uni o’tkazish natijasida hayvonni mahsuldorligi tiklanib yoki ko’paysa, ya’ni veterinariyada iqtisodiy taraf birinchi o’rnida turishi lozim.
Operatsiyani boshlashdan oldin diagnoz aniqlanadi va shunga qarab operatsiya o’tkazishga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalari namoyon bo’ladi. Operatsiya o’tkazishga ko’rsatma: mutloq va nisbiy bo’lishi mumkin.
Mutloq ko’rsatmalar (indicatio vitalis)- patologik jarayon hayvon organizmiga o’ta xavfli ta’sir qilib, o’limga olib kelishi mumkin: o’sma, ichki organlarni qisilishi, havo o’tmaslik, timpaniya. Nisbiy Ko’rsatmalar va patologik jarayon hayvon organizmiga xavf tug’dirmaydi, mahsuldorlik pasaymaydi.
Qarshi ko’rsatmalar: ozg’in, qari yosh, jarayonni kuchayishi, operatsiya o’tkazish iloji bo’lmasa, homilani ikkinchi yarmi, qo’yga kelishi, yuqumli kasalliklar.
Operatsiyani o’tkazishdan oldin jismoniy va yuridik shaxsdan ruhsat olish kerak va operatsiyani rejasi to’ziladi.
Barcha xirurgik operatsiyalar ikki turga bo’linadi: qonli va qonsiz. Maqsadi bo’yicha: davolash, diagnostik, iqtisodiy, eksperimental.
Davolash operatsiyalar o’tkazilishiga qarab: favqulotda tez va rejali ravishda olib boriladi.
Xususiyatiga qarab: radikal va polliativ. Bundan tashqari: aseptik, septik, plastik, kosmetikalarga bo’linadi. Operatsiyaning tarkibiy qismi 3 etapdan iborat:
1. Operatsiyaga yo’l ochish (kirish) – bunda kesim o’tkazilib patologik jarayonga yoki organga yo’l ochib boriladi.
2. Operatsiyani o’tkazish (bajarishi) – organ yoki to’qimadagi patologik jarayonni qisman yoki to’liqcha olib tashlash, bunda uni funksiyasini bo’zmaslikga intilish kerak. «Xirurg fiziologik fikrlab, anatomik operatsiya qilishi kerak».
3. Yakuniy bosqich – choklash, drenaj, bog’lam qo’yish.
Operatsiya o’tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish va yaxshi natija olish uchun kasal hayvonni operatsiyaga tayyorlash lozim. Bunning uchun uning umumiy klinik ko’rsatkichlari tekshiriladi harorati, nafas olish va yurak urishi tekshiriladi. Organizmning hayotiy muhim sistemalari tekshiriladi, teri kasalliklari bor-yo’qligi aniqlanadi.
Operatsiya o’tkazilgandan keyin jarohatni bitishini tezlashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilishi lozim. Agarda operatsiya oshqozon-ichaklarda olib borilgan bo’lsa parhez ratsion bilan ta’minlash kerak, ya’ni tez hazm bo’ladigan oziqalar berilishi kerak.
Veterinariya vrachlari har xil turdagi hayvonlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi, uy hayvonlaridan boshlab to yirtqichigacha, shuning uchun ular bilan ishlash vaqtida texnik xavsizlkga qat’iyan rioya qilish lozim.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling