Propion – kislotali bijg‘ish
Propion kislotali bijg‘ish jarayoni fermentlar ishtirokida boradi, fermentni propion kislotali bakteriyalar ajratadi:
S12 N22 O11 + N2O = 4S3 N6 O3.
3S3 N6 O3 = 2S3 N6 O2 + S2N4O2 + SO2 + N2O.
Pishloqni yetilishida propion kislotali bijg‘ish, sut kislotali bakteriyalarining ta’sirida sut kislotasi paydo bo‘lgandan keyin boshlanadi. Natijada propion va sirka kislotasi, karbonat angidrid gazi va suv hosil bo‘ladi.
Yog‘ kislotali bijg‘ish
Bu bijg‘ish yog‘ kislotasi hosil qiluvchi bakteriyalarning ishtirokida boradi:
S12 N22 O11 + N2O = 2S6 N12 O6,
S3 N12 O6 = S4 N8 O2 + SO2 + 2N2.
Yog‘ kislotali bijg‘ishni sodir bo‘lishi (yog‘ kislotasining hosil bo‘lishi) sutni spirtli bakteriyalar bilan ifloslanganligini bildiradi. Sut va sut mahsulotlarida yog‘ kislotali bijg‘ish sodir bo‘lganda, bu mahsulotlarning hidi yomon, ta’mi bemaza, o‘tkir bo‘ladi, pishloq esa bo‘rtib qovaradi.
Limon kislotasi
Limon kislotasi sutning tarkibiy qismiga kiradi. Sutda uning miqdori o‘rtacha 0,15%, 0,1 dan 0,2%gacha. Sutga har xildagi haroratda ishlov berilganda (qaynatish, sterillash, quyuqlatish) sutning tabiiy turg‘unligiga, mineral tuzlarining miqdori va kislota, shu jumladan, limon kislotasi ta’sir ko‘rsatadi. Sariyog‘ni, qatiqni, qaymoqni va boshqa mahsulotlarning xushbo‘yligi oshishida sut kislotali bakteriyalarning bijg‘ishi ishtirokida limon kislotasidan hosil bo‘ladigan moddalarning ahamiyati katta.
Limon kislotasi mineral moddalarning almashinishida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, limon kislotasi organizmdan og‘ir va radioaktiv metallarning chiqishini tezlashtirishda ishtirok etadi. Sutda limon kislotasining miqdori hayvonlarning zotiga va ozuqalanishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |