«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Sutning makroelement birikmalari


Download 3.15 Mb.
bet12/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

16. Sutning makroelement birikmalari



Tuz

Sut tarkibida % hisobida

100 qism kul x da hisoblangani % h-da

Natriy xlori

0,09

10,6

Kaliy xlori

0,08

9,2

Bir kaliyli fosfat

0,10

12,8

Ikki kaliyli fosfat

0,08

9,2

Ikki kalsiyli fosfat

0,06

7,4

Uch kalsiyli fosfat

0,08

8,0

Limon kislotali kalsiy

0,20

23,6

Limon kislotali kaliy

0,05

5,5

Ikki magniyli fosfat

0,03

3,7

Limon kislotali magniy

0,04

4,1

Kazein bilan birikkan kalsiy

0,05

5,1

Kalsiy
Sutdagi mineral moddalarning yarmidan ko‘pini kalsiy va fosfor tuzlari tashkil etadi. Sutda kalsiy o‘rtacha 125-130 mg% bo‘lib, hayvonlarning zotiga, fiziologik holatiga, ozuqalanishiga, yilning mavsumiga bog‘liq. Umumiy kalsiyning 25 % erigan holatda va 75 % kazein bilan birikkan kolloid holatda bo‘ladi. Kalsiyning erigan formasining oshishi va kamayishi kazein bilan bevosita bog‘langan, shuning uchun ham bunday paytda sutning sifati buziladi. Chorvachilik omillariga bog‘langan holda, kalsiy oqsili bilan birikkan bo‘lib, umumiy kalsiy 20-75 % gacha o‘zgarishi mumkin. Kalsiyning har xildagi formalarini o‘rganilishi sutning oziq-ovqat sifatida ta’riflashda katta ahamiyatga ega.


Fosfor
Sutda o‘rtacha 95-105 mg % fosfor bor. Fosfor organizmdagi hamma hujayralarning oqsilli tarkibiga kiradi, ko‘proq miqdorda sut bezining hujayralarida bo‘lib, sutning ko‘pgina (komponentlarini) tarkibiy qismlarining hosil bo‘lishida ishtiroq etadi.
G.S.Inixov va YA.S.Zaykovskiyning ma’lumotiga ko‘ra, sutning tarkibidagi 70-77 % umumiy fosfor, noorganik fosfor tuzlari holatida bo‘lib, qolgani fosfor organik va kazein bilan birikkan, hamda yog‘ sharikchalari qobig‘ining oqsilli qismlariga kiradi. Fosforning eng ko‘p qiymatli formasi kazein-kalsiy-fosfat birikmasi bo‘lib, bunda kazein, fosfor bilan juda ham mahkam birikkan. Tarkibida fosfor bo‘lgan oqsillar oqsilni parchalovchi fermentlarning ta’siriga juda chidamli, boshqa oqsillar esa fermentlarning ta’sirida tezda parchalanadi. Sutning mikroelementlariga temir, alyuminiy, xrom, qo‘rg‘oshin, margimush, qalay, titan, vanadiy, oltin, mis, kobalt, marganes va boshqalar kiradi. Sutda bu mikroelementlar kam miqdorda bo‘lishiga qaramasdan, organizmning tiriklik faoliyatida katta ahamiyatga ega. Misol uchun, marganes oksidlanish jarayonida katalizatorlik ahamiyatiga ega bo‘lib, vitamin C, hamda B1 va D larning hosil bo‘lishida ahamiyati katta.
Kobalt, vitamin B ning tarkibiga kiradi. Bundan tashqri, sutning ko‘payishida va yog‘liligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Mis esa gipofiz gormonlarning hosil bo‘lishini ta’minlaydi hamda qonni eritrotsitlarining tarkibiga kiradi. Yod esa qalqonsimon bezning faoliyatini yaxshilaydi. Sigirlarni to‘yimli ozuqalantirishda ozuqalarning tarkibidagi mikroelementlarning miqdorini hisobga olmasdan bo‘lmaydi.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling