«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Sutning tarkibidagi vitaminlar
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- «avitaminoz»
- Yog‘da eriydigan vitaminlar Vitamin A (retinol) S 20 N 30 O
- Vitamin D – kalsiferol
18. Sutning tarkibidagi vitaminlar
Vitaminlar ikki guruhga bo‘linadi: yog‘da eriydigan (A, D, E) va suvda eriydigan (C, PP, B). Bu ikki guruh vitaminlari bir-biridan bajaradigan ishlariga qarab farq qiladi. Yog‘da eriydigan vitaminlar to‘qima va hujayra guruhlarining hosil bo‘lishida maxsus ta’sir ko‘rsatadi. Suvda eriydigan «B» guruhiga kiradigan vitaminlar fermentlarning tarkibiga kiradi, shu jumladan, sut fermentlarida ham bo‘ladi. Ko‘pgina vitaminlar o‘zining yuqori haroratga, yorug‘likkga, kislotaga, kislorodga, sezuvchanligi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham sutga tezlikda avaylab ishlov berilishi, bunda iloji boricha vitaminlarning yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Vitaminlar organizm uchun katta ahamiyatga ega, ular fermentlarning tarkibiga kiradi va oqsil, yog‘ almashinishida ishtiroq etadi. Vitaminlarning organizmda yetishmasligi – «avitaminoz» kasalligiga olib keladi. Ayrim vitaminlar sutni oksidlanish-tiklanish potensialiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham xuddi oksidlanishga qarshi (antiokislitel) ta’sir ko‘rsatadi. Vitamin B2 sutga va sut mahsulotlariga maxsus rang beradi. Vitamin «C» sutda va yog‘da oksidlanish jarayonini to‘xtatadi. Yog‘da eriydigan vitaminlar Vitamin A (retinol) S20N30O Bu vitamin yuqori haroratning ta’siriga chidamli, lekin kislorod va kislotalarning ta’sirida tezda o‘zgaradi. Vitamin A hayvonlar ichagining ichida va jigarida ozuqa bilan kelayotgan provitaminga (B-karotin) ferment karotinazaning ta’siridan hosil bo‘ladi. Bir molekula karotinning parchalanishidan ikki molekula vitamin A hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan vitamin qonga, qon orqali sutga o‘tadi. Vitamin A og‘iz sutining tarkibida 15-20 mg/kg, yog‘da-4 mk/kg, qaymoqda-2,55 mg/kg, pishloqda-3 mg/kg. Sutni saqlash, pasterizatsiyalash jarayonida va changlatib quritishda vitamin A ning miqdori 10-20 % gacha kamayadi. Sut mahsulotlari ishlab chiqarishda, karotinni vitamin A ga aylanishi hisobiga uning miqdori 10-33 % ortadi. Yoz paytida olingan sutda va sut mahsulotlarida vitaminlar ko‘p bo‘ladi. Sariyog‘ minus haroratda bir yil davomida saqlanganda undagi vitamin A 20 % gacha kamayadi B-karotinni sarg‘ish rang berish xususiyati nazarda tutilgan holda, ayrim mamlakatlarda sariyog‘ va pishloqqa qo‘shiladi (1 kg sariyog‘ga – 1 mg, pishloqga – 5 mg). Vitamin D – kalsiferol Vitamin D sterinlar bilan juda yaqin bog‘langan. Sutda o‘rtacha 0,5 mkg/kg vitamin D mavjud (0,07 – 1,5). Vitamin D birlashmasiga D1, D2, D3, D4 va D5 guruh vitaminlari kiradi. Odamlar uchun D2 ergokalsiferol (S28N44O) D3 – xolekalsiferol (S28N44O) vitaminlarning ahamiyati katta. Vitamin D3 rangsiz kristall, D3 – sarg‘imtil oq kritsall. Bu ikkala vitamin yog‘da, efirda yaxshi eriydi va suvda erimaydi, kislorodga, yorug‘likga va yuqori haroratga chidamli. Quyosh nurining binafsha nurlari ta’sirida provitamin vitamin D ga aylanadi. Yaylovda yurgan sigirlarning sutida vitamin D-ni miqdori bir necha barobar ortadi, sutga binafsha nurlar ta’sir qilganda vitaminning miqdori 2-5 mgk/kg tenglashadi. 1 kg og‘iz sutida, birinchi kunda 1,2 mgk vitamin D bo‘ladi, ikkinchi kunda 1,2 mkg. quydirilgan sariyog‘da vitamin 2-8,5 mkg/kg tashkil etadi. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling