160. Pishloqlar nechaga bo‘linadi?
A. 3 ga: qattiq, yumshoq va yarim yumshoq.
B. 2 ga: qattiq va yumshoq .
D. 2 ga: yumshoq va yarim yumshoq .
E. 4 ga: qattiq, yarim qattiq, yumshoq va yarim yumshoq.
161. Pepsin va shirdon fermentlari nima?
A. Pepsin – bu buzoqlarning, shirdon – bu qo‘zilarning shirdonidan tayyorlanadigan ferment.
B. Pepsin – bu buzoqlarning, shirdon – bu sigirlarning shirdonidan tayyorlanadigan ferment.
D. Pepsin – bu tuyalarning shirdonidan, shirdon – bu toylarning shirdonidan tayyorlanadigan ferment.
E. Pepsin – bu buqalarning shirdonidan, shirdon – bu sigirlarning shirdonidan tayyorlanadigan ferment.
162. Shirdon fermenti ta’sirida uyushiga binoan sut nechaga bo‘linadi?
A. 3 ga: 15 minutgacha uyushadigan, 15 dan 35 minutgacha, 40 minutdan keyin yoki umuman uyimaydigan sutga bo‘linadi.
B. 3 ga: 35 minutgacha uyushadigan, 35 dan 65 minutgacha, 90 minutdan keyin yoki umuman uyimaydigan sutga bo‘linadi.
D. 2 ga: 15 minutgacha uyushadigan, 25 dan 55 minutgacha.
E. 2 ga: 45 minutgacha uyushadigan, 45 dan 90 minutgacha.
163. Pishloq hosil bo‘lishida qaysi oqsil asosiy rol o‘ynaydi?
A. Kazein.
B. Albumin.
D. Globulin.
E. Kazein va globulin.
164. Pishloqni yetiltirishga mo‘ljallangan xonaning harorati qanday bo‘lishi kerak?
A. Harorat o‘rtacha 10-16 gradus
B. Harorat o‘rtacha 5-6 gradus
D. Harorat o‘rtacha 11-12 gradus
E. Harorat o‘rtacha 7-8 gradus
165. Pishloqni yetiltirishga mo‘ljallangan xonaning nisbiy namligi qanday bo‘lishi kerak?
A. 80-85%
B. 90-95%
D. 75-80%
E. 60-65%
166. Pishloqning tarkibidagi yog‘ foizi qaysi formula yordamida aniqlanadi?
A. J = R x 5,5
B. J = R x 4,5
D. J = R x 5,7
E. J = R x 3,8
167.Sut konservalari qanday tayyorlanadi?
A. Sterillanadi, quritiladi va qand qo‘shish yo‘li bilan
B. Pasterlanadi, sterillanadi va qaymoq qo‘shish yo‘li bilan
D. Pishloq ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan qo‘shimcha maxsulotni pasterlash yo‘li bilan.
E. Asidofilin sutini qayta ishlash yo‘li bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |