О‘quvchining optimal holatining goniometrik kо‘rsatkichlari.
Kо‘rsatkichlar
|
Kо‘rsatkich о‘lchami 0
|
Boshning egilish burchagi
Umurtqa pog‘onasining kо‘krak sohasining egilish burchagi
Tananing egilish burchagi
Tizza egilish burchagi
Tovon egilish burchagi
|
26-51
41-62
85-100
75-105
75-105
|
Parta (stol), stulning о‘lchamlari unda о‘tirgan bolaning bо‘yiga mos tushgan, ammo о‘quvchining о‘tirishi gigiyenik talablarga javob bera olmaydigan holatlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu tо‘g‘ri о‘tirish kо‘nikmasi hosil bо‘lmaganligidan darak beradi.
7.2 Bolalar va о‘smirlar muassasalarida joylashtirish, rejalashtirish va foydalanishning gigiyenik asoslari.
О‘sib kelayotgan avlodning sog‘ligini saqlash va mustahkamlashda ta’lim-tarbiya muassasalarining gigiyenik holati va obodonlashtirilishi bilan aniqlanadigan gigiyenik jihatdan tо‘laqonli yashash muhiti katta ahamiyatga ega. Bolalar muassasalariga bо‘lgan gigiyenik talablar organizmdagi muhit bilan uzaro tasir oqibatida yuz beradigan fiziologik о‘zgarishlarni aniqlashda bolalar va о‘smirlarning yoshini, maktabgacha bо‘lgan ta’lim muassasasi (MTM), maktab, kasb-hunar bilim yurti, lisey, kollejlardagi о‘quv-tarbiya tartibini tashkillashtirishning о‘ziga xosliklar hisobga olingan holda tuziladi.
Aholi yashash joylarini loyhalashtirish va kо‘rishda bolalar va о‘smirlarning hayoti va sog‘ligi uchun eng qulay sharoit yaratish kо‘zda tutiladi. Qurilish uchun yer maydonlari ajratish, qurilish uchun loyihalashtirish (tamirlash, zamonga moslab qayta ishlash) hujjatlarini tasdiqlashga faqat davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari yoki muassasalarining xulosasi asosida ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |