Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
iqlim sharoitlari va binodagi faoliyat turi
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
iqlim sharoitlari va binodagi faoliyat turini hisobga olgan holda ventilyasiya tizimi va isitish tizimini tо‘g‘ri tanlash hisobiga maqbul havo – issiqlik rejimimni yaratish;
ovqat tayyorlash, ichish, xonalardagi zaruriy sanitariya holatini saqlash va о‘quvchilarda gigiyenik kо‘nikmalarni hosil qilish, shuningdek, chiqindilarni yо‘qotishning samarali tizimini tashkil etish uchun kerak bо‘lgan miqdordagi toza suv bilan ta’minlash. Umumta’lim muassasalari binolarining shahar va qishloq joylari hududlarida joylashtirilishi xizmat kо‘rsatish doirasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Uydan to umumta’lim muassasasigacha bо‘lgan xizmat kо‘rsatish doirasi qurilish – iqlimiy hudud va maktab yoshidan kelib chiqqan holda piyoda yurish mumkin bо‘lgan 0,3-0,5 km. masofani tashkil etadi. Umumta’lim muassasalarini bir tomonga transportda borish mumkin bо‘lgan masofada joylashtirishga ruxsat beriladi: I bosqich о‘quvchilari uchun – 15 minutlik; II va III bosqich о‘quvchilari uchun – 30 minutlik ortiq bо‘lmagan yо‘l. Qishloq joylarida umumta’lim muassasalari I bosqich о‘quvchilari uchun 2 km.dan ortiq piyoda yurmaydigan va 15 daqiqadan ortiq (bir tomonga) transportda yurmaydigan masofada joylashtiriladi. II va III bosqich о‘quvchilari uchun piyoda borish radiusi 4 km.dan oshmasligi, transportda esa – 30 daqiqadan ortiq yurmasliklari kerak. II-III bosqich о‘quvchilariga xizmat kо‘rsatish doirasi eng kо‘pi bilan 15 km.dan oshmasligi lozim. Umumta’lim muassasalarining binolari mikrorayondagi mavzelarning ichki hududida joylashtirilib, mavze ichidagi muntazam transport qatnovchi yо‘llardan 100-170 m. uzoqlikda bо‘lishi, alohida yer uchastkasida esa maktab binosi bilan yо‘l chegarasi orasida kamida 25 m. masofa bо‘lishi lozim. Yer uchastkasida о‘quv-tajribaviy, jismoniy tarbiya – sport, dam olish, xо‘jalik xududlari ajratiladi. Maktab yer uchastkalari asosiy hududini о‘zlashtirish 7.20-jadvalga binoan amalga oshiriladi. 7.20-jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling