Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Bolalar maktabgacha muassasalari binoalaridagi oynalarning ufqlarga nisbatan turgan joyi


Download 1.92 Mb.
bet44/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Bolalar maktabgacha muassasalari binoalaridagi oynalarning ufqlarga nisbatan turgan joyi

Bino

Binolardagi oynalarning geografik mintaqalarga nisbatan turgan joyi

Opti
mal

azimutlarda ruxsat etilgan

Opti
mal

azimutlarda ruxsat etilgan

Opti
mal

azimutlarda ruxsat etilgan

Guruxlar
Uqlash xonasi
Musiqa va gimnastika zali, izolyator palatalari, massajxona vannasi bilan, fizioterapiya xonasi
Oshxona, tayyorlov va tayyorlashgacha sexi
Tibbiy va muolaja xonalari

J
Sharq

J


Shim.
Sharq

70 dan 2900 gacha
Har qaysi

»


»
»

J
SH

J


Shim.
Sharq

80dan 275 0 gacha
Har qaysi

»


»
»

J
Shim.

J


Shim.
Sharq

25 dan 335 0 gacha
Har qaysi

»


»
»

Bolalar maktabgacha muassasalariga kiradigan tashqi darvozalar yonida chuqurligi 1,6 m.dan kam bо‘lmagan dahlizlar bо‘lishi kerak.
Bolalarga yelvizak urmasligi uchun kiyinish bо‘lmasi qarshisida tashqi kirish eshigini joylashtirishdan qochish kerak. Shuningdek, zaldan yо‘lak ochish va tashqi kirish eshigi yonida suzish basseynini qurish tavsiya etilmaydi.
Bolalar maktabgacha muassasalari binolari uchun quyidagi xonalarga qо‘zg‘olmas mebel о‘rnatilishi kо‘zda tutiladi: guruh xonalarida – derazalar ostida tasmasimon stollar va qо‘llanmalar, badiiy va uslubiy adabiyotlar uchun javonlar; yotoqxonalarga – qо‘zg‘olmas kо‘tarma yoki g‘ildirovchi karovatlar va о‘rin – kо‘rpa jildlari uchun javonlar; yechinish xonalarida – bolalar va guruh xodimlarining kiyimi uchun shkaflar; xojatxonalarda – xо‘jalik javonlari; zallarda – qо‘llanmalarni saqlash uchun shkaflar va tokchali ochiq javonlar.
Har bir yosh guruhidagi bolalarni boshqa guruhli yacheykalar xonasidan alohidalangan guruhli yacheyka xonasiga joylashtirish kerak. Bunda guruh yacheykalaridan jismoniy tarbiya, musiqa va maxsus mashg‘ulotlar xonalari, shuningdek, tibbiyot xonasi va ovqatlanish bо‘limiga chiqish joylari qulay bо‘lishi ta’minlanishi kerak.
Guruhli yacheykada mashqlar, dam olish, о‘yinlar, ovqatlanish, bolalar gigiyenasi, kiyimlarni saqlash uchun maqbul sharoitlar yaratilishi kerak.
Guruhli yacheykada quyidagi xonalarning bо‘lishi kо‘zda tutiladi.

  • guruhli – о‘yinlar, mashqlar, ovqatlanish uchun;

  • yotoqxona – bolalarning kunduzgi (va tungi) uyqusi uchun;

  • kiyinish xonasi – bolalarning yechinib – kiyinish va ustki kiyimini saqlash uchun;

  • xojatxona;

  • bufetxona – idishlarni yuvish va saqlash uchun.

Guruhli yacheyka binosi shunday loyihalashtiriladiki, bunda barcha xonalarning о‘zaro aloqasi guruh xonasi orqali amalga oshiriladi, u amalda kiyimxona, yotoqxona, xojatxona va bufetxona bilan uzviy bog‘langan bо‘ladi.
Guruhli yacheykaning barcha xonalari bitta qavatda joylashtirilishi kerak. Maktabgacha guruh yacheykalarining kiyimxonasini binoning 1-chi qavatida joylashtirishga ruxsat beriladi.
Barcha iqlimiy hududlarda qurilishi loyihalashtirilgan guruhli maktabgacha muassasa xonalarida ikki tomondan yoki burchakdan shamollatish nazarda tutilishi lozim.
Kiyinish xonasi bolalarni qabul qilish, kо‘rikdan о‘tkazish, qayta kiyintirish va ustki kiyimlarni saqlashga mо‘ljallanadi. Qabul qilganda kiyinish xonasining maydoni kamida 18 m2 bо‘lishi lozim.
Kiyinish xonalarini rejalashtirganda bolalarni nazorat qilish qulay bо‘lish uchun shkaflarni xona perimetri bо‘ylab joylashtirishni nazarda tutmoq kerak. Kiyim shkaflarini devor yoqalab joylashtirganda deraza va eshik kesakilaridan holi bо‘lgan devor uzunligi kamida 4,53 m (15 nafar bola uchun) , 6,04 m (20 nafar bola uchun) va 7,55 m (25 nafar bola uchun) bо‘lishi kerak.
Kiyinish xonasining kengligi shkaflarni qarama – qarshi devor yoqalab joylashtirish, yechinib – kiyinish uchun ikki qator о‘rindiqlar joylashtirgan holatda – 3 m bо‘lishi kerak. Kiyinish xonalarida bolalarning kiyimlarini quritish uchun qurituvchi moslamalar о‘rnatilishini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Faqat 2 ta yasli va 4 ta maktabgacha guruhga bitta umumiy kirish eshigini о‘rnatishga ruxsat etiladi. Bolalalr aravachalari, chanalar, chang‘ilarni saqlash uchun guruhli yacheyka binosiga kiraverishdagi soyabonlar ostidagi maydondan 8 m2 maxsus joy ajratiladi.
Maktabgacha muassasalarda guruh maydoni bitta о‘ringa yasli guruhlarida – kamida 2,5 m2, maktabgacha guruhlarda – kamida 2 m2 bо‘lishi shart.
Guruhga qо‘yiladigan asosiy talab bolalarning о‘ynashi va mashg‘ulotlari uchun yaxshi sharoit bо‘lishi, xonani о‘yin maydoniga va stol – stullar bilan jihozlanib, bolalarning mashg‘ulotlari va ovqatlanishga qulay ajratilishidir. Stol va stullarni joylashtirish xonadagi bolalarning faoliyat turiga mos ravishda о‘zgartiriladi.
Bolalarning mashg‘ulotlar paytida normal kо‘rib ishlashlari uchun, ayniqsa maktabgacha guruhlarda, stollarni grifel doskasiga nisbatan simmetrik ravishda joylashtirish kо‘zda tutiladi. Stollarning birinchi qatorini grifel doskasigacha bо‘lgan masofa 1,05 m.dan kam bо‘lmasligi lozim.
Umumiy tipdagi bolalar maktabgacha muassasalarida yotoqxonalarining maydoni bitta о‘ringa yasli guruhlarida – 1,8 m2 dan, maktabgacha guruhlarda – 2 m2dan kam bо‘lmasligi kerak. Yasli guruhlari yotoqxonalarida stasionar krovatlar о‘rnatiladi, maktabgacha guruhlar yotoqxonalari – qо‘zg‘olmas yoki g‘ildirama krovatlar bilan jihozlanadi. Ikki qavatli krovatlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Yig‘iluvchi, tagi qattiq krovatdan foydalanish mumkin. Maktabgacha guruh yotoqxonalarida stasionar krovatlar bо‘lmagan taqdirda guruh va yotoqxona orasida suriluvchi tо‘siqlar о‘rnatish, shu bilan xonadan universal tarzda foydalanib, bolalarning faolligi uchun yaxshiroq sharoit yaratib berish mumkin.
Bolalar maktabgacha muassasalarini tabiiy yoritish tizimi bir tomonlama, ikki tomonlama va burchakli yorug‘lik tushuvchi darchalar tarzida bо‘lishi mumkin.
Guruh xonalarida deraza о‘rnining kamida 50 foizi tepadagi karnizlar bilan jihozlanishi mumkin. Guruhlar derzalarini oshxona va yuvish xonalarining derazalari tepasidan о‘rnatishga yо‘l quyilmaydi.
Maktabgacha muassasalarda bufetxonalarni loyihalashtirishda kamida 3 m2 maydon qо‘zg‘olmas bufet anjomini joylashtirishga mо‘ljallanadiki, u ikkita asosiy bо‘limdan – ikkita idishli yuvish moslamasi bor javoncha va suriluvchi patnisi bо‘lgan stol bо‘limidan iborat bо‘ladi. Bufet anjomini joylashtirish uchun zarur devor uzunligi kamida 1,8 m bо‘lishi kerak. Bufetning umumiy balandligi 1,9 m bо‘ladi.
Umumiy tipdagi bolalar maktabgacha muassasalarida xojatxonalar maydonini bir о‘ringa qо‘yidagicha hisoblanadi: yasli guruhlarida – kamida 0,80 m2 , maktabgacha guruhlarda – kamida 0,65 m2 . yuvinish joyi va xojatga chiqish hududi yagona xojatxonadan iborat qilib loyihalashtiriladi. Yuvinish hududida uch taraflama bolalar qо‘l yuvgichlari va dush tagligi о‘rnatiladi. Yuvinish hududi qо‘l yuvgichlar, sochiq osiladigan ilgaklar va pardoz anjomlari bilan jihozlanadi. Qо‘l yuvgichlarni xona о‘rtasiga о‘rnatish qulayroqdir, bunda bо‘sh devor uchastkalari kо‘payadi va ulardan sochiqlarni osib qо‘yishda foydalanish mumkin bо‘ladi. Ilgaklarni perimetr bо‘ylab osishda xonalarning deraza va eshiklari kesakilaridan holi bо‘lgan devorining uzunligi 2,4 m (yasli gurhlarida) va 3 m (maktabgacha guruhlarda) bо‘lishi kerak. Xojatga chiqish hududida ilmoqqa yopilmaydigan bо‘lmalarda bolalar unitazlari, ilmoqqa yopiladigan bо‘lmada esa kattalarga mо‘ljallangan unitazlar о‘rnatiladi. Bolalar bо‘lmasi rejada – 0,8x0,75 m. yuvuvchi suv (viduar) bо‘lmasiz о‘rnatiladi.
Yasli – bog‘chalarda bolalar xarakat faolligini oshirish hisobiga kamharakatlilik – gipodinamiyani bartaraf etish uchun isitiladigan sayr ayvonchalari nazarda tutiladiki, ularning maydoni yasli guruhlarida – 36 m2 dan, maktabgacha guruhlarda – 50 m2 dan kam bо‘lmasligi kerak.
Jismoniy tarbiya va musiqiy mashg‘ulotlar zallari barcha maktabgacha muassasalarda kamida 4 ta va undan kо‘p guruhni sig‘dira oladigan sig‘imda bо‘lishi nazarda tutiladi. Guruhlar va maydonlar sonini 7.22-jadvalda izoh etilgan.


7.22-jadval



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling