Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Ovqatlanish blokining tarkibi va maydoni
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kir yuvish xonalarining maydoni
- Maktab binosining kompozisiyasi
Ovqatlanish blokining tarkibi va maydoni
Maktabgacha muassasalar binolaridagi ichki muhit shart-sharoitlarini yaxshilash, xizmat kо‘rsatuvchi xodimlar mehnatini yengillashtirish maqsadida bolalar о‘rin-kо‘rpalarini kommunal-xо‘jalik xizmati korxonalarida yuvdirish tavsiya etiladi. Maktabgacha muassasalarda bir kunda 1 о‘ringa 0,26 kg. о‘rin-kо‘rpa yuvishga mо‘ljallangan (bu bolalar о‘rin-kо‘rpa tо‘plamlarining 1/3 qismini tashkil etadi) kir yuvish xonalarini nazarda tutish tavsiya etilmaydi. Bunday hajmdagi о‘rin-kо‘rpalarni yuvishga mо‘ljallangan kir yuvish xonalarining maydoni 7.27-jadvalda kо‘rsatilgan. Kir yuvish fabrikasi tо‘liq xizmat kо‘rsatadigan bolalar maktabgacha muassasalari binolarida kir о‘rin-kо‘rpalarni topshirish va saralash uchun alohida tashqariga chiqish joyi bо‘lgan, maydoni esa sig‘imi 350 о‘ringacha bо‘lgan muassasalar uchun – 4 m2, sig‘imi 660 о‘ringacha bо‘lganlari uchun – 6 m2 bо‘lgan xonalar kо‘zda tutilishi lozim. 7.27-jadval Kir yuvish xonalarining maydoni
Maktab binosining kompozisiyasi seksiyalilikni saqlab qolgan kompakt loyihalashtirishni nazarda tutadi. Blokli kompozisiya bu talabga javob beradi. О‘quv xonalarini yertо‘lada va eng pastki qavatda joylashtirish ta’qiqlanadi. О‘quv xonalarining derazalari ufqning janubiy, janubiy-sharqiy va sharqiy tomonlariga qaragan bо‘lishi kerak. Faqat chizmachilik, tasviriy san’at xonalari, shuningdek, oshxona derazalarigina shimol tomonga qaratilgan bо‘lishi mumkin. Informatika va hisoblash texnikasi xonalarining derazasi shimoliy, shimoliy-sharqiy tomonga yо‘naltirilgan bо‘lishi mumkin. Binolar qavati 3 tadan oshmasligi, katta va о‘ta katta shaharlarda – 4 qavatdan ortiq bо‘lmasligi (seysmik hududlardan tashqari) lozim. Umumta’lim muassasalarini ilgari qurilgan 4-5 qavatli binolarga joylashtirganda 4-chi va 5-chi qavatlar о‘quvchilar ahyon-ahyonda kiradigan о‘quv xonalariga ajratilishi lozim. Maktablardagi kiyim ilinadigan xona-garderoblar 1-chi qavatda joylashtirilib, har bir sinf uchun jihozlar yacheykasi bо‘lishi kerak. Garderoblar kiyim ilish uchun ilgichlar va oyoq kiyimlari uchun yacheykalari bilan jihozlangan bо‘lishi kerak. Garderoblarni о‘quv xonalarida va rekreasiyalarda joylashtirish qat’iyan ma’n etiladi. Xonalar tarkibi shunday bо‘lishi lozimki, unda majburiy о‘quv fanlarini, shuningdek, о‘quvchilarning о‘z ixtiyori bilan ularning qiziqishi va layoqatiga mos tushadigan 1-2-3 fanni chuqur о‘rganishga yо‘naltirilgan qо‘shimcha fanlarni о‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yetarli bо‘lishi kerak. I bosqich о‘quvchilari har sinfga biriktirilib, alohida bloklarga ajratilgan xonalarda о‘qishlari lozim. II-III bosqich о‘quvchilarini о‘qitish sinf-kabinet tizimiga kо‘ra amalga oshiriladi. U barcha fanlarni biriktirilgan sinf-kabinetda о‘qitish imkonini beradiki, bu yerda barcha о‘quv anjomlari va texnikaviy о‘qitish vositalari mujassamlashgan bо‘ladi. Asosiy fanlar uchun sinf-kabinetlar soni yuqori sinflar soniga bog‘liq bо‘ladi. О‘quv kabinetlari va laboratoriyalarni binoning yertо‘lasi va eng pastki qavatidan boshqa istalgan qavatida joylashtirish mumkin. Tabiiy – matematikaviy va ijtimoiy yо‘nalishdagi fanlar uchun kabinetlarni birlashtiruvchi maxsuslashtirilgan seksiyalarni yaratish maqsadga muvofiq. II-III bosqich о‘quvchilarining о‘qish va о‘qishdan tashqari faoliyati uchun eng qulay sharoitlarni yaratish uchun seksiyadagi kabinetlar va laboratoriyalar soni 6 tadan oshmasligi lozim. Fanlarning quyidagi о‘yg‘unligi eng maqbuli hisoblanadi: kimyo-biologiya, matematika-chizmachilik, chizmachilik-rasm, tarix-geografiya, adabiyot-chet tili. Maktab binosida, shuningdek, о‘quv ustaxonalari, jismoniy tarbiya va majlislar zali, kutubxona, rekreasiya xonasi (zalsimon xona bо‘lgani ma’qul), oshxona, tibbiy punkt, sanitariya tarmoqlari, ma’muriy-xо‘jalik xonalari joylashadi. Umumta’lim muassasalarining yangicha turlari (liseylar, kollejlar, gimnaziyalar, xususiy maktablar va boshqalar) alohida binoda bо‘lishi yoki faoliyat yuritayotgan maktabdagi ajratilgan va о‘z kirish joyiga ega bо‘lgan alohida bо‘limlarda joylashtirilishi lozim. Maktablarni moslashtirilgan binolarda joylashtirganda qо‘yidagi xonalar bо‘lishi shart: о‘quv xonalari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun xonalar, oshxona yoki bufet, tibbiy punkt yoki tibbiy ta’minot xonasi, ma’muriy-xо‘jalik xonalari, sanitariya bо‘lmalari, rekreasiyalar va garderob. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling