Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Download 1.92 Mb.
bet51/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Sport zallarini binoning 1-chi qavatida joylashtirish lozim. Uning о‘lchamlari о‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash va darsdan tashqari sport mashg‘ulotlari uchun imkon yaratish tо‘liq dasturni bajarish vazifalariga mos kelishi kerak. Sport zallarining soni va turi umumta’lim muassasaning tipi va uning sig‘imidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Sport zallarning maydoni 9x18 metr, 12x24 va 18x30 metr bо‘lgani holda balandligi 6 metrdan kam bо‘lmasligi lozim. Sport zallarining о‘lchamlari va soni maktabdagi parallellarning sonidan kelib chiqqan xolda tavsiya etiladi: 2 ta parallel bо‘lgan holda-9x19 m va 12x24 m bо‘lgan 2 ta zal; 3 va undan ortiq parallellar bо‘lsa-12x24 m о‘lchamli 2 ta zal va 4 dan ortiq parallel bо‘lganda – 18x30 m о‘lchamli qо‘shimcha zal. Umumta’lim maktablaridagi sport zallarning umumiy maydoni 1 о‘quvchiga 0,9 m2 dan kam bо‘lmasligi kerak.
Sport zallari qoshida sportzal maydonidan kelib chiqqan holda quyidagilar nazarda tutilishi kerak: о‘g‘il bolalar va qizlar uchun maydoni 10,5 m2 bо‘lgan alohida-alohida yechinish xonalari maydoni 9 m2 bо‘lgan dushxonalar; qizlar va о‘g‘il bolalar uchun maydoni 8 m2 bо‘lgan xojatxonalar; instruktor uchun maydoni 9 m2 bо‘lgan xona.
О‘quv-sport binolariga sinflarning seksiyalaridan о‘tishga ruxsat berilmaydi. Sport zaliga bevosita yechinish xonasi yoki alohida yо‘lak orqali о‘tilishi lozim.
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya uchun mо‘ljallangan binolar tarkibiga trenajerlar bilan jihozlangan hudud, agar bor bо‘lsa, basseynni ham kiritish kerak.
Majlis zallari о‘z о‘lchamiga kо‘ra bir joyga 0,65 m2 va maktabdagi о‘quvchilar umumiy sonining 60 foizi hisobidan olingan о‘tirish joylari soniga qarab aniqlanadi. Majlislar zali qoshida artistlarning pardozxonalari ( har birining maydoni kamida 10 m2), kinoproyeksiya xonasi (27 m2), musiqa asboblari, saxna bezaklari va yasama jihozlar (dekorasiya va butofariya)lar saqlanadigan ombor (10 m2), liboslar saqlanuvchi ombor (10 m2) bо‘lishi lozim.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling