Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Maktab binosida ventilyasiya bilan qо‘shilgan havo


Download 1.92 Mb.
bet57/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Maktab binosida ventilyasiya bilan qо‘shilgan havo orqali isitish usuli qо‘llanganda, ish vaqtida belgilangan darajadagi haroratni va havo nisbiy namligini 40-60 % atrofida saqlab turish uchun avtomat boshqarish tizimlari о‘rnatilishi zarur.
Darslar yо‘q vaqtda bino ichidagi harorat 150Sdan kam bо‘lmasligi lozim. Ish vaqtida havo orqali isitish tizimidagi havo harorati 400S dan oshmasligi lozim.
О‘quv muassasalari binolarida havo orqali isitish tizimlarida havo resirkulyasiyasiga ruxsat berilmaydi. Quyidagi binolar (binolar guruhi) uchun tortuvchi ventilyasiyaning alohida tizimlari nazarda tutiladi: sinf xonalari va о‘quv kabinetlari (havo orqali isitilmaganda), laboratoriyalar, majlislar zali – ma’ruza auditoriyalari, о‘quv ustaxonalari, sport zallari, basseyrlar, otish maydonchasi (tir), oshxona, tibbiy punkt, kinouskunalar xonasi, sanitariya xonalari, tozalash uskunalariga ishlov berish va saqlash xonalari.
Maktab oshxonalarida havo almashinuvi yordamida ovqat tayyorlanuvchi uskunalardan ajraladigan ortiqcha issiqlik yо‘qotilishi nazarda tutilishi kerak.
О‘quv muassasalarida asbest – sementli havo о‘tkazgichlari qо‘llash ta’qiqlanadi.
О‘choq (pechka)lar yordamida isitish faqat bir qavatli kam sig‘imli maktablarda (50 nafardan kо‘p bо‘lmagan) ruxsat beriladi. Olov yoqiladigan eshikcha yо‘lak tomonda о‘rnatilishi lozim. Temir о‘choq (pech)larni о‘rnatish ta’qiqlanadi.
О‘quv muassasalaridagi framuga va darchalar maydoni yer sathining 1/50 maydonidan kam bо‘lmasligi lozim. Framuga va deraza darchalari yil bо‘yi ish xolatida bо‘lishi kerak.
О‘quv xonalari tanaffus paytida, rekreasiya xonalari esa darslar paytida shamollatilishi zarur. Darslar boshlanguncha qadar va tugaganidan sо‘ng eshik va derazalarni ochib (yelvizakli) shamollatish lozim. Issiq kunlarida dars paytida framuga va deraza darchalari ochiq turgani maqsadga muvofiq.
Eshik – derazalarni ochib shamollatish vaqti havo sharoitiga qarab, 7.29-jadval asosida aniqlanadi.


7.29-jadval



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling