Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Umumta’lim muassasalari binolarida xо‘jalik – ichimlik suvlari


Download 1.92 Mb.
bet60/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Umumta’lim muassasalari binolarida xо‘jalik – ichimlik suvlari, yong‘inga qarshi va issiq suvta’minoti, oqava suvlar quvurlari tizimi va ularni tabiiy suv omborlariga о‘tkazadigan quvurlar nazarda tutilishi lozim.
О‘quv muassasalarida suv ta’minoti va oqava suvlar quvurlari tizimi markazlashtirilgan bо‘lishi lozim.
Umumta’lim muassasalari UzDSt-950-2000 “Ichimlik suvi. Markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti tizimlari sifatiga bо‘lgan gigiyenik talablar. Sifat nazorati”ga mos ravishda ichishga yaroqli suv bilan ta’minlanishi shart. Kimyo laboratoriya stollari va kimyo, fizika, biologiya laboratoriyalarining kо‘rgazmali stollari suv chanoqlariga; sanitariya bо‘lmalaridagi yuvish moslamalari, 1-4 sinflarning sinf xonalari va kuni uzaytirilgan guruhlar uchun xonalarning har birida 1tadan о‘rnatilgan qо‘l yuvgichlarga sovuq suv о‘tkazish nazarda tutilishi kerak. Quyidagilar uchun sovuq va issiq suv о‘tkazilish nazarda tutilishi kerak: chizmachilik va tasviriy san’at, informatika va elektron – hisoblash texnikasi kabinetlari, texnik modellashtirish, yosh tabiatshunoslar guruhlari xonalari, tasviriy san’at, rassomchilik, haykaltaroshlik studiyalariga; qandolatchilik va gazlamalarga ishlov berish ustaxonalaridagi qо‘l yuvgichlarga; о‘qituvchilar xonasi, oshxona, bolalar uchun 1 tadan о‘rnatiladigan suv taqsimlovchi kranlarga; о‘quv ustaxonalari, texnik xodimlar xonasi va tirik tabiat burchagi xonalaridagi suv chanoqlariga; qizlarning shaxsiy gigiyenasi xonalaridagi uskunalarga; foto va kinolaboratoriyalardagi yuvgichlarga; kimyo, fizika, biologiya laboratoriyalaridagi laboratoriya shkaflariga, shuningdek, oshxona va bufetdagi texnologik talablarga kо‘ra issiq va sovuq suv о‘tkazilishi zarur bо‘lgan jihozlarga.
Uskunalar suv aralashtirgichlariga uzatilayotgan issiq suvning harorati 60 0Sdan oshmasligi lozim.
Epidemiologik tinchlik davrida umumta’lim muassasalari xonalari har kuni soda, sovun yoki sintetik yuvish vositalari yordamida suv bilan artib chiqilishi lozim.
Sinflarni va boshqa о‘quv hamda yordamchi xonalarni tozalash darslar tugaganidan sо‘ng, derazalar yoki framugalarni ochib qо‘ygan holatda bajariladi. Maktab 2 smenali bо‘lgan paytda tozalash ikki marta о‘tkaziladi. Pollar yuviladi, chang tо‘planadigan joylar (tokchalar, radiatorlar va boshqalar) artiladi.
Oyiga bir marta xonalar nafaqat yuvish, balki dezinfeksiyalovchi vositalarni ham qо‘llagan holda tо‘liq tozalanadi. Yiliga ikki marta (bahorda va kuzda) deraza romlari va oynalari tashqaridan va ichkaridan yuviladi.
Umumiy foydalanuvchi joylar (xojatxonalar, bufetlar, oshxonalar va tibbiyot xonasi) dezinfeksiyalovchi vositalarni qо‘llagan holda yuviladi.
Sanitariya – texnikaviy jihozlar epidemiologik vaziyatdan qatiy nazar har kuni zararsizlantiriladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling