Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Bolalar muassasalarini loyihalash, qurish, qayta tamirlash va foydalanish asoslari


Download 1.92 Mb.
bet33/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

7.2.1. Bolalar muassasalarini loyihalash, qurish, qayta tamirlash va foydalanish asoslari.

Maktabgacha bolalar muassasalari (MBM) 1 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar uchun tashkil etiladi va talim organlari tuzilmasida bо‘ladi. Maktabgacha bolalar muassasalarini loyihalash va qurish qо‘yidagi gigiyenik qoidalarni (SanPiN №0241-97) nazarda tutgan holda amalga oshiriladi:


  1. binoda va uchastkada guruhli cheklash (izolyasiya) 7 yoshgacha bо‘lgan bolalarning yuqumli kasalliklarga chalinish ehtimoli yuqori bо‘lgani va ular orasida immun qatlami yetarli bо‘lmagani tufayli ham shartdir. Guruhli cheklash qoidalariga binoan, har bir bolalar guruhi binoda va uchastkada xonalarning tо‘liq tо‘plamiga ega bо‘lishi kerak;

  2. maktabgacha yoshdagi bolalarning harakatlanishga bо‘lgan ehtiyojini qondirishga imkon beradigan harakat faolligi uchun shart-sharoitlarni yaratish;

  3. termoregulyasiya jarayonlari mukammal bо‘lmagan bir paytda modda almashinuvi nisbatan yuqoriroq bо‘lgani uchun ham maqbul havo issiqlik rejimini yaratish;

  4. maktabgacha yoshdagi bolalarda kо‘rish analizatorining shakllanishi tugamaganligi, ammo bajariladigan kо‘rish ishlari yetarlicha kо‘p bо‘lganligi uchun ham refraksiya buzilishlarining oldini olish maqsadida yetarli tabiiy yorug‘lik va insolyasiya bо‘lishini taminlash kerak. Quyoshning nurli quvvati, ayniqsa, ultrabinafsha nurlanish organizmning tо‘laqonli о‘sishi va rivojlanishiga tasir kо‘rsatadi;

  5. oqilona ovqatlanishni tashkil etish uchun sharoit yaratish.

Maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashning gigiyenik asoslari. Maktabgacha talim muassasalarida bolalar о‘zlarining yoshi va individual о‘ziga xosliklariga, shuningdek, ularning yoshiga xos bilimi va kо‘nikmalariga mos keluvchi jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya oladilar.
Binodagi turli yosh guruhlarining soni va nisbati о‘sha hududning demografik ma’lumotlariga binoan aniqlanadi. Maktabgacha muassasalarning eng ommaviylashgan kо‘rinishi yasli-bog‘chadir. Ularning eng kо‘p sig‘imi – 14 guruh yoki 350 о‘rindan oshmaydi. Ommaviy qurilish obyektlarini tanlash uchun 7.19-jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling