Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Maktabgacha muassasa uchastkasidagi jismoniy tarbiya maydoni
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Voleybol, badminton, basketbol о‘yinlari uchun sport maydonchalari
- Gimnastika jihozlari va sport snaryadlari hududi
Maktabgacha muassasa uchastkasidagi jismoniy tarbiya maydoni ertalabki badan tarbiya, harakatli о‘yinlar, jismoniy tarbiya mashqlari va bayramlarni о‘tkazish uchun mо‘ljallangan. Bu maydonchani maktabgacha muassasaning guruhli о‘yinlar maydoniga yaqinroq joylashtirish tavsiya etiladi. 280, 330 о‘ringa mо‘ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalarida uni piyodalarning yо‘ldagi harakatlanishi qoidalari о‘rgatiladigan halqasimon yо‘laklar bilan bir majmuada joylashtirish mumkin. 150 о‘ringacha bо‘lgan maktabgacha bolalar muassasalarida 250 m 2 maydonga ega bо‘lgan bitta jismoniy tarbiya maydonchasi yetarlidir. 150 о‘rindan kо‘proq sig‘imga ega bо‘lgan maktabgacha muassasada esa ikkita – maydoni 250 va 150 m 2 bо‘lgan jismoniy tarbiya maydonchasi bо‘lishi kerak: 250 m 2 sathli maydoncha – mini –stadion sifatida jihozlansa, 150 m 2 bо‘lgan ikkinchi maydoncha esa sport majmuasiga aylantirilishi mumkin. Jismoniy tarbiya maydonchasidagi yashil maysazorga harakatli о‘yinlarning tarkibiy qismlari о‘rnatiladi: voleybol, badminton, basketbol, futbol о‘yinlari uchun sport maydonchasi; gimnastika jihozlari va sport snaryadlari hududlari; yugurish yо‘lakchalari; sakrash uchun qumli chuqurchalar; tо‘siqli yо‘laklar. Yugurish yо‘lagining uzunligi 12 m.dan, kengligi 1,5 m.dan kam bо‘lmasligi kerak. Yо‘laklar tuproq qoplami bо‘lishi kerak.
Voleybol, badminton, basketbol о‘yinlari uchun sport maydonchalari о‘lchami 10x7 m.dan kam bо‘lmasligi kerak. Maydonchaning qoplamasi tuproqli bо‘ladi. Futbol, chim ustidagi xokkey kabi harakatli о‘yinlar uchun maysazor maydoncha hajmi 60 m 2 dan kam bо‘lmasligi, 10x6 m. о‘lchamda va chim qoplangan bо‘lishi kerak. Gimnastika jihozlari va sport snaryadlari hududi (gimnastika о‘yinlari majmuasi) maydoni kamida 60 m 2 bо‘lishi kerak. Maydon tо‘shamasi – chimli. Sakrash uchun qum tо‘ldirilgan chuqurlikning uzunligi 3 m.dan, eni 1,5-2 m.dan, chuqurligi 30-40 sm.dan kam bо‘lmasligi kerak. Tо‘siqli yо‘lakchani uzunligi 50 m. va eni 2,0-2,5 m. bо‘lgan yо‘lakchada о‘rnatish lozim. Jismoniy tarbiya maydonchasi jihozlarini majmua tarzida о‘rnatish tavsiya qilinadi: gimnastika devorlari – 6, sport snaryadlari osiladigan moslama – 1, arqonli zinalar – 2, chirmashib chiqish uchun arqonlar – 2, tirmashib chiqiladigan minora – 1, tik devor -1, turnikli devorlar – 2, vertikal turnikli devorlar – 2, rukoxod – 1, halqasimon rukoxod – 1, suqilib kiriladigan tor darvozalar – 2, suqilib kirish uchun tо‘siqlar – 8, turli balandlikdagi xodalar – 2, parallel xodalar – 2, tebranadigan langarchо‘p (balansir) lar – 2, tо‘nka-tо‘nka о‘yini (bir-birining ustidan sakrab о‘tiladigan о‘yin) uchun qо‘ziqorinlar – 16, tо‘siqlar bilan mashq qilish uchun tirgaklar (almashtiriladigan) – 10, stol tennisi uchun stollar – 2, basketbol о‘yini uchun turli halqa о‘rnatilgan taxta – 2, futbol darvozalari – 2. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling