Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barcha tipdagi maktabgacha muassasalarining uchastkalarida xо‘jalik maydonchasi
Ochiq suzish basseynlaridan 250 о‘rindan kо‘proqqa mо‘ljallangan maktabgacha muassasalarida yilning issiq faslida chо‘milish va chiniqtiruvchi muolajalar uchun, sovuq faslida esa muzlagan suv yuzasida bolalarning sirpanchiq uchishlari uchun foydalaniladi. Basseynning vannalari uchastka hududida, jismoniy tarbiya maydonchasi bilan yonma-yon joylashtiriladi. Ochiq vannalarni 6-6x8x10 (12,5) m. о‘lchamda, о‘zgarib boruvchi chuqurligi 0,6-0,8 m qilib loyihalashtirish tavsiya qilinadi. Basseyn oldida kengligi 1 m bо‘lgan oyoq vannasi bо‘lishi lozim. Maktabgacha muassasaning sig‘imi kamroq bо‘lganda uchastka hududida bolalarning suv sachratib о‘ynashi va suzishni о‘rganishiga mо‘ljallangan vannalar о‘rnatilishi lozim. Bolalar chо‘miladigan basseyn erkin shaklda, maydoni 20-25 m 2 va о‘zgaruvchan chuqurligi 0,1-0,5 m bо‘lishi lozim. Uncha katta bо‘lmagan о‘lchamdagi basseynlar yengil materialardan – plastmassa, burmalangan alyumin taxtalardan yasalgani ma’qul. Bu basseynlarda 27-280 S gacha isitilgan suvdan foydalaniladi. Basseyn yonida kengligi 1 m.dan kam bо‘lmagan oyoq vannasi bо‘lishi lozim.
Bolalarni chiniqtirish va suv о‘yinlari о‘ynashlari uchun uchastkada shakldor favvoralar va suv о‘yinchoqlari о‘rnatiladi. Sabzavot va mevalar yetishtiriladigan maydon muassasa uchun umumiy qilib va maktabgacha yoshdagi har bir bola uchun 0,6 m 2 hisobida olinib, xо‘jalik maydonchasiga yaqinroq joylashtirilishi lozim. Sabzavot va mevalarni yetishtirish uchun maydonchalarda juyaklarning kengligi kamida 60-70 sm.dan, ular orasidagi о‘tish о‘ylakchalarining kengligi esa kamida 40 sm. bо‘lishi lozim. Barcha tipdagi maktabgacha muassasalarining uchastkalarida xо‘jalik maydonchasi joylashtirilish lozim. Uning maydoni quyidagicha bо‘lishi kerak: sig‘imi 50 о‘rinli bо‘lganda – 70 m2; 50 о‘rindan kо‘proq ( 150 о‘ringacha) bо‘lsa – 100 m2 ; 150 о‘rindan kо‘proq bо‘lganda – 150 m2 . bu maydonchani uchastkaning oshxona va idish yuvish xonasiga kiradigan tomondagi chegarasiga joylashtirish lozim. Shu bilan birga, u guruhli о‘yin va jismoniy tarbiya maydonchalariga tutashgan bо‘lmasligi kerak. 150 dan ortiq о‘ringa ega bо‘lgan muassasalarda xо‘jalik maydoniga kirish uchun uchastkaga kirish joyidan alohidalangan mustaqil eshik bо‘lishi lozim. Bu maydonchada chiqindilar idishi, bog‘ ishlarida qо‘llaniladigan asbob – uskunalar saqlanadigan maxsus javon о‘rnatiladi. Chiqindilar idishi о‘rnatiladigan maydoncha balandligi kamida 6 m2 bо‘lishi lozim. Xо‘jalik maydonchasiga asfalt qoplanishi shart. Bir nechta maktabgacha muassasalar yonma-yon joylashgan holatlarda ularning xо‘jalik maydonchalarini birlashtirish va kengligi kamida 3,5 m. bо‘lgan bitta umumiy yо‘lak tashkil etilishi tavsiya etiladi. Maktabgacha muassasa uchastkasi balandligi 750 dan 1600 mm.gacha bо‘lgan panjara bilan о‘rab qо‘yilishi lozim. Uchastka panjarasi chirmashib о‘sadigan о‘simliklar bilan bezatilish mumkin. О‘simlik tо‘sig‘i sifatida bir qator qilib 0,75-1 m. kenglikda ekilgan butalardan foydalanish mumkin. Yashil tо‘siq butalar orasidagi masofa о‘simliklarning navqi va shoh-shabbalarning quyuqligiga bog‘liq bо‘ladi. Yashil tо‘siqning tavsiya etiluvchi balandligi 1-1,25 m. bо‘lib, xо‘jalik hovlisini alohidalash lozim bо‘lganda 2,5 m.gacha kо‘tarish mumkin. Maktablarni loyihalashtirishning gigiyenik asoslari. Yaqin о‘tmishda maktablarni loyihalash va qurish paytida ularning sig‘imini oshirishga intilishardi. Bu esa bolalarning kasallanishlari ortishi, shovqin darajasining baland bо‘lishi, yoshga oid alohidalashni taminlash qiyinlashishiga olib kelardi. Katta sig‘imga ega maktablarda (1800 va undan kо‘p о‘quvchisi bor) о‘tkir kasallanishlar nisbatan balandroq bо‘lib, vegeto-tomir distoniyasi, bosh og‘rig‘idan shikoyatlar va boshqalar nisbatan kо‘proq (2-3 marta) uchraydi. Loyihadagi meyorlarni oshirib yuborish, sinflarning zichlashishi, sinf xonalari balandligining kamaytirilishi, xonalardagi havo aylanishi oqilona tashkil etilmasligi oqibatida almashish jarayonlarining zaharli mahsuloti tо‘planadi. Umumta’lim muassalarini qurish va jihozlashda issiqlik saqlovchanlik xossalari past bо‘lgan va atrof-muhitga kimyoviy moddalarni kamroq ajratuvchi yangi devor tо‘siq tuzilmalari, issiqlik saqlovchi, bezatuvchi polimer materiallariga kо‘proq e’tibor qaratish lozim. Ayni vaqtda shahar umumta’lim muassasalarining maqbul sig‘imi 1000 nafar о‘quvchidan oshmasligi (har sinfda 25 boladan kо‘p bо‘lmasligi) kerak. Qishloq maktablarining sig‘imi boshlang‘ich kamjamlamali maktablarda – 80 о‘quvchi, I va II bosqich maktablari uchun – 250 о‘quvchi, I, II, III bosqich maktablari uchun – 500 о‘quvchidan oshmasligi lozim. Bolalar va о‘smirlar ta’lim muassasalari joylashtirilishning gigiyenik qoidalari: bolalarning yoshi, joyning iqlimiy xususiyatlari va uning qurilish xarakteridan kelib chiqqan holda о‘rnatilgan, xizmat kо‘rsatish doirasi bilan aniqlanuvchi xizmat kо‘rsatish kontingentlarning yashash joyiga yaqinligi; havoni kimyoviy moddalar bilan ifloslovchi yoki shovqin manbai bо‘lgan korxonalar, avtomobil yoki temir yо‘llar, garajlar, yong‘in о‘chiruvchilar deposi, bozorlar va boshqalardan bolalar muassasalarining atrof-muhitini gigiyenik meyorlar darajasida ushlab turishga imkon beruvchi masofada uzoq bо‘lishi; yer uchastkasi о‘lchami bо‘yicha yetarli bо‘lishi, umumsanitariya talablariga mos kelishi va barcha zaruriy hududlarni kerakli о‘lchamlarda joylashtirishga imkon berish kerak. Hududni bо‘lish umumta’lim muassasasining turi, о‘quvchilarning soniga qarab amalga oshiriladi. Maktab loyihasini tanlashda loyiha ekspertizasining asosiy gigiyenik qoidalarini e’tiborga olish lozim: Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling