Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Maktab yer maydonlari asosiy hududi
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘quv tajriba hududi
- Jismoniy tarbiya-sport va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik hududlari
- Dam olish hududi
- Xо‘jalik hududi
Maktab yer maydonlari asosiy hududi.
Qishloq aholi punktlarida uchta parallel maktab uchun ilmiy-tajriba xududi tarkibi va xudud elementlari – yuqoridagi son, shaxarda ikkita parallel sinflar uchun – pastki son. О‘quv tajriba hududi uchastka maydonining 25 % dan ortig‘ini egallamasligi kerak. Shahar maktablarida u uchastkada pavilyonlar, issiqxonalar va gulxonalar, biologiya va kimyo о‘quvxonalri bilan о‘zviy bog‘langan majmualar hisobiga qisqartirilishi mumkin. Jismoniy tarbiya – sport hududi binodan 25 m.dan kam bо‘lmagan masofada, yashil о‘simliklar doirasi ortida joylashishi va yugurish maydonchasi, futbol, qо‘l tо‘pi va balandlikka hamda uzunlikka sakrash uchun ikkita sektori bor va umumiy maydoni 4200 m2 bо‘lgan (3 paralleldan boshlab – 5260 m2) maktab stadionini qamrab olmog‘i kerak. Bu hudud tarkibiga sport о‘yinlari uchun maydonchalar (voleybol – 162 m2, basketbol – 364 m2) , 1-4 va 5-9 sinflar uchun 200 m2 gimnastika maydonchasi, sport о‘yinlari, tо‘p irg‘itish va balandlik hamda uzunlikka sakrash uchun kombinasiyalangan maydonchalar kiradi. Jismoniy tarbiya-sport va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik hududlarini о‘quv xonalari derazalari tomonga joylashtirishga ruxsat berilmaydi. Tо‘p bilan о‘ynash va sport snaryadlarini irg‘itish maydonchalarini bino xonalarining derazalaridan kamida 25 m. masofada, balandligi 3 m. bо‘lgan tо‘siq devor bо‘lgan taqdirda – kamida 15 m., boshqa jismoniy tarbiya va sport maydonchalari esa kamida 10 m. masofada joylashtirilishi kerak. Sport – о‘yin maydonchalarining qoplamasi – qattiq, maydoniniki – chim yotqizilgan bо‘lishi kerak. Dam olish hududi bog‘, yashil о‘simliklarga yaqinroq, sport va xо‘jalik hududlaridan uzoqroqda joylashtiriladi. U harakatli о‘yinlar uchun maydonchalar (I-sinflar uchun 100 m2 bо‘lib, har biri parallellarga bog‘liq holda; 2-4 sinflarning о‘yinlari uchun – har biri 300 m2 ; 5-9 sinflarning о‘yinlari uchun – har biri 125 m2 ) va tinch dam olish (5-9 sinflar uchun har biri 100 m2 ) maydonchalarini qamrab olishi kerak. Xо‘jalik hududi maydoni 500-900 m2 bо‘lishi kerak. U maktab binosidan kamida 35 m. masofada joylashishi, xonaning ishlab chiqarish xonalari tomonda, о‘quv – tajriba xududi yaqinida joylashishi va о‘z yо‘lagiga ega bо‘lishi kerak. Xо‘jalik xududi mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda omborxona, sabzavot ombori, о‘quv garaji, asbob-uskunalar uchun ayvonchalarni joylashtirishga ruxsat beriladi. Meteorologik va jо‘g‘rofiy maydonchalar bino balandligining kamida 2,5 barobariga teng masofada joylashishi kerak. Yer uchastkalari hududining atrofi balandligi 1,5 m.li tо‘siq bilan о‘ralib, uning yonidan yashil kо‘chatlar ekilishi lozim. Umumta’lim muassasalarining uchastkasi uning hududini kamida 50 % hisobida obodonlashtirilishi kerak. Uchastkani obodonlashtirishda mevasi zaxarli daraxt va butalar ekilmasligi lozim. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling