Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Turli ta’lim muassasalarini loyihalashtirishning


Download 1.92 Mb.
bet43/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

7.2.2 Turli ta’lim muassasalarini loyihalashtirishning
gigiyenik asoslari.
Umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalari 2 qavatdan baland bо‘lmasligi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalarining qavatli qilinishi uning sig‘imi, tabiiy-iqlimiy shahar qurilish sharoitlari qо‘llanilishiga binoan tanlanadi. Qishloq joylardagi sig‘imi 150 о‘ringacha bо‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun bir qavatli binolar qurishga ruxsat etiladi. Sig‘imi 150 о‘rindan kо‘proq bо‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ikki qavatli binolar kо‘proq mos tushadi, shu tufayli ham tipik hisoblanadi va kengroq qо‘llaniladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasini alohida turgan binoad joylashtirish eng maqbuli hisoblanadi.
Shu bilan birga tuzilish uslubi bо‘yicha binolar qо‘yidagilarga bо‘linishi mumkin:

  • markazlashtirilgan (kompakt) alohida guruhli yacheykalar xonalari orasida eng qisqa ichki aloqani ta’minlovchi va umumiy foydalaniladigan;

  • blokli, bir – biri bilan bevosita yoki yо‘laklar orqali tutashgan xonalar funksional guruhlarini alohida bloklarga joylashtirishni nazarda tutuvchi.

Maktabgacha muassasa xonalarining balandligi kamida 3 m. (poldan shiftgacha) bо‘lishi kerak.
Maktabgacha muassasa binosida guruhli, jismoniy tarbiya va musiqa xonalari, tibbiyot va yordamchi – xо‘jalik, oshxona bloki uchun xonalar ajratiladi.
Bino ichidagi xonalarning qavatlar bо‘ylab joylashtirilishi xonalararo qulay vertikal aloqani ta’minlashi, sanitariya-gigiyena va yong‘in havfsizligi talablariga mos kelishi kerak.
Bolalarning uzoq vaqt bо‘lishi uchun mо‘ljallangan barcha binolar tabiiy yoritilishi kerak. Faqat tirkama xonalar, qabulxona, xodimlar xonasi, toza о‘rin – kо‘rpalar ombori (binoda xо‘jalik bekasi xonasi mavjud bо‘lsa) tabiiy yoritilmasligi mumkin.
Yuqori yorug‘lik tizimi, shu jumladan, gumbazi organik oynadan yasalgan zenit-fonuslaridan yon tomonida yorug‘lik darchalari bor musiqa mashg‘ulotlari xonalarida, gimnastika xonalarida, shuningdek, kiyimxonalar, igrotekalar, basseynlar va zinapoyalarda foydalanishga ruxsat beriladi. Gumbazi organik oynadan bо‘lgan zenit-fonuslarning umumiy maydoni qoplamaning 15 % umumiy maydonidan oshmasligi, ular orasidagi masofa, 1,5 m.dan, yong‘inga qarshi devorlardan esa 5 m.dan kam bо‘lmasligi kerak.
Bolalar maktabgacha muassasalari binoalaridagi oynalarning ufqlarga nisbatan turgan joyini aniqlash 7.21-jadvalga binoan о‘tkazish tavsiya qilinadi.
Guruhlilarda bо‘rchakli yoki ikki taraflama yoritish nazarda tutiladiki, bu amalda binoning ufq tomonlariga nisbatan istalgan vaziyatini ta’minlaydi.
Bolalar maktabgacha muassasalarida devor yoqalab yoki zinapoyalar yonidan bolalar uchun balandligi – 0,5 m., kattalar uchun – 0,85 m. bо‘lgan tо‘qichlar о‘rnatiladi.
Oynavand eshiklarda balandligi 1,2 m.dan kam bо‘lmagan himoya panjaralari о‘rnatilishi nazarda tutilishi kerak.
7.21-jadval



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling