Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Maktabgacha yoshdagi bolalarni suzishga о‘rgatish uchun foydalaniladigan vannalar nomenklaturasi


Download 1.92 Mb.
bet46/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Maktabgacha yoshdagi bolalarni suzishga о‘rgatish uchun foydalaniladigan vannalar nomenklaturasi

Vannalar parametrlari, m

Chuqurligi, m

Bolalar yoshi

Mashg‘ulot
lar turi

Odamning birvaqtda о‘tkazish qobiliyati

Joylanishi

1,7 x 0,75
3 x 2

6-7 x 3
10-12,5 x 6



0,5
0,6

0,6-0,8
0,6-0,8



3 haftadan- 6 oygacha

6 oydan-


2 yoshgacha
2-4 yosh
4-6 yosh

Suzishga о‘rgatish


Mustaqil suzish



1
2

12
24x12x2



DP, FOP
FOP,MRDB

DOU,MRDB
MRDB,KDU



10-12,5x6 m о‘lchamli basseyn bir vaqtning о‘zida 24 nafar odam (12 odamdan 2ta guruh)ni; 6-7x3 m о‘lchamlisi – 12 nafar (1 guruh) ni qabul qilish sig‘imiga ega. Vannali zal qoshida sport anjomlari uchun maydoni 6 m2 keladigan omborxona bо‘lishi kо‘zda tutiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mashg‘ulotlariga mо‘ljallangan vanna 0,6 dan 0,8 metrgacha о‘zgaruvchan chuqurlikka ega bо‘lishi kerak. Vannaning perimetri bо‘yicha kengligi 0,75 dan 1,5 metrgacha bо‘lgan va dushxona tomonga chiqadigan aylanma yо‘lakcha joylashgan bо‘lishi kerak.


Har bir kiyinish xonasining maydoni bir о‘ringa 0,72 m2 dan kam bо‘lmagan hisobda bir vaqtda qabul qilish sig‘imining 4 ta о‘ringa 1 ta dush setkasi va 1 ta unitaz bilan 1 ta qо‘l yuvgich о‘rnatilgan xojatxona bо‘lishi shart.
Dushxonadan aylanma yо‘lakchaga chiqish joyi oyoq yuvish dushining о‘rnatilishi kо‘zda tutiladi. Dushxonadan chiqaverishdagi oyoq yuvish dushining о‘lchami 0,8 metrdan, chuqurligi 0,1 metrdan kam bо‘lmasligi kerak. Kiyinish xonasidan vannaxonaga chiqaverishda bolalar dush va oyoq yuvish vannasidan о‘tishlari shart. Xojatxonani dushxonaga kiraverishda о‘rnatish lozim. О‘lchami 10-12,5x6 metr bо‘lgan vannali basseynda maydoni 60 m2 bо‘lgan mashq zali bilan maydoni 6m2 bо‘lgan sport anjomlari ombori qurilish tavsiya etiladi.
Vannasining о‘lchami 10-12,5x6 metr bо‘lgan alohida basseyn binolari uchun maydoni 36 m2 bо‘lgan kiyimxonali yо‘lak (vestibyul), maydoni 9 m2 bо‘lgan mudir xonasi, maydoni 50 m2 bо‘lgan suzishdan keyin dam olish xonasi kо‘zda tutiladi. Trener xonasini yechinib-kiyinish bо‘lmasi, xojatxona va maydoni 9 m2 bо‘lgan dushxona bilan birga loyihalashtirish lozim.
Tibbiyot hamshirasi, suvni tekshiruvchi laboratoriya va boshqaruv bо‘limi xonalari yaxlit tarzda joylashtirilib, ular umumiy maydoni 18 m2 dan kam bо‘lmasligi lozim.
Vannalarning ichki sathini – sopol, tubini esa g‘adir-budur taxtachalar bilan qoplash lozim. Vannalarda kо‘pikli tog‘oralar, suv quyiluvchi novlar, yon devorlarida zinalar, suv tо‘ldirish va chiqarish uchun teshiklar о‘rnatilishi lozim.
Maktabgacha muassasalarda bolalarga tibbiy xizmat kо‘rsatish xonalari kо‘zda tutiladi. Bu xonalar tarkibiga tibbiyot xonasi, muolaja xonasi va izolyator kiradi.
Umumiy tipdagi 150 о‘rinli maktabgacha muassasalarda tibbiyot xonasi va muolaja xonasi maydoni 8 m2 bо‘lgan bitta xonada joylashtirilishi, 150 о‘rindan ortiq о‘ringa ega bо‘lgan binolarda maydoni 8 m2 dan bо‘lgan alohida xonalarda joylashtirilishi mumkin.
Tibbiyot xonasiga yо‘lakdan kirilishi, izolyator xonalaridan biri bilan birga joylashtirilishi, ular orasida yerdan 1,2 metr balandlikda bо‘lgan oynali tо‘siq bо‘lishi mumkin.
Izolyatorda qabulxona, palata va xojatxona bо‘lishi kerak. Izolyatordagi joylar soni muassasa sig‘imining 1,5 % iga teng bо‘lishi kerak. Palatalarni bir yoki ikki о‘rinli, maydonlarini mos ravishda 4 va 6 m2 li qilib, loyihalashtirish lozim. Palatalarning ikki tomoni ochiq bо‘lishi mumkin emas. Qabulxona maydoni izolyatorda bitta palata bо‘lganida – 4 m2, ikkita palata bо‘lsa – 6m2 bо‘ladi. Qabulxonada idishlar yuviladigan joy bо‘lishi kerak. Xojatxona maydoni dezinfeksiyalovchi vositalarni tayyorlovchi joy bilan birga 6 m2 bо‘lishi lozim.
Tibbiyot xonalarini birinchi qavatda joylashtirish tavsiya etiladi. Tibbiyot xonalarining tarkibi va maydoni 7.24-jadvalda keltirilgan.


7.24-jadval



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling