Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat ta’limi xonalari
Ma’ruzalar auditoriyasi chuqurlashtirilgan о‘qitishga mо‘ljallangan maktablardagina nazarda tutiladi. Bu auditoriyalar о‘lchamlari о‘quvchilarning har biri 3 sinfdan kо‘p bо‘lmagan yoshlar parallellarining sig‘imiga mos ravishda, 1 joyga 1 m2 hisobidan belgilanadi.
Kutubxonaning turi umumta’lim muassasasining turi va uning sig‘imiga bog‘liq bо‘ladi. Yangi tipdagi maktablarda kutubxona о‘qitishning texnikaviy vositalari (О‘TV)ni barcha turlari bilan ta’minlangan о‘quvchilarning individual mashg‘ulotlari uchun sharoitlar bilan ta’minlovchi ma’lumot-axborot markazi sifatida foydalanilishi lozim. Kutubxona – axborot markazining maydoni 1 о‘quvchiga kamida 0,6 m2 hisobida olinadi. Kutubxona binosida quyidagi hududlar nazarda tutilishi lozim: qiroatxonalar, axborot punkti (adabiyotlarni berish va qabul qilish), kataloglar bilan ishlash joyi, hamma uchun ochiq jamg‘armalar, yopiq saqlash jmg‘armalari, О‘TV yordamida individual shug‘ullanish bо‘lmalari hududi va aravalar saqlanadigan yonlama xona (boks). Mehnat ta’limi xonalarining maydoni 5-11 sinflar uchun (kasbiy yо‘naltirish xonalari va taxminiy sig‘imi 12 nafar о‘quvchigacha kamaytirilgan binolardan tashqari) sinfdagi о‘quvchilarning yarmiga mо‘ljallanadi.taxminiy maydoni – 1 о‘quvchiga 6 m2 ( о‘quv ishlab chiqarish ustaxonalaridan tashqari). Maktab ustaxonalari qoshida quyidagi yordamchi xonalar bо‘lishi nazarda tutiladi: asbob – uskunalar ustaxonasi, maydoni 16 m2 bо‘lgan ( 3 va undan ortiq parallellarda – 24-32 m2 ) ombor, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash uchun maydoni 16 m2 bо‘lgan omborxona, xonalarni tozalash va о‘quv – tajriba maydonchasidagi ishlarda qо‘llaniladigan uskunalar saqlanadigan xona (12 – 16 m2). Yog‘och bilan ishlanadigan ustaxonalar va yog‘och bilan metall asosida ishlanadigan aralash ustaxonalarda bevosita tashqariga chiquvchi (isitilgan dahliz orqali) yoki ustaxonalarga tutash bо‘lgan, ammo sinflar, о‘quv kabinetlari va laboratoriyadan chiqish joylari bо‘lmagan yо‘lak orqali chiqiluvchi qо‘shimcha chiqish joylari nazarda tutilishi lozim. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling