Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab oshxonasi
Rekreatsiya xonalarini maktablarda iqlimiy hududlardan kelib chiqqan holda 1 о‘quvchiga 0,6 – 0,7 m2 hisobida rejalashtirilishi maqsadga muvofiq. Bu binolarning kengligi kabinet va laboratoriyalar bir yoqlama joylashganida kamida 2,8 metr bо‘lishi, kabinetlar, laboratoriyalar ikkiyoqlama joylashgan va sinflarga tutash bо‘lganida esa kamida 4 metr bо‘lishi lozim.
Maktab oshxonasi о‘quvchilar soni 100 nafardan oshiq bо‘lganda nazarda tutiladi. Xom ashyo bilan ishlovchi oshxonada quyidagi uskunalar va xonalar majmuasi bо‘lishi shart: sexlar – issiq, sovuq, gо‘shtli – baliqli, qandolatpazlik, sabzavotli taomlarga moslashgan; oshxona uchun va idish – tovoqlarni yuvish bо‘lmalari; quruq mahsulotlar va sabzavotlar uchun omborxonalar; gо‘sht va ba’zi tez ayniydigan mahsulotlarni saqlash uchun sovitiluvchi va past haroratli maxsus xonalar; oshxona xodimlari uchun xо‘jalik xonalari; mahsulot tushiriluvchi – idish saqlanuvchi bо‘lmalar; idishlarni yuvish xonasi; ovqat qoldiqlari uchun sovitiluvchi kamera; oshxona xodimlari uchun sanitariya bо‘lmasi. Yarim tayyor mahsulotlar asosida ishlovchi maktab oshxonasi tarkibiga issiq ovqat tayyorlanuvchi sex, mahsulotlarni tayyorlash xonasi, oshxona va idish – tovoqlarni yuvish bо‘lmasi, quruq oziq – ovqatlar va sabzavotlar uchun omborxona, yarim tayyor mahsulotlar uchun sovutgichli kameralar, oshxona bloki xodimlari uchun xо‘jalik xonalari, tushirish – idishlarni saqlash bо‘lmasi, idishlarni yuvish bо‘lmasi, oziq – ovqat qoldiqlari uchun sovutkichli kameralar. Bufet – ovqat tarqatish binosi tarkibida quyidagilar nazarda tutilishi kerak: ovqatni isitish uchun gazо‘choq va sovituvchi shkaflar bilan jihozlangan ta’minlash xonasi; marmitlar bilan jihozlangan ovqat tarqatish xonasi; idish – tovoq xonasi; yordamchi xonalar; xodimlar uchun xо‘jalik xonalari; bо‘sh idishlarni yuvish uchun xonalar. Maktabdagi bufetlar va oshxonalar qoshida albatta ovqatlanish zali bо‘lib, uning maydoni zaldagi 1 о‘ringa 0,7 m2 hisobida va 100 foiz о‘quvchilarning 3 navbat bilan о‘tirishlariga mо‘ljallangan holda belgilanadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling