Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Maktablarda quyidagi ma’muriy – xо‘jalik xonalari


Download 1.92 Mb.
bet54/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Maktablarda quyidagi ma’muriy – xо‘jalik xonalari bо‘lishi nazarda tutiladi: direktor xonasi (32 m2), о‘quv – tarbiya ishlari bо‘yicha muovin xonasi (8 m2), 1,2,3,4 parallellar bо‘lgani xolda mos ravishda 30,40,50,60 m2 maydonga ega о‘qituvchilar xonasi; sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi xonasi (12-16 m2), devonxona (12-16 m2).
Umumta’lim muassasalarida tibbiy punkt quyidagilarni qamrab oladi: uzunligi kamida 7 m bо‘lgan (о‘quvchilarning eshitish va kо‘rish qobiliyatini tekshirish uchun) va maydoni kamida 14 m2 bо‘lgan shifokor xonasi; maydoni 12 m2 bо‘lgan va tortuvchi shkaf bilan jihozlangan tish shifokori xonasi; maydoni 14 m2 bо‘lgan muolaja xonasi bо‘lishi kerak. Tibbiy punktda alohida sanitariya bо‘lmasi bо‘lishi shart.
Har bir bosqichda о‘g‘il va qizlar uchun alohida eshigi qulflanmaydigan kabinalardan iborat sanitariya bо‘lmalari bо‘lishi shart. Sanitariya anjomlari soni: 20 nafar qizga 1 unitaz, 30 nafar qizga – 1 ta qо‘l yuvgich; 30 nafar о‘g‘il bolaga 1 unitaz, 0,5 ta ochiq novli peshob chanog‘i (pissuar) va 1 ta qо‘l yuvgich hisobida olinadi.О‘g‘il bolalar va qizlar uchun sanitariya bо‘lmalari maydoni 1 о‘quvchiga kamida 0,1 m2 hisobida olinadi. Xodimlar uchun alohida sanitariya bо‘lmasi ajratilishi lozim.
Shaxsiy gigiyena xonalar tashkillashtirilishi lozim – qizlar uchun 70 odamga maydoni kamida 3 m2 bо‘lgan 1 ta kabina hisobidan olinadi. Sanitariya bо‘lmalariga kirish joyi о‘quv xonalari eshigiga qarama – qarshi yoki unga bevosita yaqin joyda joylashgan bо‘lmasligi shart.
Har bir qavatda tozalash anjomlarini va dezinfeksiyalovchi vositalarni tayyorlash, saqlash va ishlov berish uchun mо‘ljallangan, sovuq va issiq suv о‘tkazilgan tagliklar bilan jihozlangan xonalar bо‘lishi lozim.
Boshlang‘ich sinflar, laboratoriyalar, о‘quv xonalari, ustaxonalar, tibbiy punktlar, о‘qituvchilar xonasi, texnik xodimlar xonasida albatta qо‘l yuvgichlar о‘rnatiladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling