Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Bolalar va о‘smirlar muassasalarida havo – issiqlik rejimi, yoritish suv bilan ta’minlashga bо‘lgan gigiyenik talablar


Download 1.92 Mb.
bet55/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

7.2.3 Bolalar va о‘smirlar muassasalarida havo – issiqlik rejimi, yoritish suv bilan ta’minlashga bо‘lgan gigiyenik talablar
Bolalar va о‘smirlar uchun muassasalarda havo – issiqlik rejimi isitish tizimlari bilan taminlanadi.

Maktabgacha bо‘lgan ta’lim muassasalari binolarida isitish uskunalari sifatida radiatorlar, konvektorlar va beton panellar qо‘llanilishi mumkin. Isitish uskunalarining himoya ekranlarini yog‘och – qirindili taxtalar va asbest – sementli taxtalardan tayyorlashaga ruxsat etilmaydi.


Binodagi havoning nisbiy namligi bolalar borligi hisobiga 40-50%, ichkaridagi havo harorati 210S (basseyn vannalari joylashgan xonalardan tashqari) bо‘lishi lozim.
Bolalar maktabgacha muassasalaridagi taxminiy harorat va havo almashinuvi karraliligi qarab qabul qilinadi.
Tortuv kanalidagi va tashqi devorida derazalari bо‘lmagan xojatxonalardagi muntazam havo almashinuvini kuchaytirish uchun 1 tadan kam quvvatli о‘qli ventilyator о‘rnatilishi tavsiya etiladi. Darchasi yoki framugali oynasi bor yordamchi – xо‘jalik binolarida (dushxona va xojatxonadan tashqari) tabiy tortuvchi kanalli havo almashtirish qurilmasi nazarda tutilmasligi mumkin.
Mustaqil tortuvchi tizimlarni ovqatlanish bloki, kir yuvish – dazmollash, basseyn binolarida loyihalashtirish mumkin.
Tibbiy xonalarda alohidalangan tortuvchi kanallar bо‘lishi lozim.
Maktabgacha muassasalarda asosiy sanitariya – texnikaviy jihozlarni asosan komplektlashtirish lozim.
Basseyn vannasidagi suvning harorati 29 0S darajasida ushlab turilishi shart. Suv hajmi 50 m3 va kо‘proq bо‘lgan basseynlarni loyixalashtirishda suvni zarasizlantirish chora – tadbirlari ham nazarda tutilishi kerak. Vannasining о‘lchami 7x3 metr bо‘lgan basseynlarga toza suv muntazam oqib turgan holatda dezinfeksiyalovchi vositalarni qо‘llash talab etilmaydi. Yopiq bolalar basseynlarning aylanma yо‘laklari sathi haroratini 26-300S darajada ushlab turish lozim. Agar aylanma yо‘laklarga tutashgan devorlar ichki devor bо‘lsa va aylanma yо‘laklar issiq xona (texnik yertо‘la) ustida joylashgan bо‘lsa, yо‘laklarni isitish nazarda tutilmasligiga ruxsat beriladi. Isitilmagan holatda yо‘laklar issiqlik о‘tkazuvchanligi past bо‘lgan sintetik gilamlar bilan qoplanishi kerak.
Bolalarning xonalaridagi shkaflarda о‘rnatilgan kiyim quritgich uskunalar, shuningdek, xojatxonalardagi sochiq quritgichlar issiq suv tizimiga ulanishi kerak.
Bolalar maktabgacha muassasasiga uzatilayotgan issiq suv harorati 60 0S dan past bо‘lmasligi shart.
Elektr yordamida yoritish ishchi, avariyaviy, evakuasion (evakuasiya uchun avariyaviy) va navbatchi bо‘lishi kerak. Navbatchi yoritish uchun evakuasion yoritish chiroqlari qо‘llaniladi. Avariyaviy va evakuasion yoritish chiroqlari ishchi yoritish chiroqlari orasidan ajratib olinadi va maxsus belgilar bilan kо‘rsatib quyiladi. Yoritishning gigiyenik meyorlari 7.28-jadvalda keltirilgan.


7.28-jadval

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling