Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


VIII BOB BOLALAR VA О‘SMIRLARNING SOG‘LOM HAYOT TARZINI


Download 1.92 Mb.
bet61/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

VIII BOB


BOLALAR VA О‘SMIRLARNING SOG‘LOM HAYOT TARZINI
SHAKLLANTIRISH ASOSLARI. GIGIYENIK TA’LIM VA TARBIYA
Adabiyotlarda Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tugal ishlab chiqilgan umumiy qonun-qoidalar kо‘rsatiladiki, ularga asosan aholi salomatligi shakllanishidagi ijtimoiy omillarning “hissasi” 50 foizni tashkil etadi. Kasalliklar rivojlanishida ijtimoiy-gigiyenik omillarning rolini maxsus tadqiqot qilish shuni kо‘rs atadiki, bolalar kasallanishglarining mos ravishda 3 foizdan 11 foizgacha bо‘lgani bolalar va о‘smirlarning hayot tarziga bog‘liq bо‘lar ekan.


8.1. Salomatlik va sog‘lom turmush tarzi shakllanishiga nisbatan gigiyenik yondoshish.

Sog‘lom turmush tarzi – muayyan populyasiyaning sog‘lig‘ini saqlash, mustahkamlash va tiklashga yordam beruvchi uslub, axloqdir. Sog‘lom turmush tarzi- bu nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy toifa hamdir, u ishlab chiqarish va ishlab chiqaruvchi munosabatlarining rivojlanishiga bog‘liq bо‘ladi. Sog‘lom turmush tarzi shaxsning salomatlikka nisbatan salbiy hayotiy uslubini tanlashga bog‘liq bо‘lib, alohida ijtimoiy guruhlar va umum jamoatchilikning gigiyenik madaniyati yuqori darajada bо‘lishini nazarda tutadi.


Gigiyenik jihatdan oqilona ahloq kо‘rinishlariga organizmning himoyalovchi xususiyatini oshirishga yordamlashuvchi, shuningdek, s alomatlikka salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi zararli odatlarga qarshi kurashishga yо‘naltirilgan fe’l-atvorlarga xosdir. Organizmning hiomyalovchi xususiyatlarini oshirish faoliyat va dam olishning turli kо‘rinishlarining maqbul rejimini, oqilona ovqatlanish, maqb ul harakatlanish faolligi, jismoniy tarbiya, chi niqish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, tibbiy faollik va о‘z s alomatligini muntazam kuzatib borish, ijobiy ekologik munosabatlar kabilarni о‘zida mujassamlashtiradi.
Bolalarga nisbatan qо‘llaganda, doimo shuni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bolaning о‘zi har doim ham munosib hayot faoliyat i usullarini ta’minlay olmaydi. Ota-onalar, ta’lim tashkilotchilari, murabbiylarga kо‘p narsa bog‘liq bо‘ladi. Bu borada bola sust bо‘ladi, ammo kо‘pincha uning kelajakdagi fe’l-atvori hayotiy faoliyati qanday tashkil etilishiga bog‘liq bо‘ladi.
Sog‘lom turmush tarzi zararli odatlar bilan qо‘shilib keta olmaydi. Alkogolli ichimliklar, boshqa mast qiluvchi va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish, tamaki chekish har tomonlama sog‘lom turmush tarzi о‘rnatilishiga tо‘sqinlik qiladi. Zararli odatlar kо‘pgina xastaliklarning xavf tug‘diruvchi muhim omillari safiga kiradi, bolalar va о‘smirlarning, butun aholining salomatligiga tubdan ta’sir о‘tkazadi.
Yuqori sinflarning epidemiologik tekshiruvning guvohlik berishicha, chekish, alkogoli ichimliklar ichish, giyohvandlik hozirgi kunda yoshlar orasida xavfli darajada keng tarqalgan. Bu borada, ayniqsa, alkogoli ichimliklarga ruju qо‘yish juda kuchlidir.
Alkogolli ichimliklarga berilish kо‘nikmalari hosil bо‘ladigan eng muhim jiddiy bosqich, bu – о‘smirlik davridir. Bu davrda о‘smirlarda bir qator jiddiy о‘zgarishlar yuz beradi. Bir inchidan, organizmning ruhiy-endokrin tizimida qayta qurilishlar yuz beradi., ikkinchidan, yangi ehtiyojlar va qiziqishlar (birinchi navbatda, jinsiy maylga tegishli) paydo bо‘ladi. Ruhiy qayta qurilish og‘riqli tarzda, noqulaylik xolatlari bilan birga kechadi. О‘smirlar ortiqcha darajadagi jizzakilik va imkonimyatidan ortiq darajada talab qо‘yishdek sifatlari bilan ajralib turishadi. Bu davrda tengdoshlari Bilan guruhlashishlar reaksiyasi boshqa paytlardagiga nisbatan osonroq kechadi. Shu bilan bir vaqtda о‘smirlar guruhlarida о‘zlarining qiymat yо‘nalishlari, bо‘sh vaqtni о‘tkazish usullari, kо‘plab m uammolarni hal qilish uslublari paydo bо‘ladi. Ayni shu davr guruhli faoliyat doirasida alkogoli ichimliklar iste’mol qilish odat bо‘lib qolishi jihatidan ham juda xavflidir. Shu bilan birga, о‘smirlar xulq-atvorini ota-onalarp yoki о‘qituvchilar tomonidan tо‘g‘rilashga urinishini gо‘yoki о‘z mustaqilligi va erkinligiga tо‘sqi nlik qilinishi, xuquqlarining cheklanishi sifatida qabul qiladilar. Shuning uchun ham bunaqangi tо‘ridan-tо‘g‘ri urinishlar teskari samara beradi, qarshilik va norozilik kayfiyatini uyg‘otadi.
О‘smirlar uchun xatto о‘ziga xos «guruhli alkogolga qaramlik” hodisasi ham ta’riflangshan bо‘lib, bu xolatda guruh a’zolaridan birontasidan alkogolga qaramlik yoki piyonistalik belgilari paydo bо‘lmasidan oldinroq asosan spirtli ichimlik ichish bahonasidan о‘smirlar guruhi faoliyati tashkil etilgan bо‘ladi. Kо‘pchilik uchun yoshlik davri alkogolli ichimliklarni istagancha iste’mol qilish si fatida namoyon bо‘ladi. Bunga alkogolli ichimliklar hammaga sotilaverilishi va odat va an’analarimizning kо‘pchiligi alkogolli ichimliklarni ichish bilan chambarchas bog‘liq bо‘lib qolganligi sababchidir. Ayniqsa, piyonistalikning ilk belgilari namoyon bо‘layotgan kirishimli, omilkor, hazil-xuzulga usta peshqadam odamlar atrofida tashkil bо‘luvchi ichkilikbozlar guruhlari, ayniqsa, xavflidir. О‘smirlar ayni shunaqangi odamlar atrofiga osongina yig‘ilishib olishadi.
Real hayotdan qochish ham о‘smirlarni ichkilikbozlar guruhiga yetaklab kelishi mumkin. Asosiy faoliyat (о‘qish yoki ish)dagi muvaffaqiyatsizliklar ham shunaqangi guruhlardan qо‘nim topishga olib keladi. Shu bilan birga о‘ta muhim ruhiy mexanizm ishga tushib ketishi mumkin: hayotiy faoliyatning ijtimoiy munosib shakllarida yutuqlarga erisholmagan va ichkilikbozlar guruhiga “sirg‘anib tushgan” yosh yigitlar о‘zidan yuz о‘girgan sog‘lom jjamiyatda qabul qilingan meyor va qadriyatlarga о‘zining salbyuiy munosabatini singdira boshlaydi. Shu jumladan, ichkiliklar bilan bog‘liq ta’qiqlashlarni ham tan olishmaydi.
Zararli odatlarni yengishga qaratilgan ishlarda eng muhimi – о‘smir shaxsining shakllanishiga, uning ehtiyojlarini oshirilishiga, insoniyat tomonidan tо‘plangan madaniy kadriyat lar о‘zlashtirilishiga, ya’ni yoshlarning ma’naviy sog‘lom bо‘lishi ta’minlanishiga e’tiborni kuchaytirish lozim.
Ichkilikbozlikning oldini olish uchun maxsus ishlab chiqilgan uslublar sirasiga yoshlarni ichkilikbozlikka qarshi tarbiyalash tizimi va ichkilikbozlikka qarshi tashviqot ishlari kiradi. Maktabda ichkilikbozlikka qarshi tarbiyalashni olib borishda quyidagi qoidalarga amal qilinishi lozim:

  • о‘quvchilarni vaqtliroq ichkilikbozlikkaa qarshi yо‘naltirish. Ichkilikka havas uyg‘onishning 9-10 yoshlarda boshlanishini hisobga olgan holda ichkilikbozlikka qarshi tarbiyalashni boshlang‘ich maktabdanoq boshlagan maqsadga muvofiqdir;

  • ichkilikbozlikka qarshi tarbiya va tashviqot ishlarini olib borishda aniq maqsadga yо‘naltirilganlik va izchillik, shu bilan birga, alkogolning asta – sekin, qayta – qayta, yoshga bog‘liq xolda murakkablashuvchi ta’sirini ochib berishda oddiy kо‘rgazmali tajribalardan tortib to alkogolning jamiyatga va ayni paytda odamning о‘z salomatligiga yetadigan ziyon bilan chuqur bog‘liqligini tushuntira olish ham nazarda tutiladi;

  • ichkilikbozlikka qarshi kurash ishlarini bolalardagi alkogoli ichimliklarni ichishda nisbatan havas uyg‘onishi shakllanishi davirlari va bosqichlariga mos ravishda loyihalashtirish;

  • ichkilikbozlikka qarshi kurash ishlarida turli yosh guruhlaridagi о‘quvchilarning ruhiy о‘ziga xoslik tomonlarini hisobga olish;

  • о‘quvchilarni ichkilikbozlikka qarshi yо‘naltirishda gigiyenik va ahloqiy, ta’sirchan va mazmunli nuqtai nazardan mos tushishi;

  • bolalarning tо‘laqonli dam olishini tashkil etish va ijtimoiy va gigiyenik foydali faolligini oshirish;

  • ichkilikbozlikka qarshi ishlarga kompleks yondoshish. О‘qituvchilar jamoasi oila bilan mutaxassis – shifokorlar bilan shu jumladan, narkologlar, nodavlat tashkilotlar bilan birgalikda ish olib borishlari lozim;

  • ichkilikbozlikka qarshi ishlarda katta siniflarning shaxsan ishtiroki. Ichkilikbozlikka qarshi tashviqotda yuqori sinf о‘quvchilarini kengroq jalb etish maqsadga muvofiq. Bu kattalar uchun ham kichiklar uchun ham о‘zaro foydalidir. Kichkintoylar bunday masalalarda ota – onalari, о‘qituvchilariga qaraganda kо‘proq yuqori sinf о‘quvchilariga ishonishadi.

О‘smirlar orasida ichkilikbozlikka qarshi tashviqotda piyonistalik oqibatida ichki a’zolar zararlanishi va uning kelgusidagi asoratlariga urg‘u berish, odatda, samara past bо‘lishiga olib keladi. Ichkilikbozlikka qarshi ishlar bolalar va о‘smirlar uchun ahamiyatli bо‘lgan ijobiy qadriyatlar va maqsadlar, ya’ni о‘z qobiliyatlarining tо‘liq ochilishi, shaxs sifatida о‘zini namoyon etish, oila, farzandlar jamiyatdagi mavqei kabilarga yо‘naltirilishi lozim.
Ichkilikbozlikka qarshi tashviqot ijobiy mazmunga ega bо‘lib, о‘zida asos bо‘ladigan tarkibiy qismlarni mujassam etishi, inson tabiatining sog‘lom tomonlariga qaratilishi lozim.
Bolalarning sog‘lom turmush tarzi kо‘p taraflama ota- onasining bola о‘sib – tarbiyalanayotgan muhitning turmush tarzi bilan belgilanadi.
Bolalar va о‘smirlarning sog‘lom turmush tarzini samarali shakillantirishda bolalarning ma’lum bir jins, yosh, jamoaning turmush tarzi haqidagi bilimlarga tayaniladi.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling