Vi. Bob. Python da matnlar bilan ishlash 1 simvollarni taqqoslash
Download 0.51 Mb.
|
Pythonda satrlar
VI. BOB. PYTHON DA MATNLAR BILAN ISHLASH 6.1 SIMVOLLARNI TAQQOSLASH Har bir simvol ASC II – standart kodiga ega. ASC II – ushbu qisqartma so‘z American Standard Code for Information Interchange (Ma’lumotlar almashinish bo‘yicha Amerika standarti) inglizcha so‘zining birinchi harflaridan olingan u simvollarni kodlashtirishning universal sxemasi bo‘lib, shu sohadagi standartni (andozani) belgilaydi. Ixtiyoriy simvolning ACS II – kodini aniqlash uchun simvolni ord() PHP – funktsiyaning argumenti sifatida beradi. Satr harflari “a” dan “z” gacha, 97-122 qiymatlari orasida, bosh harflar “A”-“Z” esa 65-90 gacha bo‘lgan qiymatlar orasida joylashgan. Har bir oraliqdagi birinchi qiymatlarni taqqoslab ko‘rish mumkinki, satr harf “a” (97), bosh harf “A” (65) ga qaraganda kattaroq kodga ega. Shu sababli, uni strcmp() funktsiyani argument ko‘rinishiga keltirsak, strcmp() funktsiya 1 ni qaytaradi, chunki birinchi argumentning qiymati ikkinchisinikidan katta. Boshqa tomondan, argument “A” (65) ni birinchi argument sifatida “a” (97) ni esa ikkinchi argument sifatida ko‘rsatsak u holda strcmp() funktsiya -1 ni qaytaradi, chunki birinchi argumentning qiymati ikkinchisinikidan kichik. Satrlarni taqqoslashda har bir simvol ketma – ketligidagi o‘rni bo‘yicha taqqoslanadi, bunda aynan bir simvolni saqlovchi satrlar, turli tartibda joylashgan bo‘lsa, ularning xatoliklari teng bo‘lib qolmasligini kafolatlaydi. Masalan, “ABC” va “BAC” satrlarni taqqoslashda, birinchi satrning birinchi simvoli “A” (65), ikkinchi satrning birinchisimvoli “B” (66) ga qaraganda kichik bo‘ladi, shu sababli, strcmp() funktsiya -1 ni qaytaradi, chunki birinchi argument ikkinchisidan kichik.
Eslatib o‘tish lozimki, ASC II – kodning umumiy hajmi uchun simvollarning joylashishi tartibining ahamiyati yo‘q: turli tartibli so‘zlar (yoki harflar) bilan yozilgan ikkita satr kod hajmi bo‘yicha ekvivalent bo‘ladi, ammo, bir – biriga mos tushmasligi mumkin. Satr uzunligini esa strlen() PHP – funktsiyaning argumenti sifatida ko‘rsatish orqali aniqlash mumkin.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling