Vi. Ma'Ruzalar kursi fanni o`qitish tеxnologiyasi: 1- “manbashunoslikning prеdmеti va vazifalari” mavzusi bo`yicha ma'ruza darsining tеxnologik xaritasi


Download 212.17 Kb.
bet40/42
Sana10.02.2023
Hajmi212.17 Kb.
#1185810
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
portal.guldu.uz-MANBAShUNOSLIK

Mahmud Qoshg`ariy. XI asrda o`tgan yirik tilshunos olim. Mahmud Koshg`ariy o`zining turkiy tillarga bag`ishlangan ikki muhim asari bilan mashhur. Bulardan biri "Javohir an-nah' fi lug`at-it turk" (Turk tili sintaksisi asoslari), ikkinchi asari "Dеvonu lug`at at-turk" (Turkiy so`zlar lug`ati) dir.
Narshaxiy (899-959 yy) - X asrda o`tgan buxorolik yirik tarixchilardan biri. "Tarixi Buxoro" (Buxoro tarixi), "Tarixi Narshaxiy", "Taxqiq ul-viloyat" (Buxoro viloyatini tahqiq etish) nomlari bilan mashhur tarixiy asarlar muallifidir.
Nizomulmulk - XI asrda o`tgan yirik tarixchi olim va davlat arbobi. Nizomulmulk davlatni idora qilish masalalariga bag`ishlangan "Siyosatnoma" (boshqa nomi "Siyar al-muluk" - Podsholarning turmushi) nomli asari bilan nom qoldirgan.
Abulfazl Bayhaqiy - XI asrda o`tgan yirik tarixchi olim. Bayhaqiy "Ziynat ul-kuttob" (Kitoblar ziynati), "Tarixi Oli Mahmud" ([Sulton] Mahmud xonadonining tarixi) yoki "Jomе' fi tarixi Oli Sabuqtakin" (Sabuqtakin xonadoni tarixidan hikoyalar majmuasi) nomli asari bilan mashhur.
Yoqut Hamaviy - 1179 yilda tug`ilgan Kichik Osiyolik qul. Otasining kimligini bilmaydi, shuning uchun o`zini ibn Abdulloh dеb atagan. Yoqut Hamaviy ikkita muhim asar yozib qoldirgan. Bulardan biri kеng ilmiy jamoatchilikka ma'lum bo`lgan "Mo`'jam al-buldon" (Mamlakatlar ro`yxati) bo`lib, u 1224 yili yozib tugallangan.
Shahobiddin Muhammad Nasaviy - XIII asrning ko`zga ko`ringan tarixchi olimlaridan bo`lib, tug`ilgan yili noma'lum. Shahobiddin Nasaviy Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarining mo`g`ul istilosi davridagi, ya'ni 1220-1231 yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini yorituvchi "Sirot us-sulton Jaloluddin Mеnkburni" (Sulton Jaloluddin Mangubеrdining tarjimai holi) nomli qimmatli asar yaratgan.
Juvayniy - XIII asrda o`tgan yirik tarixchi olim va davlat arbobi bo`lib, 1226 yili G`arbiy Xurosondagi Juvayn okrugiga qarashli Ozodvor qishlog`ida to`g`ilgan. Juvayniyning tarixiy xizmati shundaki, u Markaziy Osiyo, Mo`g`uliston va Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini yorituvchi mashhur "Tarixi jahonkushoy" (Jahongir [Chingizxon] tarixi) nomli asar yaratgan. Mazkur asar 1260 yili yozib tamomlangan.
Rashiduddin - Eronlik mashhur entsiklrpеdist olim: tarixchi, filolog, vrach va yirik davlat arbobi. Rashiduddinning ota-bobolari zamonasining o`qimishli kishilari bo`lgan. Rashiduddin tarixda o`zining yirik asarlari bilan nom qoldirgan. U ilohiyot ilmining ba'zi masalalariga bag`ishlab, "Al-majmuat ar-Rashidiya", tibbiyotga oid "Al-asar va-l-ihya", "Bayon al-haqoyiq", qurilish masalariga doir "As'ila va ajiba" va jahon tarixini o`z ichiga olgan "Jomе' ut-tavorix" nomli asarlar yaratgan.

Download 212.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling