6.2. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi
Mehnat resurslarini shakllantirish -bu insonning jismoniy va aqliy salohiyatini uzluksiz tiklash va ushlab turish, uning kasb-malaka va ta’lim darajasini muttasil oshirib borishdir. Ana shu xususiyat ham alohida shaxsga, ham korxonada yollanib ishlayotgan xodimlar guruhiga taalluqlidir.
Mehnat resurslarini shakllantirish odatda tо‘rt bosqichni bosib о‘tadi (6.1-rasm).
6.1-rasm. Mehnat resurslarini shakllantirishning
bosqichlari
Mehnat resurslarini shakllantirish maktabdan boshlanadi, bu о‘rta maxsus ta’lim muassasalari va oliy о‘quv yurtlarida, ish joyida amaliyotni о‘tash, malaka oshirish kurslaridadavom etadi.
Ana shu bosqich, shuningdek quyidagilarni ham qamrab oladi:
• xodimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga qodir bо‘lgan jismoniy va aqliy salohiyatlarni tiklash;
• ishlab chiqarishni tark etayotganlar (pensiyaga chiqayotganlar) о‘rniga, shuningdek yangi tashkil etilayotgan ish joylariga yangi xodimlarni yollash;
• ish bilan bandva yangi yollanganxodimlarning qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Mehnat resurslarini shakllantirish turlicha amalga oshirilishi mumkin (5.3-jadval).
Ekstensiv usul mehnat faoliyatini amalga oshirishga qodir xodimlarning soni ular qobiliyati о‘zgarmagan holda ortishini anglatadi. Intensiv usul esa bevosita xodimlarning salohiyatini ta’lim va kasbiy tayyorgarlik orqali oshirishni nazarda tutadi. Ish kuchining kengaytirilgan tarzda takror hosil qilish ishlab chiqarish hajmi, mahsulot va xizmatlar sifatiga jiddiy ravishda ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Intensiv usul esa bevosita xodimlarning potensialini ta’lim va kasbiy tayyorgarlik orqali oshirishni nazarda tutadi. Ish kuchining kengaytirilgan tarzda takror hosil qilish ishlab chiqarish hajmi, mahsulot va xizmatlar sifatiga jiddiy ravishda ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |