6.2-jadval
Mehnat resurslarini shakllantishning turlari
Mehnat resurslarini shakllantirishning usullari
|
Mehnat resurslarini shakllantirish turlarining mohiyati
|
Ekstensiv
|
Mehnatga layoqatlixodimlarningsonini ularningmehnat potensialini о‘zgartirmagan holda amalga oshirish
|
Intensiv
|
Xodimlarning potensialini bevosita ta’lim va kasbiy tayyorgarlik orqali oshirish
|
Oddiy
|
Xodimlarning mehnatga jamlanma potensiali saqlanib turadi, ya’ni mehnat faoliyatiga qodir bо‘lganlarning soni va ularning potensiali о‘zgarmaydi, natijada ishlab chiqarish hajmi barqaror bо‘ladi
|
Toraytirilgan
|
Xodimlarning mehnatga jamlanma potensiali ham mehnat faoliyatiga qodir bо‘lganlarning soni ham kamayadi, ham ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi yomonlashadi
|
Kengaytirilgan
|
Xodimlarning mehnatga jamlanma potensialiortadi. Bunda mehnatga jamlanma qobiliyatning ortishiekstensiv yoki intensiv tarzda bо‘lishi mumkin
|
Mehnat resurslarining taqsimlanishi va ayriboshlanishi, odatda, ijtimoiy sheriklar – yollanma xodimlar, ish beruvchchilar va davlatning ishtirokida mehnat bozorida hamda bevosita korxonada (bu xodimni yollash, ish joyini almashtirish, ishdan bо‘shatish, ish kuchining uning qiymati bо‘yicha ayriboshlash va hokazolar)sodir bо‘ladi.
Mehnat resurslarini taqsimlashning maqsadi – mehnatga layoqatli aholini ish bilan samarali band qilish, mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish sohalari bо‘yicha oqilona taqsimlashdan iboratdir. Mehnat resurslarini dastlabki taqsimlashga umumta’lim, о‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi muassasalari va oliy о‘quv yurtlarining bitiruvchilariniishga joylashtirish kiradi.Mehnat resurslarini ikkilamchi taqsimlash esa mehnat resurslarining mobilligi bilan bog‘liqdir.Bunday taqsimlash asosan ish bilan bandlik xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |