Topshirish muddati va ajratilgan ball
Mustaqil ish
|
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar bo’limida keltirilgan mavzular asosida talaba mustaqil ishini bajarishda tavsiya etilgan shaklllardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
|
Jarayon jadvali asosida, Maksimal ball-40
|
Izoh: Oraliq nazorat topshiriqlari sirtqi yo’nalish jarayon jadvali asosida o’qishning birinchi haftasi fan o’qituchisi tomonidan talabalarga etkaziladi.
Talaba yuqorida fan bo’yicha mustaqil topshiriqlarni belgilangan muddatlarda fan o’qituvchisi ko’magida o’zlashtiradi va ajratilgan ballning kamida 60 % (60 ball) ni to’plaganda yakuniy nazorat topshirishga ruhsat etiladi.
Talaba mustaqil ishini bajarishda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi:: 1.Berilgan mavzular bo’yicha axborot (referat) tayyorlash; 2. Nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; 3. Maket, model va na’munalar yaratish; 4. Ilmiy maqola, anjumanga ma'ruza tayyorlash; 5. Internet ma’lumotlari asosida 10 betdan kam bo’lmagan ma’lumotlar asosida va h.k.
Fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
Baholash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi karoriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi asosida baholanadi.
|