Vi XI asrlarda Vizantiya imperyasi Reja
Download 63 Kb.
|
Vi XI asrlarda Vizantiya imperyasi Reja
"Nika qo'zg'oloni"
Qozg'olon 532 yil 11 yanvarda Konstantinapol sirki (ippodrom) da imperator huzirida boshlandi. "Yashil" deb ataladigan sirk oppoziyachi partiyalaridan biri aholi nomidan shikoyat yozib, unda yuqori mansabdor chinovniklarni jazolash talab qilingan edi. Yustinian rad etib, jahl bilan ippodromni tashlab chiqib ketdi. Bunga javoban qo'zg'alon ko'tarilib ketdi. Qo'zg'alonchilar «Nika» (Grekcha – “G'alaba qozon”! - demakdir) degan shior ko'tardilar. Qo'zg'olon butun poytaxt va unung atrofiga yoyildi. Yustinian nochor ahvolga tushib qoldim, deb o'ylab, u hatto Konstantinapoldan qochib ketmoqchi ham bo'ldi. Qo'zg'olon besh kun davom etib, Yustinianning sarkardasi Vilizariy tomonidan daxshatli shavqatsizlik bilan bostirildi. 30 mingtagacha kishi o'ldirildi. «Nika» qo'zg'olonining harakatlantiruvchi kuchlari Yustinian siyosatidan norozi bo'lgan senatorlar va shahar xalq ommasi edi. Harakatda qatnashgan sirk guruhlarining o'zi - «Yashillar « va « Ko'klar « deb atalgan guruhlar sport tashkiloti bo'lib, shu bilan bir vaqtda muhim siyosiy rol o'ynar edilar. «Ko'k» larni Yustinian saroy ahli qo'llab - quvvatlardi, «Yashil» laming esa aristokratik oppoziyachilar orasida juda kuchli homiylari bor edi. Shu bilan bir vaqtda «Ko'klar» ham «Yashillar» ham Konstantinapoldagi ancha keng demokratik tashkilotlar bilan - dimlar bilan bog'langan edi. Dimlar eski vaqtdagi shahar o'z -o'zini idora qilish boshqarmasining qoldig'i bo'lmish o'ziga xos rayon xalq uyushmalari bo'lib, Yustinian vaqtida xalq ancha e'tibori bor edi8 va hukumat aristakratlar ham ular bilan hisoblashishga majbur edi. Download 63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling