Vi “Yil brendi 2022” mukofoti doirasidagi yutuq o‘ynalishining ommmaviy ofertasi


Download 16.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2023
Hajmi16.36 Kb.
#1738561
Bog'liq
rules-uz



VI “Yil brendi 2022” mukofoti doirasidagi yutuq o‘ynalishining ommmaviy ofertasi 
Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda – Oferta) O‘zbekiston marketing uyushmasi 
(keyingi o‘rinlarda – Uyushma)ning istalgan jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda – Ovoz 
berish ishtirokchisi)ga qaratilgan, yutuq o‘ynalishida qatnashish to‘g‘risidagi 
Shartnoma tuzish taklifi sanaladi. 
Oferta Shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi, chorlovga javob 
bergan har bir shaxs bilan ko‘rsatilgan shartlarda Shartnoma tuzish bo‘yicha 
Uyushmaning taklifi sanaladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 369- m., 
2- xatboshisiga muvofiq, ommaviy Oferta deb tan olinadi. 
Yutuq o‘ynalishida qatnashishdan oldin ishtirokchi ushbu Oferta bilan tanishib 
chiqishi lozim. U Oferta shartlariga umuman yoki biror qismlariga rozi bo‘lmasa, yutuq 
o‘ynalishida qatnashishdan tiyilishi kerak. 
Oferta shartlariga rozi bo‘lgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
365-m., 1- xatboshisiga muvofiq, ishtirokchi Oferta akseptini bajargan paytdan 
Shartnoma tuzilgan sanaladi. 
1. Atamalar va tushunchalar 
1.1. Yutuq o‘ynalishi ishtirokchisi. Yutuq o‘ynalishida umumiy asoslarda 12 yoshdan 
oshgan istalgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek chet el fuqarosi 
qatnashishi mumkin. Yutuq o‘ynalishida voyaga yetmaganlarning qatnashishi 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda, 
ularning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi. Yutuq o‘ynalishida voyaga 
yetmaganlarning ishtiroki uchun ota-onadan biri yoki qonuniy vakilining roziligi kerak. 
1.2. Yutuq o‘ynalishi hududi: O‘zbekiston Respublikasi. 
1.3.Yutuq o‘ynalishi tashkilotchisi: O‘zbekiston marketing uyushmasi. Tashkilotchi 
ofertaga o‘zgartirishlar kiritish (bunday o‘zgartirishlarni Telegram-botda albatta 
e'lon qilgan holda) huquqiga ega. 
1.4. Yutuq o‘ynalishi sovrinlari. Ovoz berish ishtirokchilari o‘rtasida yutuq 
o‘ynalishining sovrinlari “Yil brendi 2022” mukofoti ishtirokchilari tomonidan 
ixtiyoriy ravishda taqdim etiladi. 
2.Yutuq o‘ynalishi taomili 


2.1 Yutuq o‘ynalishida qatnashish uchun quyidagilar zarur: 

@makon_brand_bot Telegram-botida ro‘yxatdan o‘tish; 

Verifikatsiyadan o‘tish (jo‘natilgan sms-kodni kiritish); 

Sevimli brendi uchun shaxsan ovoz berish; 

Botda ovoz berish taklifini va @makon_brand_bot botiga havolani kamida uch 
kishiga yuborish;

Sizning havolangiz orqali uch kishi ovoz bergach, siz yutuq o‘ynalishi ishtirokchisi 
bo‘lasiz. 
2.2. Yutuqlar 2023-yil 11-mayda MAKON Marketing YouTube-kanalida jonli efirda 
o‘ynaladi.
 
https://www.youtube.com/results?search_query=makon+marketing
 
2.3. G‘oliblar Tasodifiy raqamlar generatori servisi (randomayzer) yordamida tasodifiy 
tarzda tanlanadi. Tanlangan telefon raqami orali jonli efirda telefon qo‘ng‘irog‘i 
amalga oshiriladi.
YUTUQNING MAJBURIY SHARTI:
Kiruvchi telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berish. 
Agar yutuq o‘ynalishi ishtirokchisi telefon qo‘ng‘irog‘iga javob bermasa, yutuq 
qaytadan o‘ynaladi.
3. Tartibga soluvchi qonunchilik 
3.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan 
tartibga solinadi. Shartnoma ijrosi bilan bog‘liq shikoyatlar, da'volar, tushunmovchilik 
yoki bahs-munozaralar yuzaga keladigan bo‘lsa, tomonlar ularni muzokaralar yo‘li 
bilan hal qilish uchun bor sa'y-harakatlarni ishga soladilar. Aks holda istalgan tomon 
munozarani Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi 
mumkin. 
4. Xabarnoma 
4.1. Axborot va boshqa tur xabarlar yutuq o‘ynalishi ishtirokchisiga 
@makon_brand_bot Telegram-botida yuboriladi 
5.Tashkilotchining rekvizitlari va kontakt ma'lumotlari 
O‘zbekiston marketing uyushmasi 
Pochta manzili: 100007, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi, 25 


Telefon: (+998) 97 402 28 20 
E-mail: info@marketing.uz 
Sayt: marketing.uz 

Download 16.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling