Vii bob. Boshqaruv qarorlari
Qarorni ishlab chiqish , qabul qilish va nazorat qilish
Download 41.52 Kb.
|
7-mavzu
7.3. Qarorni ishlab chiqish , qabul qilish va nazorat qilish
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo‘yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. Shu sababli qarorni ishlab chiqish jarayoni, ayrim unsurlar mazmuni xilma-xil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jarayonida quyidagi savollarga javob topish lozim bo‘ladi: Nima qilish kerak (ob’ekt miqdori va sifati)? Qanday xarajat (resurslar) evaziga? Qanday tarzda (texnologiyada) bajarish kerak? Kim uchun bajarish kerak? Qanday muddatda bajarish lozim? Kim tomonidan bajarilishi kerak? Qaysi joyda bajarish lozim? Qanday (iqtisodiy, sotsial, texnikaviy, ekologik) samara beradi? Qarorni ishlab chiqish jarayoni vaziyatni tahdil qilish va vazifani aniqlab olishdan boshlanadi. Vaziyatni tahlil qilish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi: tahlil qilinayotgan ob’ekt holatini, uning sifat jihatlarini, resurslar bilan ta’minlanganligani tahlil qilish; mazkur ob’ekt samaradorligini eng yuqori samaraga ega bo‘lgan o‘xshash ob’ekt bilan taqqoslash; taqqoslanayotgan ob’ektlar ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar sababini aniqlash; adabiyotlar manbaini, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlarni, patent fondi, iste’molchilar imkoniyatlari va shu kabilarni tahlil qilish; ishlab chiqaruvchi va raqobatchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini tahlil qilish; • mazkur ob’ektning taraqqiyot yo‘nalishlarini shakllantirish va h.k. Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni tanlash bilan bevosita bog‘liq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantalarni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni tahlil qilishda matematik, grafik, mantiqiy va boshqa usullar qo‘llaniladi. Tanlab olingan variantning maqsadga muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik va boshqa mezonlar bo‘yicha umumiy tarzda baholanadi . Eng maqbul qarorni ishlab chiqish ko‘p jihatdan omilkor kishilarning va ayniqsa, kelgusida shu qarorni bajaruvchilarning fikri naqadar to‘la hisobga olinganligiga bog‘liq. Download 41.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling