Vii-bob. Suv resurslarini boshqarishda xalqaro kelishuvlar


Download 182.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi182.57 Kb.
#1159676
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kzB1PsROklQRPHCpUJsRxWCLb81coFJ4bunVqCye



VII-BOB. SUV RESURSLARINI BOSHQARISHDA XALQARO 
KELISHUVLAR 
Chegaraviy, transchegaraviy yoki ichki ekotizimlar uzoq muddatli xalqaro 
ahamiyatli xarakterga ega va u millatlararo xamkorlikda kuchli stimul bo‘la 
oladigan o‘zaro bog‘liqlik yaratadi.
Suv resurslarining gidrologik aylanishi siyosiy chegaralarga bo„y sunmaydi. 
Havo-suv almashinuvi natijasida xatto eng chetki suv ekotizimi ham dunyo bilan 
bog„langandir. Dunyoda suvlarning yagonaligi qonuni hukm suradi. Suv atmosfera 
singari integrallashgan muxit xisoblanadi. Inson tomonidan foydalanilgan suv 
resurslari vaqt va makon bo„ylab xar bir ko„l, xar bir daryo, xar bir muzlik va xar 
bir tomchi suvda izlarga ega. Bu ba‟zida juda katta izlar bo„lib, xar bir ko„l, daryo, 
muzlik va xatto suv tomchisi– ba‟zi katta bo„lmagan – odamlar tomonidan makon 
va vaqt bo„ylab qoldiradigan o„zining iziga egadir. O„tgan xodisalar va ta‟sirlar, 
agar ularni batafsil yoritsak, ko„l va okeanlar hamda yillar mobaynida to„plangan 
muzliklarda, xozir va avval yashagan biotalarda mavjud. 
Suv resurslarini boshqarishning mavjud tajribasi o„rnatilgan qoidalarga va 
huquqlarga asosan suv resurslarini baxolash va taqsimlash bilan shug„ullanuvchi 
tashkilotlarni tuzish xarakatini o„z ichiga oladi. Ushbu tashkilotlar xususiy xam 
ommaviy xisoblanib, suv resurslarini boshqarishda “qo„shimcha” tamoyilini 
turlicha anglash tushunchalarini namoyon etadi. 
Suv resurslariga qaratilgan ko„pchilik professional adabiyotlar yurisdiksiya 
doirasida bitta sektorni ko„rib chiqadi – asosiy va qo„shimcha. Ushbu tendensiya 
suv resurslarini rivojlantirishda bir maqsadli tamoyildan ko„p maqsadli tamoyillari 
namoyon etadi. Kaliforniyadagi suv banki va Butunjaxon Bankining suv 
strategiyasini ishlab chiqarishda soxalararo ishtiroqga chaqirig„i bu yo„nalishdagi 
xarakatlarga turtki bo„ldi. Ushbu tendensiya qonunlar, sanksiya va kelishuvlar 
bilan tasniflanadi. 
Biz ko„pincha kuchsiz huquqlar va ularni qoniqarsiz amalga oshirilishlariga 
to„g„ri kelamiz. Oldin xo„jaliklararo suv tashkilotlari ma‟lum bir talablarning 
soxalaridan kelib chiqishgan, masalan suv transportirti. SHunga o„xshash 


tashkilotlar o„zining faoliyatini boshqa soxalarni qamrab olgan xolda kengaytira 
boshladilar. Lekin, xalqaro va ichki suv resurslari doirasida, soxaga oid tamoyiliga 
moliyalash tendensiyasi mavjud bo„lgan.
Bunda suv resurslariga maqsad sifatida yoki bo„lmasa vosita sifatida 
qaralgan. Aslida esa suv bu uning har ikkalasidir. Suv serob paytida uni vosita 
sifatida ko„rish osonroq. Qurg„oqchil mintaqalarda suvga jamiyatning tashkiliy 
tamoyilidek qaralishi extimoldan xoli emas. Haqiqatdan ham, buni tasdiqlovchi 
insonlar tomonidan aytilishicha, sivilizatsiyaning rivojlanishi yoki pasayishi suv 
resursini boshqarish va jamiyatdagi tashqiliy ishlar bilan bog„liq. 
Agar suvni vosita sifatida ko„radigan bo„lsak, utilitator nuqtai nazaridan 
suvni ishlab chiqarish omili deb ko„rishimiz mumkin. Lekin, suvni ko„pincha 
muqaddas deb qaraladi va bu utilitar yondashuvga ters xisoblanadi. Haqiqatdan 
xam, g„arbning uchta asosiy dini (xristia, iudaizm va islom) yakin sharqning 
qurg„oqchil mintaqalarida dunyoga keldi, va marosimlarida suv muxim tarkibiy 
qism xisoblanadi. 
Demak, ma‟lum bir muvozanat mavjud. Ammo muvozanat nuqtasi turli 
mintaqalarda farq qiladi. Suv xo„jaligida mavjud modellarning qurg„oqchil 
mintaqalarga nisbatan berayotgan ilmiy taxminlari gumid mintaqalar uchun uchun 
xavf tug„drishi mumkin.
Tashkilotlar matritsalar qismlariga qarab turli uslubda va ko„rinishda bo„lishi 
mumkin. Masalan, suv bozori ba‟zi soxalarning yurisdiksiyasi doirasi uzoq vaqt 
mavjud bo„lgan. Lekin ko„p-soxali faoliyatga extiyoj bo„lishi bilan bu xolat 
o„zgardi. Xozirgi vaqtda xo„jaliklararo tashkilotlar gumid mintaqalarda xam 
rivojlanmoqda.
Xalqaro xuquq komissiyasi xulosasi, Xelsinki qoidalari, Xalqaro xuquq 
Assotsiatsiyasi, BMTning Bosh Assambleyasi va xozirda o„tkazilayotgan 
ratifikatsiya jarayonlari xalqaro ochiq suv oqimlaridan kema qatnovisiz 
maqsadlarda foydalanishning an‟anaviy tamoyillarini ishlab chiqdilar. 
Qisqacha ko„rinishda bular quyidagicha:
- Suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish;


- Qo„shniga sezirlarli zarar etkazmaslik mas‟uliyati;
- Hamkorlik umumiy shartlari;
- Doimiy ma‟lumotlar va ma‟lumotlar almashuvi;
- Foydalanuvchilar o„rtasidagi aloqalar xisobi.
Nizolarni alternativ hal qilish texnologiyasi (ADR) bahs, munozaralarni va 
kelishuvlarni olib borish yangi tushunchasini olib kirdi hamda suv bilan bog„liq 
nizolar sabablarini diagnostika qilish va echish amaliyoti va nazariyasini 
rivojlantirdi. ADR texnologiyasi barcha manfaatlarni qamrab oluvchi kelishuvlarni 
ishlab chiqishning yangi tilini yaratdi. Mazkur usullarning ko„pi tabiiy resurslarni 
boshqarish va ekologiya doirasidagi tajribalarga asoslandi. Biroq, mazkur 
texnologiyada ogoxlantirishlar xaqida ko„proq gapiriladi, ammo suv resurslari 
menedjeri xarakatlariga bog„liq bo„lgan, uzoq muddatli tashkiliy potensial va 
boyliklarni fundamental o„zgarishlariga asoslangan strukturaviy o„zgarishlari 
xaqida kam gapiriladi. 
Sotsiologlar shuni ta‟kidlashadiki, tashkilot vaqt o„tishi bilan kechadigan 
barqaror kutish axloqining modelini ko„rsatadi. Suv resurslarini boshqarish 
tashkilotlari boyliklarning keskin o„zgarishlari orqali o„zgaradi. YAngi boyliklar 
bilan ta‟minlash va suv xo„jaligi tashkilotlariga mos talablar qo„yish, suv resurslari 
menedjerlari xulq-atvori uzoq muddatli modelini anglatadi. Suv xo„jaligi 
tashkilotlari “to„ldiruvchi” markaziy qismni tashkil etadi. “To„ldiruvchi” – atama 
mazmuni - davlatni biror bir vazifani biror bir organga yuklasa va agar o„sha organ 
vazifani bajara ololmaydigan bo„lsa, topshirilmaslik tamoyili tushunchasini 
anglatadi. 
Suv resurslarini boshqarishda transchegaraviy xamkorlikni rivojlantirish, suv 
resurslarini boshqarishda “To„ldiruvchi” tamoyili vazifasiga bog„liq. Suv xo„jaligi 
tashkilotlarini tashkil etish tashkiliy potensial va boshqarma tashkil etish bilan 
bog„liq. Muassasalararo va soxalararo korxonalarni rivojlanishiga muxim bo„lgan 
omil - bu xoxish va u xamkorlikka stimul xisoblanadi.
Suv resurslarini boshqarishning mavjud tajribasi xuquqlarga rioya etish va 
ularni o„rnatish orqali suv resurslarini baxolash va taqsimlash tashkilotlarini 


yaratishni o„z ichiga oladi. Bunday tashkilotlar, jamoat shuningdek xususiy bo„lib, 
“to„ldiruvchi” tamoyilini suv resurslarini boshqarishda qo„llashda uni turlicha 
tushunish xolatlarini namoyon etadilar.. 
Subregional, ko„p tomonlama kelishuvlar asosidagi transchegaraviy suvlar 
xamkorligi organlari va boshqa turda xamkorlik mexanizmlari, Markaziy Osiyo 
uchun yangilik xisoblanmaydi. Markaziy Osiyoning Orolni Qutqarish Xalqaro 
Jamg„rmasi (OQXJ) ga a‟zo beshta davlatlari xamkorlik mexanizmi Orol dengizi 
xavzasidagi ijtimoiy-iqtisodi, suv va ekologiya muammolari ni xal etishga 
kirishgan. 
BMTning Tabiatni muxofaza qilish konvensiyasining “tenglik”, “o„zaro 
do„stlik”, va “o„z xoxishi bilan” tamoyillari asosiy tamoyillardan xisoblanadi, ikki 
tomonlama va ko„p tomonlama xamkorlik doirasida maxsus kelishuvlar asosida 
bajariladi.
Transchegaraviy suvlar ta‟sirini kamaytirish, bartaraf etish (modda 9) va 
o„zaro xamkorlik organlarini tashkil etish bo„yicha Transchegaraviy Konvensiya 
Tomonlarni o„zaro aloqalarni va xarakatlarni aniqlashtirish uchun ikki tomonlama 
va ko„p tomonlama kelishuvlarlar tuzishini ko„zda tutadi.
O„zbekiston mazkur Konvensiyaga qo„shilib, o„zining, xalqaro suv xuquqi, 
tamoyillari, me‟yorlari masalalariga nisbatan xurmatini isbotladi. Konvensiyada 
daryoning xam quyi tomoni xam yuqori tomoni davlatlari manfaatlari birdek 
inobotga olingan bo„lib, transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona 
foydalanish, “zarar keltirma” kabi tamoyillariga chaqiriladi.
Iqlim o„zgarishi Markaziy Osiyo transchegaraviy suv resurslariga keskin 
ta‟sir qiladi. Undan tashqari Orol dengizidagi yirik daryolarning yuqori oqimida 
joylashgan yirik gidrotexnik inshoatlarining ish rejimini o„zgartirilishi salbiy 
oqibatlarni 
keltirib 
chiqarmoqda. 
Jumladan 
Toktogul 
suv 
omborining 
gidroenergetik rejimga o„tkazilishi 2003-2005 yillarning ser suv sharoitlari 
toshqinlarni, va aksincha 2000-2001, 2008 yilllardagi kam suvlik sharoitlarida – 
qo„shimcha suniy qurg„oqchilik asoratlarini keltirdi. Daryo havzalarining quyi 
oqimlari mintaqalariga nisbatan bunday munosabat nafaqat xalqaro suv xuquqi 
me‟yorlariga, balkim, umuminsoniy, tabiatni asrash tamoyillarga xam zid 
xisoblanadi.


O„zbekiston xar doim xamkorlik va o„zaro tushunish tamoyillariga 
asoslangan, va o„z kuchini Orol dengizi xavzasining cheklangan suv resurslarini 
boshqarishda va foydalanish adolatli va oqilona yondashadi.



Download 182.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling