Vii mavzu. Deliktning kollizion masalalari


O‘zbekiston Respublikasi hududida yetkazilgan zararga nisbatan qo‘llaniladigan huquq


Download 35.37 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi35.37 Kb.
#1132238
1   2   3
Bog'liq
Маъруза матни (1)

O‘zbekiston Respublikasi hududida yetkazilgan zararga nisbatan qo‘llaniladigan huquq

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o‘ziga xos belgilarga ega bo‘ladi. Xususan, bu majburiyatlarning ta’sir doirasi zararni qoplashning moddiy xususiyatlariga ega bo‘lishiga qaramasdan, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni qamrab oladi. Ular to‘liq xarakterga ega bo‘lgan mulkiy huquqlar yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlarning buzilishi natijasida kelib chiqadi. Garchi huquq jabrlanuvchi bilan shartnomaviy munosabatlarda bo‘lgan shaxs tomonidan buzilgan bo‘lsa-da, majburiyatlar mutlaq huquqlar buzilganligi tufayli shartnomasiz xarakterga ega bo‘ladi. Bu majburiyatlar zarar kim tomonidan kimga yetkazilgani, zarar qanday ko‘rinishda yetkazilgani va zararni qoplash usullaridan qat’i nazar, uning to‘liq qoplanishini nazarda tutadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa zararni to‘lash majburiyati boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin.


Zarar yetkazish tufayli vujudga keladigan majburiyatga binoan jabrlangan shaxs yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan shaxsdan o‘ziga avvalgi holati tiklanishini yoki ko‘rgan zararning qoplanishini talab qila oladi. Qonunda zararni qoplash majburiyati zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxsga ham yuklatilishi mumkin (FKning 985-moddasi). Bu holatda uchinchi shaxsga nisbatan da’vo qo‘zg‘atish orqali zararni undirib olish mumkin.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni qo‘llash uchun mulkiy zararning bo‘lishi, zarar yetkazuvchining xatti-harakati yoki harakatsizligi qonunga xilof bo‘lishi, qonunga xilof harakat bilan zarar o‘rtasida sababli bog‘lanish mavjud bo‘lishi, zarar yetkazgan shaxsning bevosita aybi bo‘lishi kerak.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatning mazmunini jabrlanuvchining avvalgi holati tiklanishini yoki ko‘rgan zararning to‘lanishini talab qilishga bo‘lgan huquqi va yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan shaxsning mazkur harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan burchi tashkil etadi.
Yetkazilgan zararni to‘lashga qaratilgan mazkur majburiyat bo‘yicha belgilanadigan javobgarlik shartnomadan tashqari vujudga keladigan javobgarlik hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 1184-moddasiga binoan ko‘chmas va ko‘char mol-mulkka nisbatan mulk huquqi hamda boshqa ashyoviy huquqlar agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi.
Mol-mulkning ko‘chmas yoki ko‘char ashyolarga mansubligi, shuningdek mol-mulkning boshqacha yuridik baholanishi ana shu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi.
Mulk turgan joy qonuni mulk huquqi mazmunini ham belgilaydi. Agar mulkdor ashyoni boshqa davlatga olib kelsa, uning mulkka nisbatan huquq doirasi o‘zgarishi mumkin, chunki bu davlatda mulkka tegishli qonun boshqacha mazmunda bo‘lishi mumkin. Bu yerdan keyingi holat kelib chiqadi. Agar O‘zbekiston fuqarolariga chet elda uy yoki boshqa mulk tegishli bo‘lsa, bu mulkka bo‘lgan huquq O‘zbekiston qonunchiligi bilan emas, balki o‘sha chet el davlati qonunchiligi bilan belgilanadi. Lekin ko‘char mulk O‘zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan bo‘lsa, uning huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
Mulk turgan joy qonuni (prinsipi) ashyoviy (mulkiy) huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo‘lishini aniqlaydi (FKning 1185-moddasi). Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi agar O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi yoxud bekor bo‘lishi uchun asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holat sodir bo‘lgan paytda bu mol-mulk turgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi.
Mulk turgan joy qonuni mulk huquqining o‘tish shartlarini ham belgilaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi FKning 1185-moddasiga ko‘ra bitim predmeti bo‘lgan mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi agar tomonlarning kelishuvida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ushbu bitim bo‘ysundirilgan mamlakatning huquqi bo‘yicha aniqlanadi.
Xalqaro xususiy huquq tamoyillariga asoslangan holda ashyoviy huquqlarga zarar yetkazilgan taqdirda FKning 1188-moddasiga binoan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan jabrlanuvchining xohishiga ko‘ra mulk joylashgan mamlakatning huquqi yoki sud qaysi mamlakatga tegishli bo‘lsa, o‘sha mamlakatning huquqi qo‘llanadi.
Bu o‘rinda shunday huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanuvchi huquqni aniqlash va yetkazilgan zararga va bu zararni qoplashga bog‘liq da’voni ko‘rib chiqish jarayonida bir qator kollizion bog‘lanishlarni hisobga olish kerak. Jumladan, ashyo joylashgan joy qonuni, mulkdorning xususiy qonuni, bitim tuzilgan joy qonuni, sotuvchi mamlakatining qonuni va ashyoni jo‘natish joyi qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 1194-moddasida zarar yetkazishdan kelib chiqqan majburiyatlarga nisbatan bir qator kollizion bog‘lanishlar nazarda tutilgan.
Zarar yetkazish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha huquq va majburiyatlar zararni undirishda talab qilish uchun asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holat yuz bergan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi.
Yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik zarar yetkazish harakati yoki harakatsizligi noqonuniy harakat hisoblangandagina vujudga keladi. Ba’zi harakatlarning qonuniy yoki noqonuniyligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda qonunning ma’nosini aniq tushunishga imkoniyat beradigan an’anaviy qoidalarni ham e’tiborga olish zarur. Noqonuniy harakatlarning mazmuni FKning 985-moddasida aniq ko‘rsatilgan, chunki zarar yetkazish ehtimol qilingan hollarning hammasini avvaldan belgilash mumkin bo‘lmaydi.
FKning 988-moddasi sudga zararning qanday holatda yetkazilganligini e’tiborga olib, zarar yetkazgan shaxs kimning manfaatini ko‘zlab harakat qilgan bo‘lsa, zararni qoplashni shu uchinchi shaxsga yoki uchinchi shaxsni ham, zarar yetkazgan shaxsni ham zarar haqini to‘lashdan butunlay yoki qisman ozod qilish huquqini beradi.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan mulkiy javobgarlik faqat noqonuniy harakat bilan zarar o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lgandagina vujudga kelishi mumkin.
Ayb haqidagi umumiy qoidalar shartnomadan tashqari belgilanadigan javobgarlikka ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Ammo bu masalada ba’zi bir izohlar berilishi kerak. Shartnomadan tashqari bo‘ladigan javobgarlik faqat imperativ, ya’ni qat’i normalar bilangina tartibga solinadi, shartnoma yuzasidan belgilanadigan javobgarlik ayb bo‘lmagan holatda faqat ayrim hollardagina vujudga kelishi mumkin. Zarar yetkazilganlik uchun javobgarlik esa aybning bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, ham belgilanishi mumkin. Masalan, FKning 999-moddasi bo‘yicha ayb bo‘lmaganida ham javobgarlikning belgilanishi mumkin deb qayd etilgan.
Ortiqcha xavf manbayidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik FKning
999-moddasida belgilanishicha, faoliyati tevarak-atrofdagilar uchun ortiqcha xavf tug‘diradigan yuridik shaxslar va fuqarolar (transport tashkilotlari, sanoat korxonalari, qurilishlar, avtomobil egalari va shu kabilar) ortiqcha xavf manbayida yetkazilgan zararni agar bu zararning bartaraf qilib bo‘lmasligini yoki jabrlanuvchining qasddan harakatlari natijasida sodir bo‘lganligini isbot qilib bermasalar, qoplashga majburdirlar, shuningdek mazkur yuridik shaxslarning fuqarolik javobgarligi zarar yetkazishda aybning bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, belgilanadi va ular zararning tasodifan yetkazilishi hollarida ham javobgar bo‘ladilar.
Havo transporti korxonalarining yo‘lovchilar oldidagi mulkiy javobgarligi yana ham oshiqroq darajada belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 113-moddasiga ko‘ra havo transportida yo‘lovchi tashish yo‘lovchining havo kemasiga chiqish uchun aeroport perroniga kirgan vaqtidan boshlab tashuvchining vakolatli shaxslari kuzatuvi ostida perrondan chiqish qismiga binoan yuqoridagi vaqt mobaynida, ya’ni havo kemasining uchib ketishida, parvoz qilishida, undan chiqishida ko‘rilgan zarar, ya’ni yo‘lovchining o‘limi, uning sog‘lig‘iga shikast yetkazilishi yoki boshqacha tarzda zarar yetkazilishi uchun agar zarar yoki zararning ko‘payishi jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, havo transporti korxonasining javobgarligi zarar bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch natijasida sodir bo‘lganda ham belgilanadi.
FKning 999-moddasiga ko‘ra belgilanadigan javobgarlikning farq qiladigan muhim xususiyati ayb bo‘lmaganida ham mulkiy javobgarlikning belgilanishidadir. FKning 999-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxslar va fuqarolar bu moddaning qoidalari bo‘yicha belgilangan javobgarlikka faqat oshiqcha xavf manbayi ta’siri natijasida kelgan zarar uchungina javobgar bo‘ladilar.
FKning 999-moddasida ko‘rsatilgan ortiqcha xavf manbalarining turlarini mukammal deb bo‘lmaydi, chunki fan va texnikaning doimiy rivojlanishi natijasida ularni to‘la va aniq sanab o‘tishning imkoniyati yo‘q.
Xalqaro xususiy huquqda qabul qilingan qoidaga muvofiq chet davlat huquqining kollizion normasi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga havola etgan barcha hollarda O‘zbekiston qonunni qanday qo‘llayotgan bo‘lsa, chet el davlati sudi yoki boshqa davlat organi ham uni shunday qo‘llashi shartdir.
Respublikamizning sud va boshqa vakolatli davlat organlari chet el qonun normalarini, agar bunday holat tegishli qonun, xalqaro shartnoma qoidalariga yoki tomonlardan biri chet el elementi bilan O‘zbekiston tashkiloti o‘rtasida tuzilgan bitimga asoslangan bo‘lgan taqdirda qo‘llashlari mumkin.
Har qanday kollizion norma chet el davlat huquqi tizimlarining noaniq sohadagi harakati kuchini va uning ta’sirida yuzaga keladigan subyektiv huquqlarni tan olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shuning uchun bu norma termin va tushunchalar yordamida ifodalanib, mazmunan tegishli huquq tizimlari uchun umumiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida chet el huquqi kollizion normaga havola etilgan hollar emas, balki moddiy huquqqa havola etilganda qarshi tomon va uchinchi mamlakat huquqi qo‘llaniladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari chet el huquqiga havola etilsa-yu, chet el huquqida tegishli munosabatlarni tartibga solish nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday holda O‘zbekiston qonun hujjatlarini qo‘llamaslikka asos yo‘q. Chet el elementi ishtirokidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda chet el huquqi u FKning 1168-moddasi, 1169-moddaning 1, 3 va 5-qismlariga, 1171 va 1174-moddalariga muvofiq qo‘llanilgan hollarda qarshi tomon sifatida, albatta, O‘zbekiston Respublikasi huquqiga va uchinchi mamlakat huquqiga havola etish kerak.

Download 35.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling