Viii sinf jaxon tarixi kirish


Download 128.44 Kb.
bet32/43
Sana08.01.2022
Hajmi128.44 Kb.
#252161
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
8 jahon tarixi tarixi savol javob

30 – PARAGRAF

  1. Lotin Amerikasi mamlakatlari XIX asrda qaysi davlatning mustamlakasi edi ? Ispaniya

  2. Lotin Amerikasida XIX asr boshlarida qishloq xo’jaligi va savdo-sotiqni rivojlanishi uchun asosiy to’siq nima edi ? mustamlakachilik zulmi

  3. XIX asr boshlarida Lotin Amerikasida ozodlik harakatiga kimlar rahbarlik qilgan ? kreol dvoryanlar

  4. Lotin Amerikasida milliy ozodlik harakati nechanchi yildan boshlanadi ? 1810-yildan

  5. Meksika xalqi hozir ham hurmat bilan eslaydigan milliy ozodlik yo’lboshchilari kimlar ? Migel Idalgo va Xose Morelos

  6. Migel Idalgo qaysi kasb egasi bo’lgan ? qishloq ruhoniysi

  7. Migel Idalgo 1810-yilda kimlarni mustaqillik uchun kurashga, tortib olingan yerlarni qaytarib olishga chaqiradi ? hindular va mulatlarni

  8. Migel Idalgo nechanchi yilda otib o’ldiriladi ? 1811-yilda

  9. Migel Idalgoni ishini kim davom ettiradi ? Xose Morelos

  10. Meksika nechanchi yilda mustaqillikka erishadi ? 1821-yilda

  11. Meksikada qullik nechanchi yilda bekor qilinadi ? 1821-yilda

  12. Meksika nechanchi yilda respublika deb e’lon qilinadi ? 1824-yilda

  13. Venesuellada mustaqillik kurashiga kim rahbarlik qilgan ? Simon Bolivar

  14. “Ispaniya mening mamlakatimni bandi qilgan zanjirlarini parchalab tashlamagunimcha xotirjam bo’lmayman” deb kim aytgan ? Simon Bolivar

  15. Venesuella ozodlik qo’shinini kim tuzadi ? Simon Bolivar

  16. Kim ispan qo’shinlariga qarshi olib borgan muvaffaqiyatli janglari uchun general unvoni va “xaloskor” fahriy nomini oladi ? Simon Bolivar

  17. Venesuellada kim qullik bekor qilinganini e’lon qiladi ? Simon Bolivar

  18. Qaysi xalqlar Lotin Amerikasiga milliy ozodlik kurashida yordam berish uchun Venesuellaga keladi ? irlandlar, inglizlar, nemislar, italyanlar, polyaklar, ruslar

  19. Venesuella qachon mustaqil deb e’lon qilinadi ? 1811-yilda

  20. Kim And tog’laridan o’tib yangi Granadani Ispaniya zulmidan ozod qiladi ? Simon Bolivar

  21. Nechanchi yilda Yangi Granada Venesuella bilan birlashadi ? 1819-yilda

  22. 1819-yilda Yangi Granada va Venesuella birlashtirilib qanday nom oladi ? Buyuk Kolumbiya

  23. 1819-yilda Buyuk Kolumbiya prezidentligi lavozimini kim egallaydi ? Simon Bolivar

  24. Simon Bolivar qachon iste’fo beradi ? 1830-yilda

  25. Kim afsus bilan “Inqilobga xizmat qilish bu – dengizni shudgor qilish bilan barobardir” deb aytgan ? Simon Bolivar

  26. Argentinada mustaqillik uchun kurash qachon boshlanadi ? 1810-yilda 25-mayda

  27. Hozirgi kunda Argentina milliy bayram kuni ? 25-may

  28. Argentinani kim boshchiligidagi inqilobiy qo’shin ozod qiladi ? Xose San Martin

  29. Xose San Martin qaysi davlatlarni ozod bo’lishiga yordam beradi ? Chili va Peru

  30. Braziliya Portugaliyadan nechanchi yilda mustaqil deb e’lon qilinadi ? 1822-yilda

  31. 1824-yil dekabrida Yuqori Peru vatanparvarlari kim boshchiligida ispan qo’shinini tor-mor etadi ? Bolivarning safdoshi Sukre

  32. Nechanchi yilda Yuqori Peru ispan zulmidan uzil-kesil ozod bo’ladi ? 1825-yilda

  33. Simon Bolivar sharafiga Boliviya deb atalgan davlat qaysi ? Yuqori Peru

  34. Argentina nechanchi yilda mustaqillikka erishadi ? 1816-yilda

  35. Urugvay nechanchi yilda mustaqil deb e’lon qilinadi? 1825-yilda

  36. Urugvay nechanchi yilda to’la mustaqillikka erishadi? 1828-yilda

  37. Paragvay qachon mustaqillikka erishadi? 1813-yilda

  38. Chili qachon mustaqillikka erishadi? 1818-yilda

  39. Kuba nechanchi yilda mustaqillikka erishadi ? 1869-yilda

  40. XIX asr o’rtalarida qaysi davlatdan tashqari barcha Lotin Amerikasi davlatlarida respublika tuzumi o’rnatiladi ? Braziliyadan (u imperiya bo’lgan)

  41. Lotin Amerikasiga dastlab ko’chib kelgan ispan va potugallarning avlodlari nima deyilgan? Kreollar

  42. Amerikada oq tanlilar bilan hindular o’rtasidagi nikohdan tug’ilgan farzandlar nima deyilgan ? Metis

  43. Oq tanli va qora tanli kishilar o’rtasidagi nikohdan tug’ilgan farzandlar nima deyilgan ? Mulat


Download 128.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling