Vijdon erkinligi bo‘yicha milliy qonunchilik tahlili


Download 24.57 Kb.
bet1/5
Sana19.10.2023
Hajmi24.57 Kb.
#1710449
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5246876368284683143


Ayollarning diniy e’tiqodini ifoda etuvchi ro‘molni o‘rashni taqiqlash, uni majbu-ran yechdirish va o‘z e’tiqodiga ko‘ra kiyinganlarning mehnat joyi, ta’lim va davlatning ijtimoiy xizmatlarida kamsitilishi, ularga shubha va gumon bilan qarash hamda jamiyat-da obro‘sini tushirishga urinish, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va milliy qonunlariga, qolaversa, O‘zbekiston ustunligini tan olib ratifikatsiya qilgan xalqaro inson huquqlari normalariga xilofdir. Po‘mol qonun darajasida taqiqlangan taq-dirda ham mazkur qonun Konstitutsiya va xalqaro huquq normalariga zid keladi va bun-day qonunni zudlik bilan bekor qilish lozim bo‘ladi.

Vijdon erkinligi bo‘yicha milliy qonunchilik tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi vijdon erkinligini kafolatlaydi. Uning 31 moddasida shunday deyiladi:
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».

Lekin «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 14 moddasi 5 bandida belgilangan quyidagi norma hijobga oid ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lib kelmoqda:


O‘zbekison Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Xuddi shu qoida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1841-moddasida ham o‘z aksini topgan:
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bun-dan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari – eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravaricha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkaga-cha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi».
Yuqoridagi qonun normalaridan ma’lum bo‘ladiki, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari taqiqlanadi va bu harakat tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Xo‘sh, ro‘mol ibodat libosiga kiradimi? Afsuski, bunga aniq javob yo‘q, chunki bu savolga har kim o‘zining fikrlashidan kelib chiqqan holda subyektiv javob bergani uchun kim uchundir ro‘mol o‘rash ibodat, kim uchundir esa oddiy kiyim hisoblanadi. Bundan tashqari, agar ro‘molni ibodat libosi deb oladigan bo‘lsak, unda o‘zbek ayollari tomog‘ining orqasidan qilib ro‘mol o‘rashi nima bo‘ladi? Uni ham kimdir ibodat deb o‘rashi mumkin, kimdir esa oddiy kiyim deb. Har qanday bosh kiyim yoki boshqa ki-yimni bu ibodat libosimi yoki yo‘qmi deya javob qidirishning o‘zi mantiqsizlik bo‘ladi. Chunki bu savollarning javobi har bir shaxs uchun turlicha bo‘lib, davlat esa bir guruh shaxslarning fikrini to‘g‘ri deya topib, uni hamma uchun majburiy qonunga aylantirishi noto‘g‘ri bo‘ladi.
Hech qanday huquqiy ahamiyatga ega bo‘lmasada, Vazirlar Mahkamasi huzu-ridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 2013 yilda “Islom shariatida «maxsus diniy li-bos», «ibodat kiyimi» degan tushuncha mavjud emas, diniy qoidalar berkitishni talab qilgan a’zolarni yopib turuvchi kiyimni shaxs barcha holatlarda, shu jumladan, ibodat paytida ham kiyishi mumkin”, deya ma’lumot bergan edi.
2017 yil avgust oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita “hijob ibodat libosi emas, hijob o‘rash taqiqlanmagan” deya bayonot chiqardi.
15 avgust kuni Milliy matbuot markazida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ishtirokida anjuman tashkil etildi.
Tadbir vaqtida diniy ta’limni rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar orasida diniy libos masalasi ham o‘rtaga tashlandi. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri, 14-moddasida “Fuqarolarning jamoat joyida diniy libosda yurishiga yo‘l qo‘yilmaydi” deyilgani, aslida diniy libos deyilganda qanday kiyimlar nazarda tutilishi haqida savollar yo‘llandi.
“Muayyan bir dinlarda ayrim rasm-rusumlarni bajarish uchun kiyiladigan kiyimlar belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Aholimizning 94 foizidan ortig‘i islom diniga e’tiqod qiladi. Islom dinida ibodat qilish uchun ”bunisi – islom kiyimi, bunisi esa islom diniga zid“, degan tushunchalar yo‘q. Boshqa dinlarda esa ibodat marosimlarini o‘tkazish uchun alohida liboslar kiyiladi. Islom dinida esa ibodat uchun diniy kiyim, degan mulohazalar noo‘rin”, deya qayd etdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyev.


Download 24.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling