Mustaqil O'zbekistonda vijdon erkinligining Konstitusion kafolatlanishi. 1991 yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi yangi Qonunni qabul qilgan edi. Qonun loyihasini tayyorlashda keng jamoatchilik vakillari, xalq deputatlari, olimlar, mutaxassislar, turli millat va din vakillari faol ishtirok etishdi. Bu qonun o'z mazmuni bilan ilgarigi qonunlardan katta farq qilardi.
Qonunda O'zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi qayd etilgan. Buning ma'nosi davlat diniy masalalar bilan shug'ullanmaydi, diniy tashkilot va uyushmalar esa davlat ishlariga aralashmaydi, ya'ni din va diniy tashkilotlar davlat ajratilgan.
1998 yil 1 mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o'n birinchi sessiyasida vijdon erkinligi qonunining yangi tahriri qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |