Viloyat hokimining 2022-yil 31-oktabr kungi “Fargʻona viloyati Qizil Yarim Oy jamiyati tashkiloti hisobiga mablagʻ toʻplash “Xayriya oʻn kunligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 421-11-0-Q/22-sonli qarori haqida
Download 120.95 Kb.
|
1 2
Bog'liq321-11-165-Q 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILAMAN
- Tuman hokimi D.T.Djalilov
e-qaror.gov.uz 07.11.2022 2022 - yil 7 - noyabr 321-11-165-Q/22 Yozyovon tuman hokimligi Viloyat hokimining 2022-yil 31-oktabr kungi “Fargʻona viloyati Qizil Yarim Oy jamiyati tashkiloti hisobiga mablagʻ toʻplash “Xayriya oʻn kunligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 421-11-0-Q/22-sonli qarori haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati toʻgʻrisida”gi 1992-yil 28-maydagi PF-411-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati toʻgʻrisida”gi 1992-yil 5-oktabrdagi 458-sonli qarori ijrosini taʼminlash, tumanda Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati mahalliy tashkilotining tashkiliy tuzilmasini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish, moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, axoliga birinchi yorlam koʻrsatish koʻnikmalarini xosil kilish, ularni favqulodda vaziyatlarda harakat kilish tartib-qoidalariga rioya etishlarini shakllantirish, aholiga mehr-muruvvat va insonparvarlik borasida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatilishini uzluksiz taʼminlash maqsadida xamda viloyat hokimining 2022-yil 31-oktabr kungi 421-11-0-Q/21-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida QAROR QILAMAN: Viloyat hokimining 2022-yil 31-oktabr kungi 421-11-0-Q/21-sonli qarorirahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining aholiga insonparvarlik yordaminikoʻrsatish boʻyicha olib borayotgan ishlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tumanda 2022-yilning 15-25-noyabr kunlari davomida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Yozyovon tuman tashkiloti jamgʻarmasiga mablagʻ toʻplash "Xayriya oʻn kunligi" oʻtkazilsin. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Yozyovon tuman tashkiloti hisobiga xayriya toʻplash oʻn kunligini samarali oʻtkazish maqsadida tuman tashkiliy qoʻmitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tuman hududida faoliyat koʻrsatayotgan idora va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Yozyovon tuman tashkilotining hisob-rakamiga belgilangan tartibda ishchi-xodimlarning oʻz roziliklari bilan aʼzolik badallari va xayriya mablagʻlari oʻtkazib berish tavsiya etilsin. Tumandagi idora va tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Qizil Yarim oyjamiyati Yozyovon tuman tashkilotiga koʻmaklashish maqsadida belgilangan tartibda aʼzo qilish va birlashgan boshlangʻich tashkilotlarni tuzishda amaliy yordam koʻrsatsinlar. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi (S.Umarov), Oʻzbekiston Qizil Yarimoy jamiyati Yozyovon tuman tashkiloti (E.Raximova) bilan birgalikda: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 515sonli qarori ijrosini taʼminlash; Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat kilish davlat tizimining funksional va xududiy tizimi xizmatlari tarkibini Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Yozyovon tuman tashkiloti tomonidan shartnoma (kontrakt) asosida birinchi yordam koʻrsatishga oʻqitishni toifalangan obektlardagi sanitar-drujina aʼzolariga amaliy yordam koʻrsatish, zarur jihozlar bilan taʼminlash va tayyor holatga keltirish choralarini koʻrsin. Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (A.Raxmatov)ga Oʻzbekiston Qizil Yarimoy jamiyati Yozyovon tuman tashkiloti hisobiga shaxsiy badal topshirish va mablagʻ toʻplash yuzasidan shaxsiy tarkibi oʻrtasida tushuntirish ishlarni olib borish tavsiya etilsin. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (D.Raxmonov), tuman Favqulodda vaziyatlarboʻlimi (S.Umarov), Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Yozyovon tuman tashkiloti (E.raximova) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26avgustdagi 515-son qarori talablaridan kelib chikib, tuman Ichki ishlar boʻlimi, eng avvalo, tuman yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlarini, kursantlar, haydovchilar va yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlarini jabr koʻrganlarga birinchi yordam koʻrsatish amaliyotiga shartnoma (kontrakt) asosida oʻqitilishini tashkil etsin. Tuman hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi B.Usmonova tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi (S.Umarov), Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tuman tashkiloti (E.Raximova) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi "Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 650sonli qarori talablaridan kelib chiqib, mahalla aholisini, eng avvalo mahalla fuqarolar yigʻini xodimlarini, jarohat koʻrganlarga birinchi yordam koʻrsatish amaliyotiga oʻqitish chorasini koʻrsin. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi (S.Umarov), Oʻzbekiston Qizil Yarimoy jamiyati tuman tashkiloti (E.Raximova) bir oy muddatda favqulodda vaziyatlar sharoitida ishlatish uchun tashkil etilgan zaxira omborini zarur jihozlar bilan toʻldirish boʻyicha tuman hokimligiga taklif kiritsin. Tuman Tibbiyot birlashmasi (T.Sarimsaqov), Xalq taʼlimi boʻlimi(F.Yuldashev), 2023-yil I-chorak yakuni boʻyicha umumtaʼlim maktablari va kasbhunar taʼlimi tizimiga qarashli oʻquv muassasalarida Qizil Yarim oy jamiyatining boshlangʻich tashkilotlarini tuzishda hamda jamoatchilik asosida sanitariya postlarini tashkil etishda, ularni birinchi yordamga oʻqitishga Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati tuman tashkilotiga amaliy yordam bersinlar va sanitariya postlari tarkibini tegishli jihozlar bilan taʼminlash yuzasidan alohida nazorat oʻrnatsinlar. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tuman tashkiloti (E.Raximova) tumandagi kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlari bilan birgalikda jamoatchilik asosida talabalardan iborat qutqaruvchilar guruhlarini tashkil etsinlar va ushbu guruhlar tarkibini tuman hududida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishga doir oʻtkaziladigan taktik-oʻquv mashgʻulotlarida ishtirokini taʼminlasinlar. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Eraliyev: Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tuman tashkilotini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻz hududlarida belgilangan muddatlarda xayriya oyligini uyushqoklik bilan oʻtkazish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish hamda xayriya oyligi davomida “Homiylik toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida homiylik aksiyalarini oʻtkazib, Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tuman tashkilotiga korxona, tashkilot va muassasalardan xayriya mablagʻlarini oʻtkazib berish; ikki oy muddatda Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati organlari va muassasalarini tegishli ravishda xizmat xonalari bilan taʼminlash masalasini hal etish; Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati mahalliy boʻlimlari huzurida tashkiletiladigan zaxira omborlarida tabiiy ofatlar va shu kabi boshqa ekstrimalvaziyatlar roʻy bergan hollarda ishlatish uchun zarur jihozlar va mahsulotlarni saqlash maqsadida alohida xonalar ajratish choralarini koʻrsin. "Markaziy Farg‘ona" gazetasi tahririyati (A.Xudayqulov) ga OʻzbekistonQizil Yarim oy jamiyati Yozyovon tuman tashkiloti maqsad va vazifalarini hamda faoliyatini aholi oʻrtasida targʻib kilish tavsiya etilsin. “Ipateka bank” Farg‘ona filiali (U.Xolmirzayev), tuman Moliya boʻlimi(S.Mirzayev), tuman Gʻaznachilik boʻlimi (A.Sulaymonov) 2021-2022 yillar davomida xayriya yordamlaridan, aʼzolik badallari va homiylardan tushgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Yozyovon tuman tashkilotining xisob-raqami (h/p:20212000104057032001, MFO:00544, STIR:20317341 "Ipateka bank" Farg‘ona filiali)ga belgilangan tartibda oʻz vaqtida oʻtkazib berilishini taʼminlasinlar. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlariA.Eraliyev va M.Xatamov zimmasiga yuklansin. Tuman hokimi D.T.Djalilov Yozyovon tuman hokimining 2022 yil 7 noyabrdagi 321-11-165-Q/22-son qaroriga 1-ilova Download 120.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling